bog‘liqligi jadvallarining tahlili




Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/121
Sana17.11.2023
Hajmi2,61 Mb.
#100207
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   121
Bog'liq
InformatikavaATMaruzalarmatni2-qism2008
diplom, 5.3, yo\'riqnoma, Maktabgacha talim tashkilotlarida muommoli oqitish texnalogiyalari, 492, КОНСТАНТА 2021, Chizmalarni bajarishda o’quvchilar yo’l qo’yadigan tipik xatolar, 1, Ангрен 9-шахта, GMAT-OG-12, ИНВЕНТАРИЗАЦИЯ КОМИССИЯ, 1-chi kitob Chilangarlik ishicover, Zuxra, semema
bog‘liqligi jadvallarining tahlili va boshqa usullar. 
Dinamik ma’lumotlarni tahlil qilish va bashoratlash uchun quyidagilardan 
foydalaniladi: 

dinamik regressiyaning modellari; 

chiziqli regressiya asosida bashoratlash modellari; 

garmonik, spektrli tahlil va chastotali filtrlash modellari. 
Yuqorida sanab o‘tilgan modellarning har biri foydalanuvchi tomonidan ushbu modelni 
ta’riflovchi parametrlar majmuasi yordamida boshqariladi. Dasturga bunday yondashish 
kiritilgan imkoniyatlarni asta – sekin uzlashtirishga va u bilan ishlashni yengillashtirishga 
imkon beradi. 


132 
Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalarning matritsasi, xususiy 
korrelyatsiyalar matritsasi hamda ko‘plikdagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi. 
Regression tahlil asosida bog‘liqliklar: to‘g‘ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to‘g‘ri chiziqli 
bo‘lmagan shakllarini belgilash vazifasi yechiladi.
Komponentli va omilli tahlillar – ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi statistik 
usullardir. Dasturda ular yagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlishtirish hisoblash 
nuqtai nazaridan o‘zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o‘zgarishlar orasidagi tarkibiy 
bog‘liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma’lumotlarda bo‘lgan 
deyarli barcha axborotlarga ega xodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki 
o‘zgaruvchanlarni komponentli tahlilga nisbatan o‘zgartirishning umumiyroq usulidan iborat 
bo‘ladi. Umumiy omillar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash omilli 
tahlil vazifalaridandir. 
Ushbu ADP asosida iqtisodiy tahlilni yo‘lga qo‘yishning yadrosi bo‘lib statistik 
ma’lumotlar bazasi xizmat qiladi. 
Vaqtli qatorlar tahlili statistik ta’riflarni hisoblash, 16 vazifa bo‘yicha usishlarining 
tahlili va ba’zi moslashtirilgan parametrik modellarni o‘z ichiga oladi. 
Dinamik qator avtokorrelyatsiyasi tahlili avtokorrelyatsiya grafika yordamida bajariladi. 
Usish egri chiziqlarini hisoblash juft regressiyani qurish sifatida ko‘rib chiqiladi, unda 
vaqt asosiy o‘zgaruvchi bo‘ladi. 
Chuqurlashtirilgan tahlil bashoratlashning moslashtirilgan va mavsumiy usullarini 
qo‘llashni ko‘zda tutadi. Chastotali tahlil vazifalarini yechish uchun chastotali filtrlash, 
garmonik tahlil va spektrli tahlil usullaridan foydalanish mumkin. 
MNCALC axborot texnologiyasi o‘z vazifaviy imkoniyatlari bo‘yicha Lotus 1-2-3 yoki 
SuperCalcs ADPlariga o‘xshash jadvalli protsessorlarni qo‘llashga asoslangan. 
«Olimp» paketidan foydalanuvchining nuqtai nazaridan MNCALC ma’lumotlar bazasi 
jadvaldan, uning har bir ustuni o‘zgaruvchidan iborat bo‘ladi, qatorlari esa o‘zgartiruvchilar 
miqdoriga ega bo‘ladi. 
MNCALCning “Olimp” paketi standartli muharririga nisbatan afzalligi uning 
ma’lumotlar butun majmuasini darhol aks ettirishi va tahrir qilishga imkon berishidan iboratdir. 
Bundan tashqari, jadval xonachalarida shunday formulalar mavjud bo‘lishi mumkinki, ular 
yordamida yangi o‘zgaruvchilarni shakllantirish mumkin. Jadval xonachalari o‘zgaruvchilarni 
nomlashga va ma’lumotlar majmualarini izohlashga imkon beruvchi turli matnli axborotlarga 
ega bo‘lishi mumkin. 
AAT dasturiy vositasi so‘rovlar tizimini shakllantirish va ushbu so‘rovnomalar bo‘yicha 
ma’lumotlarni kiritishga mo‘ljallangan. Ma’lumotlar klaviatura yordamida namunaviy 
shakllarga keltiriladi. AAT so‘rovnomalarda ko‘proq uchrovchi savollarning beshta standartli 
turlarga ega. 
AAT dasturi ma’lumotlarni keyinrok “Olimp” ADP yordamida ishlash maqsadida 
tayyorlash uchun ishlab chiqilgan, ammo undan ma’lumotlarni boshqa dasturiy mahsulotlar 
uchun tayyorlashda ham muvaffakiyat bilan foydalanish mumkin.
AATda noyob foydalanish interfeysi amalga oshirilgan, u AAT bilan ishlashning tez va 
oson o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. 
Windows muhitida ishlash uchun OLYMP dasturi versiyasining yaratilishi «Olimp» 
ADP rivojlanishida qadam bo‘ladi. 


