|
Bolalar psixologiyasi fani oʻqituvchisini shaxsi va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
|
bet | 2/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 196,77 Kb. | | #242622 |
Bog'liq Usmonova MuxlisaKurs ishining maqsadi. Bolalar psixologiyasi fani oʻqituvchisini shaxsi va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini har tomonlama tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalarni o‘qitishda shaxs va xususiyatlarning ahamiyatini tatbiq qilish;
Bolalar psixologiyasini o‘qitishda axloqiy va kasbiy qobiliyatlarni tahlil qilish;
Bolalar psixologiyasini o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish;
Bolalar psixologiyasini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish usullarini tatbiq qilish.
Kurs ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar psixologiyasi bilan ishlash faoliyati.
Kurs ishining obyekti. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar psixologiyasi Kurs ishining metodlari: Kuzatish, suhbat va taqqoslash.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, har bir bobda 2 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I BOB. BOLALAR PSIXOLOGIYASI O‘QITUVCHISINING ROLI
1.1. Bolalarni o‘qitishda shaxs va xususiyatlarning ahamiyati
Bolalar psixologiyasi - psixologjya fanining alohida tarmog‘i bo‘lib, u turli yosh davriari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘iganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug‘ilgandan yetuklik davrigacha inson. psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta’ kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go‘dak!ikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jaiayonning o‘ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.1
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha tarmoqlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson psixologiyasi bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi shaxsning jamiyat bilan aloqasini chetlab o‘tolmagan. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlagan. Har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi, ma’lum guruh yoki jamoa qurshovida bo‘ladi. Guruh va jamoalar doim o‘zgarib turadi. Shaxs esa ana shu o‘zgarishlarga moslashib shu guruhdagi murakkab munosabatlarga kirishishi kerak. Shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lib odamlardan alohida yashay olmaydi.
Odam bolasi individ sifatida dunyoga keladi, o‘z hayotini davom ettirish uchun tug‘ma, shartsiz reflekslarga, nerv sistemasining tiplariga ega bo‘ladi. Keyinchalik shu reflekslar asosida ma’lum munosabatlarga kirisha boshlaydi. Biz katta yoshdagi odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakani egallay olmaydigan telbani ham individ deymiz. Individ qachonki jamiyatga foydasi tegadigan bo‘lib, odamlar bilan ongli munosabatda bo‘lgandagina shaxs bo‘la oladi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidir. Odam bolasi tug‘ilishidanoq ma’lum biologik belgilarga ega bo‘lib, u ijtimoiy tajriba orttirish jarayonida shaxs bo‘lib shakllana boshlaydi. Shaxs ma’lum jamiyatning a’zosi bo‘lib, shu jamiyat a’zolari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishadigan konkret insondir. Kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo‘lgan, o‘z e’tiqodiga, qarashlariga, munosabatlariga, baholariga ega bo‘lgan subyekt shaxs deb ataladi. Odam ijtimoiy jamiyatda, konkret odamlar bilan ijtimoiy munosabatlar jarayonida shaxs sifatida tarkib topa boshlaydi. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlar birikuvidan tarkib topadi. Individuallik kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvurlar)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirgan inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.2
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagani singari, o‘z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil etadi, lekin ular bir-biriga o‘xshash emasdir. Kishining katta sonlarni «ichida» juda tez qo‘sha olish va ko‘paytirishi kabi qobiliyati, epchilligi va qat’iyatliligi, o‘ychanligi va tirnoqlarini tishlash odati, bo‘lar-bo‘lmasga kulaverishi va boshqa xislatlari uning individualligi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: epchillik va qat’iylik o‘spirinning individualligi belgilari bo‘lib, jumladan, u sportda tuman birinchiligiga da’vogar komandaga qo‘shilmagunga qadar, uzoq joylarga turistik sayohat paytida u tez oqar va muzdek daryodan kechib o‘tishini ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olmagunga qadar uning shaxsini ta’riflaydigan belgi sifatida yuzaga chiqmasdan keladi. Kishining individual xususiyatlari ularga shaxs sifatida mazkur kishi subyekt hisoblangan shaxslararo munosabatlar sistemasida zarurat tug‘ilguncha ma’lum vaqtga qadar «soqov»ligicha qolib ketadi. Shunday qilib individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisoblanadi, xolos. Aynan shu sababli ham, pedagog uchun ahamiyatli bo‘lgan bolalariga individual yondashishni amalga oshirish vazifasini ajratib ko‘rsatish kerak. Bu esa bolalarning psixologik xususiyatlarni hisobga olishni, yoki bolaning o‘z tengdoshlaridan nimasi bilan farq qilishi va shu munosabat bilan tarbiyaviy ishni qanday tashkil qilish kerakligini aniqlashini taqozo etadi. Bolalarning haqiqiy munosabatlar sistemasiga kiradigan shaxsi hamisha pedagogning diqqat markazida turishi, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish pedagogning doimiy vazifasi bo‘lib qolishi kerak.
