Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/127
Sana14.05.2024
Hajmi2,74 Mb.
#231500
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Bog'liq
MAJMUA BOLALAR JISMONIY TARBIYASI Н.Хусенов

Ta‟limiy vazifalari –
o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida ta‘limiy 
vazifalarni: harakat ko‘nikmalarini va malakani shakllantirish, jismoniy sifatlarni 
rivojlantirish, to‘g‘ri qaddi-qomat, gigiyena qo‘nikmalarini singdirib borish, maxsus 
bilimlarni yegallash, mustaqillik ko‘nikmasini singdirish kabilarni ham hal etib 
borish zarur.Ko‘pgina harakatlar (emaklab yurish, yurish, yugurish, velosoped uchish 
va boshqalar) oddiy hayotda bolalar tomonidan ko‘p foydalaniladi, bu yesa atrof-
muhit bilan aloqani yengillashtiradi va uni bilish imkonini beradi. Yemaklay 
boshlagan bolaning o‘zi uni qiziqtirayotgan buyum oldiga kelib kuzata boshlaydi. 
Velosipedda uchuvchi bola havoni, suzishni biluvchi bola yesa suv hossalarini yaxshi 
bilib oladilar. Mustahkam harakat ko‘nikma va malakalari jismoniy kuchni tejashga 
imkon beradi. Chunki u oson, kuchlanish katta bo‘lmagan holda bajaradi hamda 
mashq bajarishga asab-mushak energiyasini kam sarflaydi. 
Mustahkam shakllangan harakat malaka va ko‘nikmalaridan foydalanish harakat 
jarayonida, ayniqsa o‘yin faoliyatida ko‘nikmagan holatlarda vujudga keladigan 
vazifalarni tushunib olishga imkon beradi. Masalan: yugurib kelib uzunlikka 
sakrashni o‘rganib olgan bola Fovurdagi Bo‘ri o‘yinida chuqur ustida qanday sakrash 
haqida o‘ylamasdan, balki Bo‘ridan qanday qutilish kerakligini o‘ylaydi. 
7 yoshgacha bolalarda shakllanib olingan harakat malaka va ko‘nikmalari 
maktabda uni takomillishtirib borish uchun fundament bo‘ladi, murakkabroq 
harakatlarni egallashni yengillashtiradi va kelajakda sport sohasida yuqoriroq natijaga 
yerishishga imkon beradi. 
O‘quvchilarda shakllantirib borish zarur bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmalarni 
hajmi barcha jismoniy tarbiya dasturida berilgan, lekin u tarbiya muassasalaridagi 
sharoit, bolalarning tayyorgarligiga, tarbiyachilar tajribalari va bilimlarini hisobga 
olib kengaytirilishi mumkin. Erta yoshdan boshlab bolalarda jimoniy sifatlarni 
(chaqqonlik, tezkorlik, yegiluvchanlik, kuch, chidamlilik, harakat koordinatsiyasi, 
ko‘z bilan chamalash va shu kabi) rivojlantirib borish zarur. Agar bolada u yoki bu 
asosiy jismoniy sifatlar u yoki bu darajada rivojlanmagan bo‘lsa, u hatto oddiy 
mashqlar ham bajara olmas yedi. O‘quvchilarda o‘tirgan, turgan va yugurgan vaqtda 
tanani to‘g‘ri shakllantirib borish juda muhimdir. To‘g‘ri qaddi-qomat butun ichki 
organlar va o‘quvchi organizmi tizimining bir me‘yordagi faoliyati uchun katta 
ahamiyatga ega. 
Muassasa va oilada shaxsiy va jamoa gigiyenasi malaka va odatlarini (qo‘llarni 
yuvish, jismoniy mashqlarni bajarishdan oldin zarur xonaga borish, tana, kiyim, oyoq 
kiyim, o‘yinchoq, jihozlar, xona va h.k. tozaligi haqida g‘amho‘rlik qilish) singdirib 
borishga katta e‘tibor berish zarur. Yoshlarning sog‘ligi ko‘p jihatdan shularga ham 


bog‘liq. O‘quvchilar uchun qulay tilda jismoniy tarbiya bilan bog‘liq bilimlarni 
(mashg‘ulotlar foydasi, mohiyatini, jismoniy shakllar va jismoniy tarbiya sifatlarini 
ahamiyati va h.k.) berish va singdirib borish muhimdir. O‘quvchi tana qismlarining 
nomlarini, harakat yo‘nalishlarini (yuqori, pastga, oldinga, o‘ngga, chapga), 
jihozlarining nomlarini bilishlari zarur. 
3. 

Download 2,74 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari

Download 2,74 Mb.
Pdf ko'rish