|
Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalariBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.ХусеновUloqtirish mashqlari
. Olti yoshga qadam qo‘ygan bolalar harakatlarni tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo‘ladilar, bu turli topshiriqlarni o‘zlashtirib olishiga yordam beradi:
nishonga aniq tekkiza oladi, qo‘lini shiddat bilan harakatlantirib, to‘g‘ri dastlabki
holatni egallab, to‘pni uzoqqa ota oladi. To‘p tashlab berishda, to‘pni olish va ilib
olishda fazoda va vaqtda to‘g‘ri mo‘ljal ola ilish zarur. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga tarbiyachining ko‘rsatmalarini to‘g‘ri idrok etish xosdir va ular mashqlarni
o‘z imkoniyatlariga mos ravishda bajaradilar to‘pni uzoqroqqa tashlab bera oladilar,
uchib kelayotgan to‘pga tomon gavda holatini o‘zgartirib, qo‘llarini cho‘za oladilar,
bular harakatlar muvofiqlashuvining anchagina takomillashganidan dalolat beradi.
Muvozanat saqlash mashqlari
. Ma‘lumki muvozanat (uni saqlab turish va tutib
turishga intilish) har qanday harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bo‘lib
hisoblanadi. Katta maktabgacha yoshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar
vositasida takomillashtirib borish davom ettiriladi.Muvozanat saqlash funktsiyasining
kechikishi yoki etarli rivojlanmasligi harakat aniqligiga, sur‘atiga, me‘yoriga ta‘sir
ko‘rsatadi. Ular natijalarining yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda mushak tonusi
muvofiqligining etarli darajada yaxshi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.Katta
guruhda muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va kengaytirilgan holatda
bajarish taklif etiladi. Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan bajariladi. Muvozanat
saqlashni rivojlantirish mashqlarining barchasi bolalardan diqqatni bir joyga
to‘plashni, dikkate‘tiborni, irodaviy zo‘r
berishni talab qiladi
; shuning uchun
mashqlarni o‘rtacha va sekin sur‘atda tarbiyachining kuzatuvi ostida o‘tkazish va
zarur hollarda ayrim bolalarga yordam berish hamda ularni asrab-avaylash lozim
Tirmashib chiqish mashqlari
. Tirmashib chiqish mashqlari bajarilayotganda turli
guruh muskullari ishga solinadi. Qatta guruhda topshiriqlar murakkablashtiriladi,
ularni bajarish texnikasiga yuqoriroq talablar qo‘yila boshlaydi. Ilgari o‘rganib
olingan mashqlar bilan birqatorda, gimnastika devoriga sur‘atni o‘zgartirgan holda
chikish, yonma-yon turgan devorchaning biridan ikkinchisiga oshib o‘tish hamda
zinapoyalar orasidan o‘tish taklif qilinadi va boshqalar. Maktabgacha yoshdagi
bolalarni jismoniy tarbiyalash tizimda asosiygimnastika: bolalarga mo‘ljallangan
asosiy gimnastika tarkibini asosiy harakatlar, umumrivojlantiruvchi va saflanish
mashqlari tashkil etadi.
|
| |