Bolalik — ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tug‘ilgandan o‘smirlikkacha bo‘lgan davrni belgilash uchun) qo‘llanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga ko‘ra bolalik — go‘daklik (tug‘ilgandan lyoshgacha), ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-2 yoshdan 10-11 yoshgacha) davriami o‘z ichiga oladi. Bolalik jadal psixik taraqqiyot davridir.
Taraqqiyot — narsa yoki hodisalaming vaqt o‘tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o‘zgarishi natijasida yuqoriroq darajaga ko‘tarilishi.
Psixika taraqqiyoti - tug‘ilgandan boshlab yosh davrlari o‘tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to‘plagan bilim va tajribalami o‘zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh — individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo‘lgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning har bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik o‘zgarishlar kuzatiladi. Odatda psixologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tug‘ilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi. Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanishi darajasini aks ettirib, ko‘pincha aqliy yosh deb ataladi. Aqliy yosh turii yoshdagi odamlar uchun mo‘ljallangan maxsus test topshiriqlari orqali aniqlanadi. Aqliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining o‘ziga xos ko‘rsatkichi — intellektual rivojlanish koeffitsientini hosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan olingan qisqartma IQ harflari orqali belgilanadi.
Bola psixikasini o‘iganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar — qoidalaiga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.Bu printsiplar quyidagilardan iborat:
Ob’ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ulaming talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisolanadi. Lekin “bola e’tiborsiz” deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab tuigan esa-da, taibiyachi so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
Sababiynkprintsipi bola shaxsi va ongida yangi sifatlaming hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillami imkon qadar o‘iganishni talab qiladi. Masalan, mashg‘ulot davomida bola tez-tez oyna tarafga qarayotgan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha ko‘proq sabablarini aniqlashga urinish kerak: kchadagi biron narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi, mashg‘ulotda bola charchab qoldimi, o4ilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi va hokazo.
Sinchkovlik vamuntazamlik printsipi bolapsixikasi shakllanishi jarayonini, bunda psixolog va pedagoglar ta’sirini sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.Ushbu printsipga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kеrаk;
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
c) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik printsipi buzilgan bo‘ladi.
Psixologik ta’limda bolalar psixologiyasi bo‘yicha umumiy ma’lumotlar bilan chegaralanmaydi, balki maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish natijalariga tayanadi, pedagogik jamoaning malakasi va xususiyatlarini, bolalar va ota-onalarning o‘ziga xosligini hisobga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish va bu sohani yanada rivojlantirish uchun ko‘pgina imkoniyatlar yaratildi. Ta’lim tizimidagi psixologik xizmatni rivojlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bolaning aqliy va ruhiy salomatligini ta’minlashdir. Bolalar bog‘chasidagi psixolog – bu aqliy rivojlanishning umumiy qonunlarini va ushbu rivojlanishning yosh xususiyatlarini hamda uning individual variantlarini tushunadigan, bolani yaxshi biladigan va chuqur tushunadigan shaxs.
