II BOB. Bolalar psixologiyasini o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari




Download 196,77 Kb.
bet4/6
Sana18.05.2024
Hajmi196,77 Kb.
#242622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Usmonova Muxlisa

II BOB. Bolalar psixologiyasini o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari
2.1. Bolalar psixologiyasini o‘qitishda xorijiy tajribalar
Mamlakatiimzda pedagogik innovatsiyani yaratilishi va rivojlanishi keng jamoatchi pedagoglar harakati maktablarining tez rivojlanishi, moderinizatsiya qilinishi, standartlarni takomillashtirilishi va dasturlarni yangilanishiga bo‘lgan katta extiyoj tug‘ildi. Yangiliklarni izlash, yaratish, qo‘llash ishlari jadallashib bordi. Shu sababli yangi bilimlarga bo‘lgan talab, “yangilik”, “innovatsiya” va “innovatsion jarayonlar” paydo bo‘ldi va u tushunchalarni izohlash, anglash zaruriyatini keltirib chiqardi. Innovatsion jarayonlarning mikrostrukturasini o‘rganib olimlar yangilik kiritishning “hayotiy qismi (davri)” kontseptsiyasini ishlab chiqdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o‘tib boradigan jarayon degan fikrni ilgari surdilar. Bu jarayonda yangilikning yaratilishi va ijro etilishini ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo‘linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarni quyidagi bosqichlarga ajratilmoqda:
1. Yangi g‘oya paydo bo‘lishi yoki yangilik kontseptsiyasi yuzaga kelishi bosqichi. Uni shartli ravishda fundamental va amaliy ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo‘ladigan) natijalardan kelib chiqadigan yangilk bosqichi deb ataydilar.
2. Kashf etish vaqti, ya’ni amalga oshgan ob’ekt, moddiy yoki ma’naviy mahsulot namuna ko‘rinishdagi yangilik yaratish.
3. Yaratilgan yangilikka amaliy ko‘rinish topilib, uni qo‘shimcha ishlab mukammalashtirish amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. Shundan so‘ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o‘tadi. Bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartida amalga oshadi. Yangilikdan keyingi bosqichlar ko‘rinadi.
4. Yangilikning biror sohada tarqalishi, uning boshqa sohalarga diffuziyalanib (qo‘shilib) keng tatbiq etilishi bilan yakunlanadi.
5. Yangilikning biror sohada xukmron bo‘lishi, bunda xususan yangilik o‘z yangiligini yo‘qotib, yangilik sifatida mavjud bo‘lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo yoki undan ko‘ra yanada samaralirog‘i bilan almashtirilishi bilan yakunlanadi.
6. Yangilik doirasi qisqarib, uni yanada mahsuldorrog‘i bilan almashtirilishi bilan yakunlanadi.
Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir – birini vaqtlar davomida yangi bosqichga ketma – ket almashtirib, muntazam tizim, uning rivojlanib borishining soddalashtirilgan ko‘rinishlarida ifodalaydi. Biroq aniq innovatsion jarayon bu bosqichlarni o‘z ichiga olib, ularning ketma – ket va bog‘liqliklariga har doim rioya qilinishi shart emas. Yangilikni kiritishni yangilik yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayon sifatida qarab, uning maqsadi inson talab va extiyojlarini yangi vositalar bilan qondirilishi bo‘lib, uning samaradorligi muntazam va hayotiy yangilikni ta’minlovchi uslub va tizimlarni ma’lum sifatli o‘zgarishiga olib keladi.19
Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga eskirib qolgan hamda vaziyat va ahamiyatlarini qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bir darajali qator yangiliklar yig‘indisi (umumiyligi) innovatsion yaxlitlikni tashkil etadi. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonlarga kiritish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Muammoni tahlil asosida aniqlash;

  2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash;

  3. O‘zgarish va yangiliklarni rejalashtirish;

  4. O‘zgarishlarni amalga oshirish.

Innovatsion didaktikaning predmetini yangilikni o‘rgatish, o‘rganish, yangilash, uni mazmunini boyitish tashkil etadi. Bunda ishtirok etayotgan barcha komponent bir – birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birortasini chetda qoldirish mumkin emas. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos yangicha usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchining yangicha yondashuviga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur – bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim aloqalarining doimiy aloqalari, yangicha munosabatlarni izlash, aniqlash demakdir O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rgatuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, yangicha uslublarni, o‘qitishning innovatsion shakllari, metodlari va vositalarini yangi – yangilarini izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” atamalari bilan bir qatorda “innovatika”, “innovatsion pedagogika”, “innovatsiya”, “innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon” atamalari mustahkam o‘rin olib bormoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmunini innovatsion asosda tashkil etish asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham Davlat ta’lim standartlari, dasturlar, yangi avlod darsliklari yaratildi, ta’lim muassasalariga, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yetkazildi. Hozirgi kunda yaratilgan standart, dasturlar tajriba – sinov uchastkalarida sinab ko‘rildi. Tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar natijasida takomillashtirilgan standartlar va moderinizatsiya qilingan dasturlar va tender asosida yaratilgan darsliklarning yangi avlodi ta’lim muassasalariga taqdim etildi. Endigi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa shu innovatsion standartlarni tezroq o‘quv jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yaratish va kiritish zarur.20
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlari ishlab chiqilgan.
Birinchi bosqich – tayyor metodik tavsiyanomalar olib qo‘llaniladi.
Ikkinchi bosqich – mavjud tizimga ayrim masalalar (modifikatsiyalar) metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich –yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakllari to‘la ishlab chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich – o‘qituvchi o‘qitish va tarbiyalashning o‘z kontseptsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi. Hozirgi kunda shunday tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y – harakatlar amalga oshirildi.


Download 196,77 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 196,77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. Bolalar psixologiyasini o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari

Download 196,77 Kb.