|
Bolalar psixologiyasini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish
|
bet | 5/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 196,77 Kb. | | #242622 |
Bog'liq Usmonova Muxlisa2.2. Bolalar psixologiyasini o‘qitishda ta’lim samaradorligini oshirish
Har bir soha borki, davr almashinuvi bilan u ham shakllanib boradi yoki, mutlaq hayot zarvarag‘ini tark etadi. Jo‘shqin rivojlanayotgan O‘zbekistonimizda ham XXI asr texnologiyalar davri deb bejiz nom olgan emas. Bugungi kunda texnologiyalar har jabhada rivojlanib kelmoqda. Biron bir sohaning vakili borki u bugungi zamonda texnologiylarning xizmatisiz ish faoliyatini ta’savvur etishi biroz mushkuldir. Shu bois, bo‘lajak pedagog va psixologlar ham o‘z sohasining yetuk kadrlari bo‘lishi uchun ayni zamonga munosib bilim va ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishlari lozimdir.
Texnologiya odatda ilmiy bilim va muhandislik bilan bog‘liq; Biroq, texnologiya jamiyatdagi hayotni osonlashtirishi mumkin bo‘lgan yoki muayyan vaqt talablariga moslashtirilgan individual yoki jamoaviy talablar yoki ehtiyojlarni qondirishga imkon beradigan har qanday tushunchadir. Uning etimologik kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z boradigan bo‘lsa, texnologiya so‘zi “texnikani o‘rganish” degan ma’noni anglatadi”21
“Pedagogik psixologiya o‘qitish va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi fandir. Pedagogik psixologiya fani o‘quvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni o‘qitish masalalarini o‘rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psixologiyasi bilan mahkam bog‘liqdir, chunki bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olmay turib, o‘quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o‘qitish va tarbiyalashning psixologik qonuniyatlarini aniqlab bo‘lmaydi. Pedagogik psixologiya o‘qitish va tarbiyaning asosini urganib va ishlab chiqib, o‘qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darslarga va turli o‘quv qurollariga bo‘lgan talabni aniqlash, o‘qitish va tarbiyaning ratsional va samarali metodlarini topish, o‘quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlariga et’iqod qilishga erishish qonuniyatlarini ochish: o‘quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatiga tayyorlashning asoslariini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir”.
Psixologiya yosh fiziologiyasi, falsafa, pedagogika bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi va psixologiyani o‘qitishda bu bog‘liqlik o‘rnatiladi. Falsafiy pedagogik bilimlar o‘qituvchilar uchun juda zarurdir.22 Metodika xususan psixologik o‘ziga xoslik bilangina belgilanmaganligi, balki o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan ham belgilanganligi sababli yosh psixologiyasiga ham tayanadi. Tushunish, tasavvurlarining to‘g‘riligi tushunchasi va mahoratlarning rivojlanishi, bilimlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning yosh psixologiyasi asosida amalga oshirilishi kerak. Psixologiya o‘qitish metodikasi pedagogik fan hisoblanib, pedagogika bilan didaktika yo‘nalishi bo‘yicha uning hamma fanlar uchun umumiy bo‘lgan va tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha uzviy bog‘liq hisoblanadi.
O‘qitish tamoyillarini bilish o‘quv fanini samarali o‘qitish uchun zarurdir. Tamoyil deganda - odatda, biror bir faoliyatda tayanilishi kerak bo‘lgan ba’zi bir dastlabki qoidalar tizimi tushuniladi.23
Didaktik tamoyillar yoki o‘qitish tamoyili o‘qitish maqsadlari va o‘quvchilarning o‘rganish faoliyati qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir.T.A.Ilina o‘qitish tamoyillaridan quyidagilarini ko‘rsatadi:
1. Ko‘rgazmalilik tamoyili.
2. O‘quvchilarning o‘qishda ongliligi va faolligi tamoyili.
3. O‘qitishning tushunarlilik tamoyili.
4. O‘qitishning ilmiyligi.
5. O‘quvchilarning individual xususiyatlari va yoshini hisobga olish tamoyili.
6. Muntazamligi va izchillik tamoyili.
7. Bilimlarni mustahkam egallash tamoyili.
8. Ta’limning hayot bilan bog‘liqligi tamoyili.
9. O‘qitish jarayonida tarbiyalash tamoyili. Oliy va o‘rta maktabning zamonaviy didaktik tamoyillari (L.D.Stolyarenko bo‘yicha):
1. Rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta’lim.
2. Ilmiyligi va tushunarliligi, yoshga bog‘liqligi.
3. O‘qituvchining rahbarlik roli ostida o‘quvchilarning ongli va ijodiy faolligi.
4. Ko‘rgazmaliligi va ijodiy fikrlashini rivojlanishi.
5. Ta’limning tizimliligi va muntazamliligi.
6. O‘qitishda mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.
7. Ta’limning hayot va kasbiy faoliyat amaliyoti bilan bog‘liqligi.
8. O‘quvchilarning o‘qitish natijalari va idrok etish qobiliyatlarini rivojlanishining mustahkamligi.
9. O‘qitishning ijodiy hissiy ta’siri:
10. O‘qitishning jamoatchilik xususiyatlari va o‘quvchilar individual xususiyatlarini hisobga olish.
11. Ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish.
12. Ta’limni kompyuterlashtirish.
13. Ta’limning integrativligi, fanlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni hisobga olish.
14. Ta’limning inovatsionligi.
Eng muhim didaktik tamoyillar:
• ta’lim ilmiy va dunyoqarash xarakteriga ega bo‘lishi;
• ta’limni muammolilik xususiyatiga ega bo‘lishi;
• ta’lim ko‘rgazmali bo‘lishi;
• ta’lim faol va ongli bo‘lishi;
• ta’lim tushunarli bo‘lishi;
• ta’lim muntazam va ketma-ket tartibda bo‘lishi;
• o‘qitish jarayonida ta’limda, o‘quvchilarni rivojlantirish va tarbiyalashni uzviy birlikda amalga oshirib boorish.
Oliy maktabda o‘qitish tamoyillari:
• oliy ta’limning bo‘lajak mutaxassis shaxsini rivojlantirishga qaratilganligi;
• zamonaviy oliy o‘quv yurti ta’limini fan (texnika), ishlab chiqarish (texnologiya) zamonaviy va kelajakdagi rivojlanish an’analari mazmuniga ega bo‘lishi;
• oliy o‘quv yurtida o‘quv jarayoni umumiy, guruhU va individual shakllarda tashkil etishning optimal umumlashganligi;
• mutaxassislarni tayyorlashning turli bosqichlarida o‘qitishning zamonaviy metod va vositalarini qo‘llash;
• mutaxassislarni ularning kasbiy faoliyati aniq sohasida talablarga javob bera oladigan qilib tayyorlash, ularning raqobatga* bardosh bera olishlarini ta’minlash.
Insonlar psixologiyasining birgalikdagi munosabat va harakatiga asoslangan o‘qitish interfaol o‘qitish usuli deyiladi. Individ sifatida alohida o‘qiydigan emas, aksincha, guruh bilan birga faoliyat yurituvchi, savollarni o‘zaro kelishib bahslashib muhokama qiluvchi bir-birini qo‘zg‘atib va faollashtirib boradigan o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati markaziy o‘rinni egallaydi.
Interfaol usulni qo‘llaganda hammasidan ko‘ra bellashuv, raqobat, tortishuv ruhiyatini intellektual faolligiga kuchli ta’sir etadi. Bu insonlar uyushgan holda muammoni yechishni izlaganlarida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, shunday psixologik omillar ta’sir qiladigan, atrofdagilar tomonidan bildirilgan har qanday fikrga o‘zining shunga o‘xshash, yaqin yoki aksincha mutlaqo qarama-qarshi fikr bildirishga da’vat etadi.
Bunday mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchidan ancha ko‘p ijodkorlik va faollik talab etiladi. Oldindan ma’lum yoki ancha ko‘p ijodkorlik va faollik talab etuvchi kitobdan o‘qiganlarini hikoya qilish shaklidagi dars passiv darajada o‘tadi. Interfaol usuli nafaqat ta’limda balki, tarbiyada ham ayniqsa yaxshi natija keltiradi, ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda o‘qituvchi muhokamaga ta’sir qilganda nafaqat fikr bildiradi, balki muammoga o‘zining shaxsiy munosabatini, axloqiy mavqeyi va dunyoqarashini bildiradi. Talabalar bahsida o‘qituvchini ishtiroki turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham o‘zini fikrini o‘tkazmasligi kerak. Yaxshisi bahsni boshqarishda yaxshilab hisoblab chiqilgan usul, sermahsul fikrlashni, yechimini topishda ijodiy izlanuvchanlikni talab etuvchi yo‘lni muammoli savol qo‘yish orqali boshqarish lozim. O‘qituvchi o‘z nuqtayi nazaridan chiqarishda fikr bildiradi, faqat talabalar fikridan xulosa chiqarish bilan isbotlash va xato fikrlarni rad etish kerak. Bu usul bilan bahsni nafaqat mazmuni intellektual — bilish, nazariy savollarni yo‘llash mumkin, shuningdek, hamkorlikda sermahsul faoliyatlarini tuzish, talabalar shaxsiga o‘z ta’siri bilan o‘quv faoliyatini o‘quv tarbiya jarayoniga aylantirishi mumkin.