Maktabgacha psixologik yoshdagi davrda individuallashtirilgan shaxsiy neoplazmalarning avvalgi psixologik yoshi oxirida paydo bo‘lgan shaxsiy xususiyatlarini (kuch, tezlik, hajm, sur’at, ritm) takomillashtirish, rivojlanish, mazmun jihatidan va rasmiy-dinamik xususiyatlar davri hisoblanadi. Shaxsiylashtirish jarayoni qonuniy ravishda bolaning shaxsiy rivojlanishini amplifikatsiya qilish jarayonining variantlaridan biridir. Va bu, ko‘p jihatdan, bolalik davrida bola shaxsiyatiningshakllanishi, uning kelajakdagi hayotiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalikda biz bilan sodir bo‘lgan barcha voqealar bizning keyingi rivojlanish davrimizda chuqur iz qoldiradi. Bolaning qiyinchilik va yordamga muhtoj chog‘ida ota-ona sezgirligi va farzandiga nisbatan mehr- muhabbatining еtarli bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologik xizmat ko‘rsatishda asosiy e’tiborni – bolaning muammolari qor kabi o‘sib borgunga qadar kutmasdan, uni bartaraf etish, bolalar psixologiga o‘z vaqtida murojaat qilishdir.3
Har qanday muammoni qisqa vaqt ichida bolaga azob-uqubat va og‘riq keltirmasdan ilgari hal qilish, yuzaga kelgan muammolarni ota-onalarga yеtkazish va hamkorlikda ish olib borishdir. Ko‘pgina bolalar muammolari faqat vaqtinchalik va psixologning qisqa muddatli ishini talab qiladi. Bu esa maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologidan qisqa muddatli ish dasturini tuzib chiqishni talab qiladi va ayni chog‘da individual tarzdagi maxsus dastur bo‘lishi kerak.4 Bolalar bir marotaba psixolog xizmatidan baxra olgandan so‘ng va uning natijasi ijobiy tomonga o‘zgarganini his qilsalar, nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologiga nisbatan ishonch, mehr, sevgi, hayrixohlik va albatta yuksak hurmat bildiradilar, balki, maktabgacha tashkilotga va u еrdagi tarbiyachilarga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo‘ladilar. Shu sababdan psixolog individual va guruhli ishlash jarayonida hech bir holatni va bolalar xususiyatini ko‘zdan qochirmasligi kerak.5
Psixologiyada ikkita omil – biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida shakllangan ikki asosiy kichik struktura borligi ta’kidlanadi. Inson shaxsining o‘zi «endopsixik va ekzopsixik» tuzilishga bo‘linadi. Endopsixika ichki psixik holatdir. Biologik jihat bilan bog‘liq bo‘lib, kishining nerv psixik tuzilishiga o‘xshash inson shaxsining ichki mexanizmlari kabi psixik qismlar va funksiyalarning o‘zaro ichki bog‘liqligini ifodalaydi. Endopsixika moyillik, xotira, tafakkur va xayol xususiyatlari, irodaviy zo‘r berish, tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xislatlarni o‘z ichiga oladi.
Ekzopsixika tashqi psixik holat bo‘lib, ijtimoiy omil bilan belgilanadi, kishi munosabatlarining tashqi sistemasini va uning tajribasini, ya’ni qiziqishlarini, moyilliklarini, ideallarini, ustun darajadagi his-tuyg‘ularini, shakllangan bilimlari va boshqa belgilarini o‘z ichiga oladi. Biologik xususiyat kishi shaxsining tarkibiga singib, ijtimoiy omilga aylanib qoladi va keyinchalik ijtimoiy shaklda mavjud bo‘ladi.
Odam shaxs sifatida doim qandaydir faoliyatda bo‘ladi va ana shu turli-tuman faoliyatlarda shaxsning faolligi namoyon bo‘ladi. Shaxsning faolligi deganda biz odamning tevarak-atrofidagi tashqi muhitga ko‘rsatadigan ta’sirini tushunamiz. Tashqi muhit bilan faqat odamlargina emas, balki hayvonlar ham o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Lekin bu munosabatlar o‘rtasida keskin farq mavjud. Hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga passiv ravishda moslashib yashaydilar. Ular o‘z hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya’ni tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalanadilar. Odam esa, tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta’sir qilib, uni o‘z irodasiga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi.
Odam shaxsining faolligi uning turli-tuman ehtiyojlarida, qiziqishlarida, yo‘nalishida, dunyoqarash va ishonche’tiqodlarida namoyon bo‘ladi.
Jonli mavjudot hayot kechirishning yaqqol shart-sharoitlariga qaramligini ifoda etuvchi va mazkur sharoitlarga nisbatan 65 faolligini namoyon qiluvchi holat ehtiyoj deb ataladi. Odamning ehtiyoji unga ta’lim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, ya’ni insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma, malaka, odat, ma’naviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishish, ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Odam boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrining xususiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi muayyan buyumni zarurat talabiga binoan qayta o‘zgartirishga, takomillashtirishga qodir ongli zotdir. Shu bois odamning o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot darajasi bilan o‘lchanadigan faoliyat shakli va turini egallashning faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilganligi, ma’lum rejaga asoslangan ijodiy ko‘rinishi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ehtiyojlar ijtimoiy va shaxsiy xarakterga ega:
1. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy mehnat mahsulidan foydalaniladi (mas. non yeyish uchun mehnat qilish kerak).
2. Shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ijtimoiy muhitda tarkib topgan vosita va usullardan foydalaniladi (mas. ovqat pishirish uchun qozon, gaz va hokazolar kerak).
3. Shaxsiy ehtiyojlar o‘ziga mansub guruhning ehtiyojlaridan kelib chiqadi (mas. ma’ruzachi guruhga kerak ma’ruzani tayyorlab keladi).
Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Biologik ehtiyojlar. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, tobelik aks etadi. Shuningdek, tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam berish ham kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, oqibatda inson halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostida qoldiradi.
2. Ijtimoiy ehtiyojlar bu madaniy, moddiy, ma’naviy, mehnat qilish, bilish, estetik ehtiyojlardir. Ehtiyojlar ikki gu- 66 ruhga bo‘linishiga qaramasdan shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi (kundalik ovqatlanish, to‘ydagi ovqatlanish).
Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza yuritilganda, uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining negizidan kelib chiqadi. Shu bois madaniy ehtiyojlar obyektiga tabiiy ehtiyojlarni qondiruvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog‘lanish vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish yo‘llari kiradi.
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z xususiyatiga ko‘ra moddiy va ma’naviy turlarga ajraladi va ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai ham turlicha ekanligi e’tirof etiladi. Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish, maishiy turmush ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog‘liq madaniy-maishiy buyumlarga ehtiyoj sezishi moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviyatni yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulariga binoan boshqa odamlar bilan muomalaga kirishishi hamda axborot almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va teatrga borish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini yuzaga keltiradi.6
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayonini moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi va boshqalar. Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar turmush tajribasining ortishi, bilim saviyasining kengayishi, maxsus mashqlar egallanishi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabatining o‘zgarishi tufayli rivojlana boradi. Odam tobora kamolga yetgan sayin uning oldida yangicha talablar ko‘ndalang qo‘yiladi, ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat jihatidan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarini vujudga keltiradi, ularning qondirilishi esa tuzilishga ega vositalarni taqozo etadi.
Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari, ya’ni muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar paydo bo‘ladi. Shunday qilib, motiv odamni faoliyatga undovchi sababdir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muayyan ishni bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos kelavermaydi. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga aylangan taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odamda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq bajarishga intilish paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.
Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olisroq maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu singari eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa, uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa odamning qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur prinsipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motivlargagina amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda o‘z oldilariga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu toifa odamlar katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan bo‘ladi. Olisni ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga o‘z faoliyatining bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bosqich, pog‘ona sifatida qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlarni ishdan voz kechishga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsizliklar bunday kishilarning o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirishlarini susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos.7
Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushun chalari ishlatiladi. Motivatsiya – inson xulq-atvori, ularning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Motiv aniq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-atvorga nisbatan turli moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Motivlar, ya’ni u yoki bu faoliyatni bajarish uchun moyillikni aniqlashda psixolog Kurt Levin ish olib borgan. Inson kayfiyatiga qarab har qanday harakat motivlarini turlicha talqin qilish mumkin.
Amerikalik psixologlarning fikricha shaxs motivining ikki turi mavjud:
muvaffaqiyatga erishish motivi;
muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlaridan – tanish-bilishlar, mablag‘lar kabi omillardan ham foydalanadilar.
Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasiga tayangan shaxslarda birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar.8 Bu o‘rinda talabchanlik sifatining roli katta bo‘lib, agar muvaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past bo‘ladi. O‘zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonadi, ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum darajada belgilab beradi.
Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet va hodisalarni bilishga intilishi qiziqish deb ataladi. Qandaydir faoliyatga intilish mayl deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishining emotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qiziqish yoki maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsiyalar uyg‘otadi. Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bu nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qiziqishning mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiyada qiziqish quyidagi tiplarga ajratiladi:
Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy.
Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita.
Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.
Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror
Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyatiga ham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lni tutganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini bildiradi. Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivojlanishi va aqli bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatiga qiziqishi oxir-oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qiziqishlar hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga keladi. Bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish hamda maxsus treninglarda amalga oshirish muhimdir.9
Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ularning qiziqishlari bir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator sohalarga, fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlarning kengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidan darak beradi. Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday degan edi: «Hamma narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak va oz narsa haqida hamma narsani bilish kerak». Barqaror qiziqishga ega shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan buyumlariga, obyektlariga, hodisalarga o‘z maylini o‘zgarishsiz saqlab tura oladi. Qiziqishlarning ba’zan beqarorligi katta yoshdagi o‘quvchilarda ko‘rinadi. Ularda qiziqishlar ko‘pincha g‘oyat ehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masalan, bir vaqtning o‘zida ular matematika, tarix, falsafa, logikaga qiziqishlari mumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in kirishib, masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bilan qiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlik va yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib turadigan qiziqishlar, yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqarishini ta’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga hamda o‘z samarasini ko‘rsatishiga yordam beradi.
|
| |