|
Bolalar psixologiyasi fani oʻqituvchisini shaxsi va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari
|
bet | 1/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 196,77 Kb. | | #242622 |
Bog'liq Usmonova Muxlisa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI 303-GURUH TALABASI
Usmonova Muxlisaning
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanidan
“Bolalar psixologiyasi fani oʻqituvchisini shaxsi va faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI
QO‘QON – 2024
MUNDAREJA:
KIRISH.....................................................................................................................3
I BOB. Bolalar psixologiyasi o‘qituvchisining roli................................................5
1.1. Bolalarni o‘qitishda shaxs va xususiyatlarning ahamiyati...................................5
1.2. Bolalar psixologiyasini o‘qitishda axloqiy va kasbiy qobiliyatlar.....................17
II BOB. Bolalar psixologiyasini o‘qitishning ilg‘or texnologiyalari...................24
2.1. Bolalar psixologiyasini o‘qitishda xorijiy tajribalar..........................................24
2.2. Bolalar psixologiyasini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish...................28
XULOSA…………………………..………...…………………………………...33
ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………..…...…….……….…………….......36
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko‘tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Psixologiya fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarni psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o‘qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma’naviy xislatlarga ega bo‘lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog‘lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas’uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko‘nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
|
| |