|
Bolalar psixologiyasini o‘qitishda axloqiy va kasbiy qobiliyatlar
|
bet | 3/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 196,77 Kb. | | #242622 |
Bog'liq Usmonova Muxlisa1.2. Bolalar psixologiyasini o‘qitishda axloqiy va kasbiy qobiliyatlar
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisi bo‘lajak murabbiylarga, tarbiyachilarga kasbiy jihatdan o‘ta ahamiyatli bo‘lgan bilimlar — bolalar psixik taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi bilimlami beruvchi, ularda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikma va malakalami shakllantiruvchi mutaxassis.10
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisiga barcha pedagoglarga qo‘yiladigan umumiy talablardan tashqari yana quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Umumiy va bolalar psixologiyasidan tashqari psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslahat, maxsus psixologiya bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
2. Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisining ish faoliyatiga xos xususiyatlarni yaxshi bilish;
3. Bolalar psixik taraqqiyoti muammolari yuzasidan mustaqil tadqiqotlar o‘tkaza olishi va bu jarayonga talabalami jalb eta bilishi;
4. Muntazam ravishda ilg‘ortarbiyachi-murabbiylaming pedagogik tajribasini o ‘rganib borish va taig‘ib qilish.
Zamonaviy talim jarayonida shakllanadigan pyedagogik kompetentlik quyidagi guruhlarga ajratib tasniflash mumkin:11
- kasbiy kompetenyesiya;
- maxsus kompetensiya;
- ma’naviy-axloqiy kompetensiya;
- tayanch kompetensiya va hokazo...
Kasbiy kompetensiya – muayyan mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni amalda qo‘llay olishdir. Kasbiy kompetentlik alohida bilim va malakalarning egallanishini emas, balki har bir yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi jarayondir. Shuningdek, kasbiy kompetensiya muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi ma’lumotlarni o‘rganish, qayta ishlash va o‘z faoliyatida samarali qo‘llay bilishni taqozo etuvchi qobiliyatdir.
Maxsus kompetensiya – kasbiy kompetensiya negizida shakllanib, kasbiy-pedagogik faoliyatni mukammal tashkil etish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal etish, o‘quvchi yoki talabalar faoliyati natijalarini xolisona baholash, bilim, ko‘nikma va malakalarni izchil rivojlantirib borishdir. Maxsus kompetensiya negizida psixologik, metodik, informasion, kreativ, innovasion va kommunikativ kompetentlik kabi sifatlar ham shakllanib boradi.
Ma’naviy-axloqiy kompetentlik - talabalarning yuksak tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni o‘zining faoliyatida aks ettirishini ta’minlovchi qobiyatdir. Umummadaniy kompetensiya talabalarning jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zining his tuyg‘ularini boshqara olishi, bilim olish, o‘qish va o‘rganishni takomillashtirib borishiga ko‘maklashuvchi jarayondir.
Axloqiy kompetensiya mezonlarining muhim tarkibiy qismlaridan yana biri adolatparvarlikdir. Adolatparvarlik asosan shaxsning muayyan jamiyat yoki davlatga ko‘rsatgan huquqiy axloqiy me’yorlar asosidagi ijobiy, insonparvarona ta’sirini ifodalovchi jarayondir. Adolatparvarlik adolat tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, jamiyatdagi shaxs yoki ijtimoiy guruhlarning huquqiy-axloqiy farovonligi aynan adolatga tayangan holda ta’minlanadi va bir me’yorga keltiriladi.12
Axloqiy kompetensiyalar talaba-yoshlarda shakllantirib borilar ekan, ularda mustaqil dunyoqarashning shakllanishi, so‘z va amal birligining ta’minlashi, nafaqat shaxsiy balki, jamiyat manfaati uchun ham qayg‘urish xislatlarining shakllanishiga olib keladi.13 Talabalarda shakllangan muayyan axloqiy tafakkur, axloqiy fazilat, axloqiy munosabat va axloqiy harakatlar kabi axloqiy kompetensiyalar jamlanmasi sifatida shakllanib ularning komillik tomon intilishi ya’ni, komil inson bo‘lishiga xizmat qiladi.
