2-BO‘LIM.
PLASTMASSALAR
2.1. Avtomobil konstruksiyasida pastmassalarning ishlatilishi.
Avtomobil konstruksiyasini yaxshilash va remont texnologiyasini rivojlanishda
unda qo`llaniladigan materiallar yuqori talabga javob berishi lozim. Bu materiallar
qatorida plastmassalar keng o`rin olgan.
Avtomobil ishlab chiqarishda plastmassaning o`rni katta ahamiyatga ega.
Avtomobilsozlikda keyingi 10 yil ichida plasmassani qo`llashda katta o`zgarishlar
sodir bo`ldi. Avtomobilning yangi modellari 500 dan ortiq turli plastmassa qismlar,
ya’ni bular: bamferlar, eshik panellari, sovitgich va isitgich tizimlarida, g`ildirak
qopqoqlarida, ko`rsatkich panellarida, radiator qafaslarida, yonilg`i baklari, kabina
korpusi, kapotlar va boshqalarda qo`llanilmoqda.
Xozirgi kunda avtomobilsozlikda plastmassalardan foydalanish yildan yilga
o`sib bormoqda. Bundan 20-25 yil avval 1 ta avtomobilga 2-5 kg plastmassa
ishlatilgan bo`lsa, xozirgi kunda yengil avtomobillarda 100 kg.dan ortiq 600dan
ortiq detallar plastmassalardan tayyorlanadi. Avtomobillarning bir qator detallarni
plastmassalardan ishlab chiqarish avtomobilning og`irligini 25 % gacha
yengillashtiradi, hamda minglab tonna po`lat, rangli metallarni iqtisod qilishga
erishishga olib keladi.
Plastmassalar qizdirish va bosim ta’sirida deformasiyalanib, yoki siqib
chiqarib, ma’lum shaklni olishi va bu shaklni turg`un saqlab turishi mumkin. Ular
konstruksiyani tannarxini va mexnat sarfini kamaytirishi, massasini yengillatishi
bilan birga, uning ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
Plastmassaldarning ko`pgina qimmat va kamyob metallar va yog`ochning
o`rnini bosa olishi, ba’zan esa ulardan ustun turishi ulardan keng foydalanishga
sabab bo`ladi. Ularni avtomobilda ishlatish iqtisodiy jixatlari xam foydalidir,
chunki detal tayyorlash uchun ketadigan material xarajati, meћnat sarfi kamayadi.
Detallar og`irligi ancha yengil bo`ladi, kapital mablag` sarfi kamayadi.
21
Plastmassalarndan olingan maxsulotlar, metallarndan tayyorlangan detallarga
nisbatan kamida 2-3 martta arzon bo`ladi. Ko`pgina plastiklar yaxshi elektr
izolyatorlari bo`lganligi uchun ularning avtomobil elektr jixozlarini tayyorlashda
foydalanish mumkin.
Issiqqa uncha chidamasligi, shuningdek vaqt o`tishi bilan
o`z xossalarining o`zgartirishi, ya’ni eskirishga moyilligi plastmassalarning
kamchiligidir.
Avtomobillarning bir qator detallarini plastmassalardan ishlab chiqarish
avtomobilning og`irligini 25 % gacha yengillashtiradi, hamda minglab tonna po`lat,
rangli metallarni iqtisod qilishga erishishga olib keladi.
Avtomobil
konstruksiyasida
plastmassaning
qo’llanilishi
narxni
arzonlashtirish bilan bir qatorda og`irlikni kamaytiradi, avtomobilning ishlatish
tavsifini yaxshilaydi, uning komfortabilligi va xavfsizligini oshiradi. Asosiy
yo’nalish avtomobil konstruksiyasida plastmassaning qo`llanilishida yirik gabarit
detallarning kiritilishi, poliuretan, polikarbonat, polipropelen, sovuqqa chidamli
bamferlar kabi; ABS-plastik va polipropilenli radiator; panjaralar; penopoliuretanli
tomlar va tula shakllangan o`rindiqlar, polietilenli yonilgi baklari, poliamidli
radiator bochkalari va boshqalar.
22
Xozirda plastmassalardan yirik elementlarning konstruksiyasini (qurilmasini)
tayyorlash 1 daqiqaga yetmoqda. Bular bamferlar, qanotlar, bagaj (yuk) qopqoqlari,
kopot va boshqalar oldi bamferi bilan butun oldi qismini yig`ish masalan,
radiatorning pardoz qoplamasi va qanotning oldi qismi polimer metallardan boshqa
ishlovlarsiz ishlab chiqarish unumli bo`lmoqda.
23
Bunday texnologiya bir vaqtning o`zida avtomobilning aerodinamik tasnifini
yechishda qo`llanilmoqda, avtomobil dizayni o`zlashtirilmoqda va avtomobilning
iqtisodiy va xavfsiz yo`nalishini rivojlantirmoqda.
So`nggi yillarda mashinasozlikda plastmassadan yasalgan tasma va shkiv
ishlatila boshlandi. Plastmassa tasmalar boshqa tasmalarga qaraganda 2-3 xissa
ko`p quvvatni uzatishga imkon beradi. Plastmassa tasmalar zarb bilan
o`zgaruvchan kuchlar ta’sirida ishlaydigan uzatmalarda ayniqsa qo`l keladi.
Ularni agressiv muxitli sharoitda, tezligi katta (60 m/sek gacha bo`lgan),
shkivlari esa kichik uzatmalarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Sanoatning ko`pgina tarmoqlarida palstmassadan tayyorlangan tishli
g`ildiraklar ko`plab ishlatila boshladi.
Plastmassadan tayyorlangan tishli g`ildiraklarning keng ko`lamda
ishlatilishi ularning quyidagi afzalliklariga asoslangan:
1) ravon va shovqinsiz ishlaydi;
2) yeyilishga chidamliligi yuqori;
3) abraziv zarrachalarining ta’siriga uncha sezgir emas;
4) zarb bilan ta’sir etadigan dinamik kuchlarni so`ndirish xususiyatiga
ega;
5) elektr tokini o`tkazmaydi;
6) solishtirma og`irligi kichik;
7) moysiz sharoitda xam yaxshi ishlaydi;
8) nam va zax joylarda xam ishlayveradi, chunki zanglamaydi.
24
Plastmassalardan tayyorlangan rezbali detallarning soni kundan-kunga
ortib bormoqda. Ammo plastmassalarning mustahkamligi po`latnikiga
qaraganda birmuncha kichik bo`lganligi uchun ular, asosan, kichik yuklamalar
ta’sir etuvchi birikmalarda ishlatilmoqda. Rezbali birikmalarining afzalliklari
shundan iboratki, ular nisbatan katta nagruzka ta’sirida yetarli darajada
ishonchli ishlaydi; ularni ajratish va yig`ish qiyinchilik tug`dirmaydi; turli
sharoitda ishlaydigan rezbali detallar ko`plab ishlab chiqarilishi mumkin;
nisbatan arzon tannarxga ega.
|