Shu tartibda, interfaol o‘qitish usuli, talabalarning hamkorlikdagi faoliyati o‘qituvchining bahslardagi ishtiroki tufayli dars jarayonini nafaqat hamkorlikdagi faoliyati bo‘ladi, balki shaxsning ijtimoiy raunosabatlarining real ijodiy sermahsul faoliyatiga aylanadi. O‘qishdagi hamkorlik o‘z-o‘zidan talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning ichki dunyosiga ta’sir etadi va dars jarayonini asosiy tarbiyaviy funksiyasi hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quv-tarbiya jarayonini individuallashtirish psixologning har bir bolaning ruhiy salomatligi va rivojlanishining to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydigan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bola ruhining individual, rasmiy-dinamik xususiyatlarini hisobga olish alohida o‘rin tutadi, bolalarning aqliy holati, jarayonlari, xatti- harakatlari va faoliyatining dinamikasini aniqlaydigan turli xil temperamentdagi bolalar bilan muayyan strategiya va taktikalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z mutaxassisligiga oid bilimlar bilan birga, pedagogik va psixologik bilimlarni, hamda turli fan yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilimlarga ega bo’lgan, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarni egallagan, ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan hozirgi kunda quyidagi burch va masuliyatlar o’qituvchilardan talab qilinadi:
- O’qituvchi eng avvalo masuliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyatva ma’rifat targ’ibotchisidir.
- O’qituvchi tabiatan o’quvchilarni seva olishi, o’z mehrini, his-tuyg’ularini har lahzada o’quvchilar ichki dunyosi bilan bog’lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo’lishi kerak.
- O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
- Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi. O’qituvchining o’rni va uning vazifalari, o’sib kelayotgan yosh avaodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi.
Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. O’qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab hayoti faoliyatini uyutirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o’qituvchilari va sinf rahbarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o’qituvchi o’quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida maruzalar o’qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ’ibotchisi hamdir, vazifalarning shu qadar ko’pligi uchun ham jamiyatning o’qituvchilar oldiga qo’yadigan talablari tushunarlidir.
Hozirgi zamon o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi va uning shaxsiy hamda kasbiy kamolotiga (psixologiyasiga) yuksak talablar qo’yadi:
a) mamlakatimiz ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining barcha bosqich-larida o’qituvchining shaxsi yuksak ijtimoiy mavqega ega bo’lib, xalqning etnik ongi va tafakkuri namunasi sifatida e’zozlangan. Zamonaviy o’qituvchi ham ana shunday yuksak ijtimoiy mavqeni egallashi nazarda tutilgan.
b) ilmiy psixologiyaning tahlillariga ko’ra ta’lim va tarbiya shakli, mazmuni va mohiyatiga binoan milliy-etnik hodisa bo’lib, xalqning ongi, qarashlari, qadriyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Tabiiyki, har bir xalqning etnopsixologiyasi va millatga xos idealini o’qituvchi o’z millatining ta’limi va tarbiyasi orqali ro’yobga chiqarishga yo’naltirgan bo’ladi.
v) hozirgi zamon o’qituvchisi kasbiy faoliyatga moslashuvining samarali kechishi zamonaviy o’qitish metodlarining o’ziga xos xususiyatlarini mukammal egallaganligi, amaldagi ta’lim va tarbiya tamoyillariga qat’iy rioya qilishi, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan kasbiy bilim, shaxsiy hamda kasbiy xislatlarni o’zida mujassamlashtirganligi va undan kasbiy faoliyatida oqilona foydalana olishi bilan belgilanadi.
g) Zamonaviy o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi jarayonida, o’qituvchi egallashi zarur bo’lgan psixologik-pedagogik tarbiyaviy ta’sirlarning majmui mazkur etnik jamoaga xos axloqiy, ijtimoiy-huquqiy va ishlab chiqarish mehnati me’yorlarining evolyusiyasiga mos tushishi hamda tarbiyalanuvchilarning mazkur psixologik-pedagogik ta’sirlarga moslasha olish imkoniyatlarini ham e’tiborga olishi zarur.
|
| |