|
Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalariBog'liq MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.ХусеновTarbiyaviy vazifalar -
erta yoshdan boshlab bolalarda kun tartibiga qat‘iy rioya
qilish odatini,
, nafosat, mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun ko‘pgina imkoniyatlar mavjud.
kundalik jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish odatlarini tarbiyalash muassasalarda
va uyda bu mashqlar bilan mustaqil shug‘ullanish ko‘nikmasini rivojlantirib borish
zarur. Bolalarning o‘z tengdoshlari va kichkintoylar bilan jismoniy mashqlarni, shu
jumladan, harakatli o‘yinlarni tashkil yetish va o‘tkazishni o‘rgatib borish muhimdir.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy
Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlari to‘g‘ri tashkil yetilganda ijobiy xususiyatlarini
(tashkilotchilikni, intizomlikni, mustaqillikni, faollikni) tarbiyalash uchun, axloqiy
sifatlarni (rostgo‘ylik, adolatlilik, dњstlik hissi, o‘zaro yordam, jamoada
shug‘ullanish malakasi, jihozlariga yaxshi munosabat, topshiriqni bajarishga
javobgarli),
shuningdek,
irodaviy
sifatlarni
(mardlik,
hal
qiluvchanlik,
qiyinchiliklarni yegnishda qat‘iylik, o‘z kuchiga ishonish, chidamlilik va boshqalar)
namoyon yetishda qulay sharoitlar yaratiladi. Yaxshi qo‘yilgan jismoniy tarbiya ko‘p
jihatdan o‘quvchilarni aqliy rivojlanishiga, nutqini rivojlantirishga imkon beradi.
Jismoniy mashqlar mashg‘ulotlarida bolalarda hamma psixik jarayonlar (qabul
qilish, fikrlash, yeslab qolish, tasavvur yetish va h.k), shuningdek, fikrlash jarayonlari
(kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va h.k.) rivojlanib boradi.
O‘quvchilar o‘zlari egallagan bilimlari va ko‘nikmalarini faoliyati, mustaqillik, fikr
yurituvchanlik, topqirliklarini namoyon etgan holda ijodiy foydalana olishlariga
intilishlari zarur.Jismoniy tarbiya nafosat tarbiyasini amalga oshirishga imkon beradi.
Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtid a go‘zallikni, qaddi-qomatni, harakat ifodasini,
kiyim, jismoniy tarbiya jihozlarini, atrof-muxit holatini qabul qilishga, sezish,
tushunish va to‘g‘ri baholash qobiliyatini rivojlantirish, nafis intizomga intilish,
harakat va so‘zlarda uchrab qoladigan qo‘pol holatga qarshi kurashni rivojlantirish
zarur.
Jismoniy tarbiya jarayonida mehnatga tayyorlash amalga oshiriladi: bolalarda
sog‘liq mustahkamlanadi, harakat ko‘nikmalari shakllanadi, mehnat uchun zarur
jismoniy sifatlar, harakat ko‘nikmalarini va mehnat jarayonlarini tezda yegallash
qobiliyati rivojlanadi. Undan tashqari, xona va maydonni jihozlash (sakrash uchun
qumli chuqurchalarni qurush va h.k.) bilan sport jihozlarini tayyorlash va tiklash,
(irg‘itish uchun haltachalar tikish, irg‘itish uchun nishonlar tayyorlash va h.k.) bilan
ularni tozalikda saqlash (bolalar gimnastik devor, to‘plar, tayyoqchalar, gardishlar,
velosipedlar, gimnastik tushaklar va h.k. changini artishlari) bilan bog‘langan holda
mehnat ko‘nikmalarini yegallaydilar, bolalarda kattalar mehnatiga hurmat
xususiyatlari oshib boradi.
|
| |