Harakatli o„yinlarning kelib chiqishi




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/127
Sana14.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#231500
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Harakatli o„yinlarning kelib chiqishi. 
Harakatli o‗yinlarning kelib chiqishi 
xalq pedagogikasiga borib taqaladi. O‗yinlarning kelib chiqishi va tarixi haqidagi 
ma‘lumotlar bizgacha XI asrning buyuk tilshunos, tarixchi, etnografi Mahmud 
Qoshg‗ariyning «Devonu lug‗otit turk» kitobi orqali yetib kelgandir. Asarda o‗zbek 
harakatli o‗yinlarini boshlashdan oldin amalga oshiriladigan chaqirish, to‗planish, 
o‗yin boshi, chek tashlash kabi o‗yin shakllaridan namunalar keltirilgan. Zahiriddin 
Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida ham sport o‗yinlaridan qilichbozlik
kurash, ko‗pkariga alohida e‘tibor berilib, ularni yoshlarni jismonan baqquvat 
bo‗lishlariga katta ta‘sir ko‗rsatishi ko‗rsatib o‗tilgan. Ilk yoshli bolalar oilalarda 
bolaning dastlabki harakati bilan bog‗liq ovunmachoqlar, ermak o‗yinlar yordamida 
tarbiyalanganlar. Undan kattaroq yoshdagi bolalar hayotida rang-barang harakat 
mazmuniga ega bulgan (o‗z ichiga bolalarni rom qiluvchi o‗yin boshlanmalari, 
xirgoyilari,sanasmachoqlarni oluvchi) xalq o‗yinlari katta o‗rin olgan. Maktabgacha 


tarbiya yoshidan boshlab, bolalarda o‗z xalqining urf-odatlari, an‘analari, tarixini 
bilishga bo‗lgan qiziqishni tarbiyalash maqsadida «Uchinchi ming yillikni bolasi» 
tayanch dasturida har bir yosh guruhi uchun o‗rgatiladigan milliy va harakatli 
o‗yinlar belgilab ko‗rsatib berilgan. Atoqli rus pedagogi P.F.Lesgaft «o‗yin bolani 
hayotga tayyorlashga yordam beruvchi mashq deb hisoblaydi». Bu mashq mustaqil 
faoliyat bo‗lib, unda bolaning shaxsiy tashabbusi rivojlanadi va axloqiy sifatlari 
tarbiyalanadi. U har bir o‗yin maqsadga ega bo‗lishi kerak deydi.Buning uchun 
o‗yindagi harakatlar bolaning o‗zini boshqara olish malakasiga mos bo‗lishiga; bu 
harakatlar tizimli mashqlarda oldindan o‗zlashtirilgan bo‗lishi lozim. Harakatli 
o‗yinlarni muntazam o‗tkazish bolalarda o‗z harakatlarini boshqarishni 
rivojlantirishga yordam beradi, ular gavdasini tartibga soladi, ya‘ni turli zo‗riqishda 
harakat qilishga o‗rgatadi. O‗yinlar bolani juda chaqqonlik, muayyan maqsad va 
tezkorlik bilan harakat qilishga; qoidalarni bajarish, o‗zini tutish, o‗rtoqlikni qadrlay 
olishga o‗rgatadi. P.F. Lesgaft harakatli o‗yinlar nazariyasini ishlab chiqdi, uning 
izdoshlari esa uni ijodiy rivojlantirdilar. (E.A.Arkin, N.N.Kelko, T.I.Osokina). 
O‗zbekistonda harakatli o‗yinlar nazariyasini rivojlanishiga Ta‘lat Usmonxo‗jaev, 
Faxriddin Xo‗jaev, Abduraxmonov I.R, Galiyev Sh va boshqalar o‗zlarining katta 
hissalarini qo‗shganlar. T.Usmonxo‗jayev o‗zining «1001 o‗yin» nomli kitobida 
harakatli o‗yinlarni bola organizmiga ta‘siri, uning ahamiyatini to‗liq ochib bergan. 
Shuningdek kitobda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yoshiga mos keladigan 
harakatli o‗yinlarni mazmuni va uni o‗tkazish metodikasi aniq yoritib berilgan. 
Harakatli o‗yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim a hamiyatga egadir. 
O‗yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni 
uyg‗otadi. Harakatli o‗yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni 
bilishida o‗ziga xos vosita hisoblanadi. Harakatli o‗yinlardagi qoidalar o‗yinning 
borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, o‗zaro munosabatlarini yo‗lga soladi, 
axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Har bir bolaning o‗yin 
qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta a hamiyatga 
egadir. O‗yinlar 
orqali bolalarda halollik
, adolatlilik, do‗stlik, botirlik, o‗zini tuta 
bilish, qat‘iyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. O‗yin faoliyatida diqqatni, 
idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va mo‗ljal olishni aniqlashtirish uchun 
qulay sharoit yaratiladi; uyinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini 
rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‗yinlar bolaning aqliy 
rivojlanishiga yordam beradi. Bola o‗yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini 
amalda o‗zlashtiradi, shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizmini o‗zi ham juda 
takomillashadi. Masalan, bola tomonidan harakat yo‗nalishini mustaqil tanlash va 
harakatini o‗yin qoidasida qat‘iy belgilangan yo‗nalishda bajarishi bir tomondan 
o‗yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko‗rish-motor reaksiyasini (o‗yin 
harakatlarini) darxol baholashni, ikkinchi tomondan o‗z harakatlarini fazo-o‗yin 
muhitida anglash va tasavvur qilishni talab yetadi. Harakatli o‗yinlar bolalarda oddiy 
vaqt mo‗ljalini shakllantiradi. Ular quyidagilarda ifodalaniladi: o‗yin harakatlarining 
izchilligini tushunib olishda avval, so‗ng, bundan keyin, bundan oldin, barini bir 
vaqtda kabi o‗yin topshiriqlarini signalga ko‗ra, bolalar uchun belgilangan muddat 
doirasida tez bajarishida ko‗rinadi. Bu o‗yinlarga bolalar fazoda mo‗ljal olishni, 
harakatlar izchilligi va ularga vaqt davomida amal qilishni mashq qiladi. O‗yinlar 
mazmunini, butun o‗yin vaziyatini, uning qoidalarini, personajlar harakatini mustaqil 
tushuntirish, bolalarning joylashish o‗rnini, o‗yin atributlarini va harakat 
yo‗nalishlarini fazoviy iboralarni ishlatgan xolda ko‗rsatish, o‗tkazilgan o‗yinga baho 


berish bolalarning aqliy rivojlanishiga xizmat qiladi. Harakatli o‗yinlar katta bog‗cha 
yoshidagi bolalarda ijodiylikni rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Bunda bolalar 
eshitgan ertaklari mazmuni asosida kichik o‗yinlar o‗ylab topishlari mumkin harakatli 
o‗yinlar o‗z mazmuni va shakliga ko‗ra estetik faoliyat hisoblanadi. O‗yin 
harakatlarining rang-barangligini ularni bolalar aniq chaqqonlik bilan, o‗ziga xos 
ifodali bajarishlarida ifodalanadi. Harakatli o‗yinlarda musiqani qo‗llash katta estetik 
a hamiyatga egadir. Harakatli o‗yinlarni o‗tkazishda harakatlar go‗zalligini va 
madaniyatini unutmaslik kerak: diqqatni harakatlari birmuncha ifodali bolalarga 
qaratish, obrazlarni ifodali, muvaffaqiyatli bera olganlarni rag‗batlantirish kerak. 

Download 2,74 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish