kapitanlari, sudya va uning yordamchilarini saylash mumkin. Mazmunli o‗yinlarni
tushuntirish: tarbiyachining vazifasi bolalar ko‗zi o‗ngida o‗yin vaziyatining
ko‗rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‗yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan,
bolalar tasavvuri va hislariga ta‘sir
etishdan, ularning ijodiy tashabbusni
faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik guruhlarda o‗yinchoq va hikoyadan
foydalanishi mumkin. O‗rta guruhlarda – tinish o‗yinni taklif etib, qoidalarini eslatib
o‗tish bilan cheklanishi kifoya. Katta guruhlarda o‗yin mazmuni eslashni bolalarning
o‗zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri fazo terminalogiyasidan
foydalangan holda o‗yinchilarning joylashish o‗rnini belgilaydi, o‗yin harakatlarining
borishini bayon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar o‗zlari
tarbiyachining yordamisiz o‗yinni tashkil eta boshlaydilar.