Saflanish mashqlari. Saflanish mashqlari – saflanishlar (davra, kolonna,
sherenga
… ) qayta saflanishlar (bittadan kolonna bo‗lib saflanishdan ikkita, uchta,
to‗rttadan, sherenga bo‗lib saflanish…) turli tomonlarga burilishlar (o‗ngga, chapga,
orqaga), tarqalish va yig‗ilish, fazodagi barcha harakatlardan (turli saflanishlar va
tarqalishlar)
turli
jismoniy
mashqlarni
bajarishda
foydalaniladi
(mashg‗ulotlarda,
ertalabki gimnastikada
, harakatli o‗yinlarda, bayram tantanalarida
sayrlarda, ekskursiyalarda). Bolalarda bu mashqlarni bajarish jarayonida jamoada
harakatning muvofiqligi (turli mashqlarni birgalikda va o‗zaro aloqadorlikda
bajarish) tarbiyalanadi. Saflanish mashqlari bolalarda to‗g‗ri qad-qomatning
shakllanishiga xizmat qiladi. Ular turli buyumlar bilan, qo‗shiq, musiqa yoki zarbli
asboblar (doira, nog‗ora) jo‗rligida bajarilishi mumkin. Shunday qilib, gimnastika
mashqlarining barcha guruhi – asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish
mashqlari bola organizmida kechadigan funksional jarayonlarni kuchaytiradi,
jismoniy
va
har
tomonlama
rivojlanishga
ta‘sir
ko‗rsatadi.
Asosiy adabiyotlar 1.Tulenova. X., Xo‗jaev.P, Xo‗jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‗quv qollanma.
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil
3.Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o‘yinlar va uni o‘qitish
mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y
3- Mavzu: Harakatli o‟yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalashning asosiy metodi va vositasi sifatida. Mavzu rejasi: 1. Harakatli o‘yinlar haqida tushuncha va uning o‘ziga xosligi.
2. Harakatli o‘yinlarni bolalarni tarbiyalashdagi ahamiyati .
3. Harakatli oyin jismoniy tarbiyaning metodi va vositasi sifatida