133 
«Mezozavr» amaliy dasturlar paketi. Paket interaktiv rejimdagi IBM PC XT/AT shaxsiy 
kompyuterlarida ishlaydi, uning asosiy belgilanishi – vaqtli qatorlarning tahlilini o‘tqazishdir. 
Tadqiqotchi xohishiga ko‘ra mavjud raqamli axborotlarni ishlab chiqishning turli usullarini 
qo‘llab va bunda olinadigan natijalar, ularning o‘xshashligini tahlil qilish bilan «sinab ko‘rish» 
zarur bo‘lgan vaziyatga e’tibor beriladi. Paket tufayli bunday tadqiqotlar g‘oyatda tezkor va 
samarali o‘tadi. «Mezozavr» ADPdan o‘rtacha (bir necha ming kuzatishlardan ortiq bo‘lmagan) 
uzunlikdagi vaqtli qatorlarni tahlil qilish uchun foydalaniladi. Dialog foydalanuvchining 
istagiga ko‘ra ruscha yoki inglizcha olib boriladi. Boshqaruv menyu, «tez kirish» tugmalari 
yordamida amalga oshiriladi. 
«Vaqtli qator» deganda vakt davrida (masalan, har yili, har oyda, har 5 daqiqa) 
qadamba-qadam qilingan ba’zi bir bir raqamli t’riflar orasidan kuzatishning izchilligi 
tushuniladi. Iqtisodiyotga makroiqtisodiyot darajasidagi bunday ma’lumotlarga har yillik, har 
choraklik, har oylik ishlab chiqarish, yetqazib berishlar, tashishlar, iste’mol hajmlari
narxlarning indekslari va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, korxona darajasida mahsulot 
ishlab chiqarish hajmlari, harajatlar, zahiralar sarflanishi, sifat ta’riflarining evolyutsiyasi va 
boshqalar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
«Mezozavr» ADP axborot kiritish va saqlash bo‘yicha bir qator afzalliklarga ega: u o‘z 
ma’lumotlar fayllarining standartiga ega, unda axborotni kiritish elektron jadvali turidagi 
ma’lumotlar muharriri orqali amalga oshiriladi; standart fayllarda tahlilni borishi davomida 
olingan har qanday ma’lumotlarni saqlash imkoniyatlarini taqdim qiladi; matnli ASCII – fayllar 
va dbf fayllardan axborotlar eksporti va importiga yo‘l qo‘yadi. 
Ma’lumotlarni tahlil qilish qurilgan jadvalli muharrir yordamida yoki grafik usulida 
amalga oshiriladi, ularni o‘zgartirish esa ko‘rilgan vazifalarning katta majmuasi bilan 
jihozlangan formulalar interpretatori yordamida hamda maxsus xarakterdagi o‘zgarishlarning 
qo‘shimcha menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarning oldingi 
o‘zgarishlarini bevosita ko‘rsatish imkoniyati bor, u keyingi tahlil jarayonida hisobga olinadi. 
Qatorlar ustidan barcha arifmetik operatsiyalarda vaqtli shkalalarning birga bo‘la olishligi 
hisobga olinadi. 
ADP vaqtli qatorlar tahlili bo‘yicha quyidagi asosiy tadbirlarni: silliqlash, filtrlash, 
hamda har xil regression bog‘liqliklarni amalga oshiradi. Barcha tadbirlar turli shakllarni 
o‘rnatish, grafikning istalgan parchasini oshirish imkoniyati kabi interaktiv imkoniyatlarning 
katta soniga ega qudratli grafik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, statistika sohasiga zamonaviy AAT va AAT ni keng tatbiq qilish 
barcha hisob–kitob ishlarini osonlashtiradi, mehnatga talablikni kamaytiradi va mehnat 
unumdorligini oshirishga olib keladi. 

Download 2,61 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   121




Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish