|
Borot texnologi
|
bet | 7/11 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #121403 |
Bog'liq nusxaShow gradebook to students – Talabalarning baholari. Bu sozlov talabalarga o’zlarining baholarini ko’rishga ruxsat etilgan yoki etilmaganligini belgilaydi. Uning boshlang’ich qiymatida “yes” ya’ni ha turadi. Agar “no” ya’ni yo’qni o’rnatsak, talabalar baholarini ko’ra olmaydilar.
Show activity reports – Faoliyat haqida ma’lumot. Agar ha qiymati
o’rnatilgan bo’lsa, talabalar bu kursdagi faoliyatlari haqidagi ma’lumotlarni olib biladilar. Unda foydalanuvchining to’la faoliyati aks ettiladi. Ammo bu bo’limda yo’q qiymatini o’rnatish tavsiya qilinadi. Chunki bu ma’lumotlarni to’plab borish serverga qiyinchilik tug’diradi. O’qituvchi har bir talabaning faoliyat varaqasini olish huquqiga ega.
Maximum upload size – Yuklanishi mumkin bo’lgan maksimal hajm. Bu sozlov kursning hajmi qancha bo’lishini belgilaydi va bu kurs hajmi belgilangan hajmdan ortmaydi. Keyinchalik kursning har bir elementining hajmini belgilash mumkin.
Is this a meta course? – Bu meta kursmi? Tavsiya qilinadigan qiymati “yo’q”.
Agar “ha” qiymati ko’rsatilsa, bu kursda talabalar boshqa ma’lum kurslarda a’zo bo’lsa, bu kursga avtomatik registratsiydan o’tadi.
Metakurs mavjud kurslarni guruhlarga birlashtirish uchun ishlatiladi.
Start date – Boshlang’ich sana. Talabalarning ro’yxatdan o’tadigan boshlang’ich sana. Uning qiymatini “taqiqlash” qilib o’rnatish tavsiya qilinadi.
End date – Oxirgi sana. Talabalarning registratsiyasi tugatiladigan sana. Uning qiymatini “taqiqlash” qilib o’rnatish tavsiya qilinadi.
Enrolment duration Time – Ta’lim vaqti davomiyligi. Uning qiymatini 1 kundan boshlab 365 kungacha belgilash mumkin.
Notify– Xabarnoma. Boshlang’ich qiymatni o’zgartirmaslik tavsiya etiladi. Notify students – Talabalarga xabarnoma. Boshlang’ich qiymatni
o’zgartirmaslik tavsiya etiladi.
|
| |