murakkablashtiriladi: bolalarga aylana bo‗ylab, «ilon izi» bo‗lib uchish, «Yo‗l
harakati qoidalari» o‗yinini o‗ynash taklif etiladi. Tarbiyachi bolalarning samokatda,
sportrollerda uchganda goh o‗ng, goh chap oyog‗i bilan siltanishini kuzatib boradi.
Masalan, bola yo‗lkadan bir tomonga qarab uchganda birinchi oyog‗i, orqaga tomon
uchganda ikkinchi oyog‗i bilan siltanadi. Yuklamaning ikkala oyoqqa baravar
taqsimlanishi mushaklarning proportsional rivojlanishiga yordam beradi.
Velosiped
va samokat uchish navbatlashib turadi.
G„ildirakli konkilarda uchish
G‗ildirakli konkilarda uchish maktabgacha katta yoshda tavsiya etiladi.
Bolalarni
yurishga, burilishlarga (o‗ngga, chapga) tormozlashga, to‗xtashga o‗rgatiladi.
Tarbiyachi bir necha bolani bir vaqtda g‗ildirakli konkida uchishga o‗rgatadi. U
oldinga siljish texnikasini tushuntiradi va ko‗rsatadi hamda
bolalarga bu harakatni
bajarishda yordam
beradi. Tayanib uchish bir necha kun davom yetadi. Bolalar goh
o‘ng, goh chap oyoqda siltanib siljishga o‘rgatiladi. Oyoq va qo‘llar
harakati muzda
uchishdagi kabi mos bo‘lishi kerak. Keyinchalik ularni yugurish va ikki oyoqda
sirg‘alishni qo‘shib olib borishga (goh u, goh bu oyoq bilan siltanib) o‘rgatiladi. Bola
3-4 marta navbatma-navbat kuch bilan siltanib oyoqlarini kichik masofada bir-biriga
parallel qo‘yadi. So‘ng sekinlab va to‘xtab qolguncha sirg‘aladi.
Harakat paytida
burilishdan oldin uchish sekinlatiladi, so‘ngra gavdasini
kerakli tomonga biroz
engashtirib to‘la burilish amalga oshiriladi. Shundan so‘ng harakat yangi yo‘nalishda
davom ettiriladi.
G‗ildirakli konkilarda uchish ko‗nikmalarini mustahkamlashda
harakatli o‗yinlardan foydalanish mumkin. Mashg‗ulotlar davomiyligi asta-sekin 10-
15 daqiqagacha uzaytiriladi. Agar butun guruh bolalari g‗ildirakli
konkida uchish
ko‗nikmalarini egallagan bo‗lsalar, mashg‗ulotlar barcha bolalar bilan bir paytda
aylana yo‗lkada o‗tkaziladi.