qilishlari mumkin. Masalan: ba‘zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va
badminton o‗ynaydilar keyin esa ular o‗zaro o‗rin almashadilar. Dastlab tarbiyachi
sport o‗yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg‗ulotlarida
mashqni yetarlicha o‗zlashtirmagan bolalarni jalb yetadi. Keyinroq esa hamma
bolalarning faol bo‗lishiga harakat qilishi kerak. Bolalar faqat sport o‗yinlari
elementini o‗zlashtirib olishlari emas, balki ularning asosiy qoidalarini
foydalanayotgan sport inventarlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab
saqlashni bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o‗zi sport o‗yinlarida faol ishtirok
etsa, bolalarning xatti- harakatiga rahbarlik qilsa, sport o‗yinlariga o‗rgatish ancha
tezlashadi.