• Tayanch iboralar
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet130/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar
     


    26-mavzu: Bolalar kiyimini kashta bilan bezash. 
    Reja: 
    1.Kashta san’atining tarixi. 
    2.Kashta turlari. 
    3. Bolalar kiyimini kashta bilan bezash. 
    Tayanch iboralar
    : dekorativ, kashta, amaliy san’at,ko’z-ko’z chok,bezak, kashta, 
    reshelye, yorma chok, puxtalama chok 
    Kashta tikish san’atining ko’p asrlik tarixi mavjud. Kashta tikish san’ati avloddan-
    avlodga o’tib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Kashta asosan uy-ro’zg’or buyumlarini-
    sochiqlar, to’r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlar va boshqalarni bezashda 
    ishlatiladi. Kashtalar zar va kumush ishlarda, zig’ir tolali iplarda, muline iplarda, ipak va 
    oddiy iplarda tikiladi.
    Kashta tikishni boshlashdan oldin gazlamani asos va arqoq iplari bo’ylab tekislab, 
    ustiga bezak qo’yiladi va gazlamaga ko’chiriladi. So’ng gazlama keragicha tortiladi. 
    Gazlama chetlarini tekislab olish uchun, gazlamaning chetidagi ipini sug’irib olinadida, 
    uning izi bo’ylab ortiqcha gazlama qirqib tashlanadi. Buyumning bo’yi va eni ham shunday 
    belgilanadi.
    Ko’pincha dasturxon yoki salfetkaning bukilgan chetiga chiziq shaklidagi bezak 
    tikiladi. Ana shunday chiziqlar bilan buyum yuzasini kvadratlariga, to’rtburchaklarga 
    bo’lib, ularga kashtaning asosiy bezagini tiksa ham bo’ladi. Kashta gulini gazlamaga 
    tushirishdan oldin, chiziqlar o’rnini belgilab, bittadan ip sug’irib olinadi. Natijada 
    buyumning yuzasi kvadratlarga yoki to’g’ri burchaklarga bo’linadi. Shundan keyin ip 
    sug’irib hosil qilingan chiziqlar orasiga asosiy kashta bezagini joylashtirib, uni gazlama 
    ustiga ko’chiriladi. Kashta tikib bo’lingandan keyin bu izlar ustiga biror chok yuritib 
    tikiladi.
    Agar kashta bezagi geometrik, gazlamaning to’qilgan iplari aniq ko’rinib turgan 
    bo’lsa, gazlama ipini sanash yo’li bilan tikish mumkin. Gazlama strukturasiga bog’liq 
    bo’lmagan (vladimircha chok, rangli tekis chok va h.k.larni) tikishda bezakni gazlama 
    ustiga ko’chirish lozim bo’ladi.
    Kiyim-kechaklar 
    (bluzka, 
    ko’ylaklar) ga ularni bichishdan oldin 
    yoki 
    ularning bichilgan bo’laklariga kashtani 
    tikib 
    olish eng qulaydir. Bichishdan oldin, 
    tikishda kiyim bo’laklarining konturlari 
    andoza bo’yicha belgilab chiqiladi, keyin 
    bezak ko’chiriladi va tikilaveradi.
    Ko‘z-ko‘z kashta (rishel’ye) juda 
    chiroyli bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bu 


    kashta juda keng tarqalgan. Uni qo‘lda va tikuv mashinasida tikish mumkin. Ko‘z-ko‘z 
    kashtada naqshning shakllari yoki ularni orasidagi gazlama o‘yiladi. Bunda tikiladigan 
    bezaklar ko‘pincha stilizatsiyalangan (biror uslubga solingan) va bir-biriga ulagich bilan 
    bog‘langan gullardan, barglardan iborat bo‘ladi. Bu kashtani zich to‘qilgan zig‘ir tola, ip, 
    jun gazlamaga tikish mumkin. Siyrak to‘qilgan gazlamalar bu kashtaga to‘g‘ri kelmaydi
    chunki oradagi gazlama o‘yilgandan keyin gazlama titilib, kashta guli buzilib ketadi. 
    Bluzkalar, ko‘ylaklar, yoqa va manjetlar, salfetkalar, ichki kiyimlar ko‘z-ko‘z kashta tikib 
    bezatiladi. Ko‘z-ko‘z teshikli kashta tikilgan joyidagi gazlama to‘r polotnoga o‘xshab 
    ko‘rinadi. 
    Kashta guli yaxshilab dazmollangan gazlamaga ko‘chiriladi. Keyin gazlamaning 
    tanda va arqoq iplari qiyshayib qolmasligiga rioya qilib gardishga tortiladi. Bezak 
    detallarning konturi bo‘ylab, oddiy ipda igna oldinlatilgan yoki qaytma chokning mayda 
    qaviqlari bilan tikib chiqiladi. Nusxadagi detallar alohida bo‘lsa, avval ular bir-biriga ulab 
    olinishi kerak. Demak, mayda qaviqlarni tikish vaqtida to‘r (o‘rgimchak to‘ri) ham tikib 
    borilisli kerak, chunki gazlama kesilganidan keyin reshelye kashtasining shakli saqlab 
    qolinadi. O‘rgimchak to‘rini hosil qilish uchun avval 3 qator ip ketma-ket tikiladi, bunda 
    gazlamaning ustki tomonidan kashta gulining ikkita detali kontur chizig‘idan ilintirib 
    olinadi va tortilgan iplarni qaytish vaqtida yo‘rmab chiqiladi (60-rasm, a). Yo‘rma chok 
    bilan tikishda ip ostidagi gazlama ilintirib olinmaydi. Shu tariqa ip tortilgan nuqtaga qaytadi 
    va keyingi o‘rgimchak to‘rini tikishga kirishiladi. Tortilgan iplarni yo‘rmashning bir necha 
    usuli bor (60-rasm, 
    b
    va 
    d).
    O‘rgimchak t o ’ r i pluxta va pishiq chiqishi uchun 4 ta ip 
    tortiladi va ular puxtalalama chok bilan tikib chiqiladi . 
    Kashta guli bo‘yicha barcha gullardan oldinlatilgan yoki qaytma chok bilan tikib 
    chiqilgan bo‘lsa, avval buyumning chetki qiqimlari yo‘rma 
    chokda tikib chiqiladi. 
    Buyumning barcha qirqimlari tikib bo‘lingach, gulda 
    belgilangan ko‘zli kashta joylari qirqiladi. Qirqishda 
    oldinlatilgan yoki qaytma choklarga 0,1-0,2 sm gacha yetmasligi 
    kerak. Chok atroflari kashta guli bo‘ylab yo‘rmab chiqiladi (62-
    rasm). Shu tariqa kashta gulini tikib oxiriga yetkaziladi va 
    o‘rgimchak to‘ri ostidagi gazlamalar ham qirqiladi. Ko‘z-ko‘z 
    choki yordamida yoqa, manjet va cho‘ntakni bezash 

    Download 5,63 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish