• Harakatli o„yinlarga rahbarlik qilish metodikasi
  • Harakatli o„yinlarning variantlari




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/127
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #231500
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127
    Bog'liq
    MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

    Harakatli o„yinlarning variantlari. 
    Harakatli o‗yinlarni o‗zgartirib turish 
    maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar faqat o‗yinni rang-baranglashtirish 
    bolalarning unga nisbatan qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki pedagogik 
    vazifalar- harakatlarini takomillashtirish, birmuncha murakkab o‗yin harakatlari, 
    qoidalarini bajarishga o‗yin vaziyati sharoitining o‗zgarishi uchun kerak bo‗ladigan 
    jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun ham zarurdir. Ular bolalardan muayyan aqliy va 
    jismoniy kuchni va shu bilan birga o‗yinga nisbatan ortib boruvchi qiziqishni talab 
    qiladi. Masalan, «Qopqon» o‗yinining bir necha varianti mavjud: To‗p bilan 
    o‗ynaladigan «Qopqon» o‗yini, «Oyoqni erdan uzib o‗ynaladigan «Qopqon o‗yini». 
    Shuningdek, harakatli o‗yinlar variantlarini tarbiyachining o‗zi yaratishi mumkin. 
    Bunda u o‗z guruhidagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlanganligini hisobga oladi va 
    ularga quyiladigan talablarning tobora oshib borishini ko‗zda tutadi. 
    Harakatli 
    o„yinlarga 
    rahbarlik 
    qilish 
    metodikasi
    Tarbiyachining o‗yin jarayoniga rahbarlik qilishi metodikasini egallagan bo‗lishi 
    o‗yinlarni muvaffaqiyatli o‗tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o‗yin 
    faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va «sezdirmasdan» qiziqarli 
    o‗yin vazifalarini bajarishida mustaqillik va topqirlik ko‗rsatish, yuzaga kelgan o‗yin 
    vaziyatida chaqqon intilib harakat qilish, o‗rtoqlik yordami berish, hamma uchun 
    umumiy bo‗lgan maqsadga erishishga va bundan quvonishga o‗rgatib boradi. 
    Metodika – bu tarbiyachi mehnatining professional texnologiyasi bo‗lib, 
    tarbiyachi uni egallagan bo‗lishi va bolalarga rahbarlik qilish usullarini to‗xtovsiz 
    takomillashtirib borishi kerak. Harakatli o‗yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga 
    muvofiq amalga oshiriladi. Bunga har bir yosh guruhning ish sharoiti hisobga olinadi, 
    chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining umumiy darajasi harakat 
    ko‗nikmalarining rivojlanishi, har bir bola sog‗lig‗ining ahvoli, o‗ziga xos 
    xususiyatlar, yil fasli, kun tartibi, uyini o‗tkazish o‗rni, shuningdek bolalar 
    qiziqishlarini o‗ziga xos xususiyatlari . Harakatli o‗yinlar dastur talablariga muvofiq 
    asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini o‗sishi, ular to‗plagan harakat 
    tajribasini, maktabga tayyorlash zaruriyatini hisobga olgan holda o‗zgartirib turiladi. 
    Kichik guruhda mazmuni va qoidasiga ko‗ra sodda bo‗lgan mazmunli va mazmunsiz 
    harakatli o‗yinlar tashkil etiladi. Bu o‗yinlarda barcha bolalar bir xil rol yoki harakat 
    topshirig‗ini tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar – qushchalar, 
    tarbiyachi – ona qush bo‗ladi…) bajaradilar. 3 yoshli bolalar asta-sekin yakka holda 
    rollarni bajarishga o‗rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola 
    avtomobil bo‗ladi). O‗rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‗yinlarni yakka 


    tarzda ham, jamoa tarzda ham o‗tkazish mumkin. Katta guruhda bolalar uchun 
    harakatli o‗yinlar o‗z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshiriqni jamoa 
    musobaqasiga joriy etishga ko‗ra murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhi 
    bolalari birmuncha murakkab harakatli o‗yinlar, shuningdek jamoa musobaqalaridan 
    iborat komanda o‗yinlarni, o‗yin estafetasi, sport o‗yinlarini o‗ynaydilar. Bularning 
    hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‗nikmalarining 
    takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.Bolalarni 
    harakatli o‗yinlarda maqsadga yo‗naltirilgan holda tashkil etish katta ahamiyatga 
    egadir:Bolalarning oyin faoilaiyatini tashkil etish.Bolalarni yangi o‗yin bilan 
    tanishtirish.O‗yinda 
    rollarni 
    taqsimlash.O‗yinni 
    yakunlash 

    Download 2,74 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   127




    Download 2,74 Mb.
    Pdf ko'rish