• 30-mavzu: Hosila va yordamchi andozalarni tayyorlash. Reja: 1.Asosiy andozalar. 2.Hosila andozalar. 3. Yordamchi andozalar. Tayanch iboralar
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet150/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar


    30-mavzu: Hosila va yordamchi andozalarni tayyorlash. 
    Reja: 
    1.Asosiy andozalar. 
    2.Hosila andozalar. 
    3. Yordamchi andozalar. 
    Tayanch iboralar: 
    andoza, asosiy, yordamchi, hosila, ikkilamchi, gazlama,standart, ishchi 
    andoza.
     
    Yordamchi andazalar kiyim detallarining asosiy va ikkilamchi andozalaridan foydalanib 
    tayyorlaiadi. 
    Asosiy va ikkilamchi etalon-andozalarga hamda ish andozalariga texnik talablarga muvofiq 
    quyidagi belgilar qo’yiladi: gazlamaning bo’ylama yo’nalishini ifodalovchi chiziq — tanda 
    ipi yo’nalishi (T. I); bo’ylama yo’nalishdan chetga chiqish chiziqlari; uloq tushadigan 
    joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar (kiyimlarning 
    tarmoq standartiga muvofiq); bir-biriga ulanadigan detallarning juftlashtiriladigan 
    joylaridagi kontrol kertiklar. 
    Yordamchi andazalarda cho’ntaklar, vitochkalar, burmalar,izmalar, tugmalar va hokazolar 
    o’rni ko’rsatiladi. 
    Asosiy, ikkilamchi va yordamchi etalon-andazalarning hamda ish andozalarining barcha 
    komplektlarida kesiladigan joylardagi chiziqlar bo’yicha (andozaning chetidan 1 mm 
    qochirib) 8—10 sm oralatib tamg’a bosiladi yoki chiziq chiziladi; tamg'a va chiziqlar 
    andozaning eskirish darajasini tekshirnb turish uchun kerak. 
    Andozaning birida, odatda kiyim oldining detalida, barcha detallar va andozalarning 
    vazifasi bo’yicha spetsifikatsiyasi tuziladi. Tarmoq standartiga muvofiq ruxsat etiladigan 
    detallar andozalariga (ostki yoqa, podbortlar, yenglar astari va hokazolarga) yo’l 
    qo’yiladigan uloqlar chiziladi. 
    Ish andozalarida kesish aniqligidan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlarni ko’rsatib 
    qo’yish maqsadga muvofiq. Kiyimning nihoyat darajada aniq bichilishi talab qilinadigan 
    joylarida (yoqa o’mizi, yelka zihlari, yeng o’mizi, yeng boshi) yo’l qo’yiladigan chetga 
    chiqishlar ±0,1 sm ga teng; ustki detallarning boshiqa joylaridagi yo’l qo’yiladigan chetga 


    chiqishlar ±0,25 sm, astar va oraliq materialdan tayyorlanadigan detallarda ±0,4 sm ni 
    tashkil etadi. 
    Kiyimlarning ko’pchiligi harakatchan to’rsimon strukturali gazlamadai tikiladi. 
    Kiyish jarayonida gazlama strukturasi o’zgarib, kiyimning formasi buzilishi mumkin. Buni 
    oldini olish uchun kiyim detallarini shunday bichish kerakki, asosiy chuzuvchi kuchlar 
    gazlamaning tanda iplari bo’ylab yo’nalsin. Buning uchun yuqorida aytib o’tilgan 
    belgilardan tashqari, kiyimning xar bir detalida tanda ipining yo’nalishi va bu yo’nalishdan 
    yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar ko’rsatiladi. Tanda ipi yo’nalishidan chekli chetga 
    chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, materialning tuzilish zichligiga, 
    kiyimning konstruktsiyasi, vazifasi va hokazolarga bog’liq. 

    Download 5,63 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish