2- Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va texnologiyalari faning tadqiqot
metodlar.
Mavzu rejasi:
1. Kuzatuv: maktabgacha ta‘lim muassasasi ish hujjatlarini o‘rganish, anketika,anketa
turlari.
2. Pedagogik eksperiment, pedagogik eksperiment o‘tkazish bosqichlari
Tayanch so‟zlar
Ilmiy tadqiqot, tajribalar, jismoniy tarbiya,
fiziologiya,
antropologiya, bioximiya, psixologiya, pedagogik kuzatish, eksperiment.
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish
uslubiyatlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya jarayoning ilmiy
tekshirish uslubiyatlarining turli xillari mavjud bo'lib, ayniqsa qo'shma fanlarning
tadqiqot
uslublari, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya,
psixologiya va
ijtimoiy-tarixiy yo'nalishlarning izlanish uslublariga ko'proq ehtiyoj sezilayotganligi
ahamiyatga molik.
Bolalar
jismoniy tarbiyasi nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari -
nazariy taxlil va umumlashtirish,
pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va
matematik xisoblashdan nisbatan ko'proq foydalanilmoqda.
1. Ilmiy tadqiqotda jarayonida nazariy taxlil va umumlashtirish Ma‘lumki,
nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to'la tahlil qilish va
umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to'liq o'rganib chiqish juda
qiyin. U har 4-5 yilda yana shunchadanga ko'payadi. Bundan tashqari ilmiy
jurnallardagi tadqiqotlar xaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko'paymoqda. Bunda
yordamchi
ilmiy
predmet
-
"bibliografiya"
fani
tadqiqotchining
ishini
yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro'yxatini
tuzib
chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish maolum davr ichidagi mavjud
adabiyotlarning ilmiy yo'nalishi bo'yicha yangiliklarga qisqa izox beradi. Bundan
tashqari, tadqiqotchi "bibliografik tavsifnomadan ham foydalaniladi. Tavsifnoma
yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish
natijasini qisqartirgan holda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar
ustidagi birlamchi ishi
bo'lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy bahs
yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyati xujjat materiallari
ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko'p tomoni amaliy mashg‘ulotlar uchun
tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o'xshashlarda
ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutgan xolda tuzilgan bo'ladi.
Ularni
ilmiy jihatdan chuqur o'rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan,
jaxonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug‘ullanish rejalarini
solishtirish, malakali sportchilarning kundaliklari, haftalik, oylik,
yillik jismoniy
yuklamalarning hajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga
manba bo'lishi mumkin. Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko'p yillik
trenirovkalarning natijalarini o'rganish ham tadqiqot obyekti bo'lib xizmat qiladi.
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalar ham hujjat materiallari bo'lib
xizmat
qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga "ha" va "yo'q" deb javob berish ham ko'p
xulosalarga olib keladi.