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisi pedagog sifatida quyidagi qobiliyatlaiga ega bo‘lishi kerak:14
1. Didaktik qobiliyat - o‘quv materialini aniq va ravshan tushuntira olish;
2. Akademik qobiliyatlar - o‘z fanidan tashqari boshqa sohalar bo‘yicha ham keng bilimga ega bo‘lish;
3. Pertseptiv qobiliyatlar — talaba ichki dunyosiga kira bilish, kuzatuvchan bo‘lish;
4. Nutqiy qobiliyatlar — o‘z fikrini, his-tuyg‘usini nutq yordamida ifodalab bera olish;
5. Tashkilotchilik qobiliyati — talabalar jamoasini uyushtira olish, jipslashtira olish, ishini tashkil etish;
6. Avtoritar qobiliyatlar — talabalarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsata olish;
7. Kommunikativ qobiliyatlar — talabalar bilan muloqot qila olish;
8. Pedagogik xayol qobiliyati — pedagogik faoiiyat natijalarini oldindan ko‘ra bilish;
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga talabaga qarata olish.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda talabalik yillaridanoq darsni qanday uslubda o‘tishi haqida tasawurlar paydo bo‘ladi.15 Qanday uslubda dars o‘tishni har qaysi pedagog individual tanlaydi. Dars o‘tish uslubida pedagogning o‘z ishiga va talabalarga bo‘lgan munosabati aks etadi. Hozirgi kunda psixologiyada boshqarish, shu jumladan, dars jarayonini tashkil etish va boshqarishning uch uslubi ajratiladi. Quyida ushbu uch uslub va ularga xos xususiyatlar keltiriladi:16
1.Avtoritar uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalarga har doim ham tushunarli bo‘lavermaydi; o‘qituvchi ozchilik talabalaming ism-familiyasini biladi; o‘qituvchi ko‘proq “kuchli talabalar” bilan muloqotga kirishadi; o‘qituvchi talabalaming bahosini pasaytirishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni jahli chiqib qabul qiladi.
2. Demokratik uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalaiga doim tushunarli bo‘ladi: o‘qituvchi ko‘pchilik talabalaming ism-familiyasini biladi; o‘qituvchi talabalar bilan muloqotga tanlovchan emas; o‘qituvchi talabalaming bilimini faoliyatini baholashda ob’ektiv yondashadi; o ‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoni qiziquvchanlik bilan qabul qiladi.
3. Liberal uslub: mashg‘ulotlaming maqsadi talabalarga ko‘pincha tushunarli bo‘lmaydi; o‘qituvchi talabalarni odatda umuman bilmaydi; o‘qituvchi “kuchli talabalar” bilan yumshoq,, “kuchsiz talabalar” bilan qattiq muomalada bo‘ladi; o‘qituvchi “kuchli talabalar” bahosini oshirishga, “kuchsiz talabalar” bahosini pasaytirib yurishga moyil bo‘ladi; o‘qituvchi uning faoliyatiga berilgan bahoga befarq bo‘ladi.
Har bir uslub o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Masalan, demokratik uslubda dars o‘tilganda, talabalaming o‘z faoliyatidan qoniqishi yuqori bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida qat’iy qaror qabul qilish talab etilgan sharoitda avtoritar uslub ma’qulroq. Ammo avtoritar uslubda jazolash usullari haddan tashqari ko‘p qo‘llanadi. Shuning uchun vaziyat auditoriya, dars turi xususiyatlaridan kelib chiqib o‘qituvchi u yoki bu uslubning ustun tomonidan foydalanish, zaif tomonlarini bartaraf etishi lozim.
