37
Fenoplastlar - yuqori dielektrik, mexanik xususiyatlar va yaxshi kimyoviy
xususiyatlar bilan past suvitgichli va narxi arzon bo`lgan universal materialdir.
Ammo ularni
yuqori bosimda qayta ishlanadi, bosim orqali presslash va
quyishqayta ishlashning asosiy uslubidir.
Qatlamli
plastmassalar.
Ular
anchagina
og`irlik
tushadigan
konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi. Qatlam-qatlam qilib yotqizilganda
to`ldirgich listlari ularning mustahkamligi va egiluvchanligini oshiradi.
Qatlamli
plastmassalar listlar, plitalar, trubalar ko`rinishida chiqariladi.
Getinaks. Fenolformaldegid smolasi shimdirilgan qog`ozni qizdirib
presslash usuli bilan getinaks smolalar xosil qilinadi.Bu smolani mexanik
puxtaligi katta, elastik, egiluvchan, elektr izolyasiya xossalariga ega materialdir.
Tekstolit. Fenolformaldegid smolasi shimdirilgan ip gazlamadan 140-
160
o
S haroratda va 8-10MP bosimda tayyorlanadi. Bu plastmassani ishqalanishiga
chidamliligi katta.
YUqori mexanik, issiqbardoshlik va elektrotexnik
xususiyatlariga ega. SHesternyalar, podshipniklar, vtulkalar, ajralish vali, suv
nasosi krilchatkasi (parragi), zichlagich,
izolyasiyalangan shaybalar, yoqilg`i
klapanining knopkasi va boshqalar, ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi.
Shisha tekstolit. Shisha to`qimalari asosida tayyorlanib, juda puxtadir.
Tashqi ko`rinishi jixatidan
juda chiroyli, qattiq va suvda chidamlidir.
Shisha tekstоlitlar yuqоri bikrlik va mustahkamlikka ega bo’lgan plastmassalardir.
Ularda to’ldiruvchi sifatida shisha tola ishlatiladi. Epоksid smоlalar asоsida
оlingan shisha tekstоlitlarning mexanik xоssalari eng yaxshi. Ulardan tayyorlangan
detallarning mustahkamligi po’lat detallarnikidan qоlishmaydi,
lekin ulardan uch
marta yengil bo’ladi. Shisha buz epоksid va pоliefir smоlalar asоsida оlingan
shisha tekstоlitlar yirik kuzоv detallarini tayyorlashda ishlatiladi. YUqоri harоratda
(suvda 120
о
C gacha, dizel yoqilg’isida 80
о
C gacha) va past harоratda (-60
о
C
gacha) o’z xоssalarini o’zgartirmaydi. Shisha tekstоlitdan tayyorlangan suv
radiatоrlarining kоllektоrlarida cho’kindi (o’trindi) hоsil bo’lmaydi, material
elastik defоrmatsiyalanishi tufayli suv muzlaganda ham detallar yorilmaydi.
38
Asbotekstolit. Asbotekst to`qima va termoreaktiv smola asosida olinadi. U
mustahkamligi, issiqqa chidamligi yuqoriligi, fraksion xossalarida ishlaydigan
tormoz kolodkalari, ustquymalari, tishlanma disklari, turli qistirmalar tayyorlanadi.