25
Plastmassalarning asosiy komponentlari quyidagilardir:
1. Bog`lovchi modda (polimerlar) – tashqaridan bosim ta’sir ettirilganda
plastik deformasiyalanadigan yuqori molekulali birikmadir.
Polimerlar tashqi kuch ta’sirida deformasiyalanadi.
Bu xodisa vaqtida
polimerlarning ichki strukturasi qayta tuziladi, zarrachalar yangi xolatga javob
beruvchi vaziyatni egallaydi.
Zarrachalarning yangi muvozanat xolatga o`tish prsessi relaksasiya deb,
vaqt esa relaksasiya vaqti deyiladi. Ko`pgina
polimerlar shaffofdir, ular ko`zga
ko`rinarli nurlargina emas, balki spektrning ultrabinafsha qismidagi nurlarni
xam o`tkazadilar . Xavo kislorodi, yorug`lik,
issiqlik, radiasiya va boshqa
faktorlar tasvirida polimer ximiyaviy jixatdan o`zgaradi, bu esa polimerning
eskirishi deb ataladi. Yuqori molekulali birikmalar (polimer)ni polimerlanish
va polikondensasiyalash reaksiyalari orqali olinadi.
2. To`ldiruvchi –
buyumning puxtaligini, mustaxkamligini oshiradigan
material. Plastmassaga to`ldiruvchi qo`shilsa polimerdan kam sarflagani
26
hisobiga, plastmassaning tan narxi arzonlashadi. To`ldiruvchi sifatida o`tin kuli,
mikrokalsit, asbet, talk, shisha tola, qog`oz kabilar ishlatiladi. To`ldiruvchining
ta’siri polimer molekulalarini to`ldiruvchi zarrachalari sirti bilan o`zaro ta’sir
etishidan kelib chiqadi.
3.Plastifikator- bu plastmassaning
elastikligini oshiradi, mo`rtligini
pasaytiradigan, yuqori haroratda oquvchanligini oshiradigan modda. Agar
plastmassaga plastifikator qo`shilsa, polimerning shishalanish haroratsi
pasayadi. Bu xodisa sababini quyidagicha tushintirish mumkin. Bizga ma’lumki
polimerdagi zanjirsimon molekulalarning ayrim qismlari orasidagi o`zaro
ta’sir kuchi qanchalik katta bo`lsa, polimerning shishalanish haroratsi
shunchalik yuqori bo`ladi. Plastifikator esa polimer zanjirlari orasiga kirib olib
ular orasidagi masofani oshiradi va o`zaro bog`lanish kuchini susaytiradi.
Natijada shishalanish haroratsi pasayib, relaksasiya
vaqti kamayadi
4. Bo`yovchi moddalar-pigmentlar, plastmassaga xar xil rang berish
maqsadida qo`shiladi.