Qobiliyat – odam psixikasining eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, bu xususiyatlarni haddan tashqari keng to‘ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki shunday bu qobiliyat bilan hammasidan ko‘ra bir-biri bilan chambarchas bog‘liq faoliyatning muvaffaqiaytli bajarish imkoni aslo yo‘q emas. Qobiliyatlar bilim, ko‘nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiayti qobiliyatlar deyiladi.
Pedogogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishing pedagogik faoliyatiga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishni aniqlab beradi. Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Pedagogik olim I.P. Podlasiy pedagogik qobiliyatning tuzilishini quyidagi tarzda aniqlashtirgan: 1) tashkilotchilik, 2) diagnostik, 3) pertseptiv, 4) kommunikativ, 5) suggestiv (ishontirish), 6) tadqiqotchilikka doir, 7) ilmiy-bilishga doir, 8) gnostik.17
Pedagogika va psixologiya sohasida olibb borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: 1) didaktik qobiliyat, 2) akademik qobiliyat, 3) perseptiv qobiliyat, 4) nutqiy qobiliyat, 5) tashkilotchilik qobiliyati, 6) obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati, 7) kommunikativ qobiliyatlar, 8) psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar, 9) diqqatni taqsimlash qobiliyati, 10) konstruktiv qobiliyat, 11) gnostik qobiliyat.
Pedagogik qobiliyatlar o‘qituvchi xarakter-xislatlari bilan bog‘liq. Uyushqoqlik, qat’iylik, haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortishiga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik, ko‘ngilchanlik, adolatsizlik pedagogik faoliyat samarasini pasaytiradi.
Kasbiy faoliyat yaxlit tizim sifatida bir qancha tarkibiy qismlarni o‘zida uyg‘unlashtiradi. I.P. Podlasiyning kasbiy salohiyatning tuzilishiga doir tasnifidan kelib chiqib, N.M. Egamberdiyeva pedagogik ta’limdagi kasbiy yetuklik (professionallashuv), ijtimoiylashuv, insonparvarlashuv va madaniy ijodkorlikning zamonaviy yo‘nalishlarga muvofiq keluvchi quyidagi muhim tuzilishli tarkibiy qismlarni ajratib ko‘rsatadi:
-pedagogik madaniyat;
-pedagog ijodkorligi;
-pedagogik aql-idrok;
-kasbiy chuqur bilimga egalik;
-individual faoliyat uslubi;
-ijodiy tashabbusning rivojlanishi;
-individual faoliyat;
-insonparvarlikka yo‘naltirilganlik;
-ijtimoiy faollik.
Kommunikativ qobiliyat- bu pedagogik o‘zaro harakat sohasida maxsus ko‘rinishga ega bo‘lgan muloqotga qobiliyatlilikdir. Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarning bir qancha turlari ajratib ko‘rsatiladi: 1) insonning insonni tushuna olishi, 2) insonni o‘z-o‘zini anglay olishi, 3) muloqot vaziyatini to‘g‘ri baholay olish ko‘nikmasi.18
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
O‘qituvchining har qanday tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi, oqibat natijada o‘quvchi ruhiyatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatishga ya’ni o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlarni: xulq-atvor, munosabatlar, hatti-harakatlarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘nalgan bo‘ladi. Lekin ishontirirsh va uqtirishning texnologik mexanizmlari turlichadir. O‘sib borayotgan yoshlar ijtimoiy muhit va tabiat bilan ham o‘zaro ta’sirlanadilar. Bu o‘zaro ta’sir natijasida ularda ishonch, yangi bilimlar va munosabatlar, axloqiy me’yorlar majmui vujudga keladi.
O‘qituvchi pedagogik bilimdonlik, kreativlik, refleksiyaga ega bo‘lish bilan birga pedagogik madaniyatni ham o‘zlashtira olishi zarur. Pedagogik madaniyat kasbiy nuqtayi nazardan pedagogik faoliyatni olib boruvchi mutaxassis umumiy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
|
| |