|
Borot texnologi
|
bet | 9/11 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #121403 |
Bog'liq nusxa1.2.Masalaning qo’yilishi
Moodle dasturida ”Zamonaviy o’quv texnik vositalari va ulardan foydalanish metodikasi” fanidan kurs yaratish.
Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab qilinadi : Masofaviy ta’lim kurslariga oid adabiyotlarni o’rganib chiqish; Masofaviy ta’lim kurslari yaratuvchi dasturiy vositalarini tahlil qilish;
Zamonaviy o’quv texnik vositalari va ulardan foydalanish metodikasi fanidan Moodle dasturida kurs yaratish;
Natijalarni tahlil qilish va qo’llash.
II BOB. Asosiy qism
2.1 Masofaviy ta’lim kurslarini yaratishga qo’yiladigan talablar Pedagoglar masofaviy o`qitish kurslarini yaratishda quyidagi talablarni
inobatgaolishlari kerak:
1) Motivatsiya - o`qitishning zarur qismi sanaladi va o`qitish jarayonidavomida qo`llab-quvvatlanib turilmog`i lozim. Tinglovchi oldiga qo`yilgan aniqmaqsad katta ahamiyat kasb etadi. Agar tinglovchi oldiga qo`yilgan vazifalar uningtayyorgarlik darajasiga mos kelmasa motivatsiya keskin kamayadi.
2) O`quv maqsadlarining qo`yilishi - tinglovchilar undan nima talabetilishini bilishi kerak. Dasturda maqsad va vazifalarning aniq ko`rsatilishi muhim hisoblanadi.
3) O`quv materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish-bundaysharoitlarni yaratishda qo`shimcha yordamchi materiallar (tinglovchilar uchunqo`llanma) qo`l keladi. Dastlabki test sinovlarini o`tkazish ham mumkin.
4) O`quv materiallarini etkazish - har qanday o`quv masalalarini echishbilan bog`liq ravishda amalga oshiriladi. Bunda komp`yuter ekranigachiqariladigan kadrlarni yaratish muhim muammo sanaladi, ma`lum qulay o`qish tamoyilidan foydalanish zarur bo`ladi.
5) Teskari aloqa - bu mezon tinglovchi uchun katta ahamiyatga ega. Komp`yuter teskari aloqani amalga oshirishda yordam beradi.
6) Baholash - tinglovchilar komp`yuter bilan ishlash jarayonida o`quvmateriallarini qanday o`zlashtirayotganlarini bilib borishlari kerak. Ammo yakuniybaholashga qadar noto`g`ri javoblarni ko`rsatmaslik maqsadga muvofiqhisoblanmaydi. Tinlovchilarni kam qolgan topshiriqlar soni ko`p bajarilgantopshiriqlar soniga nisbatan ko`proq faollashtiradi. Masofaviy kurslarda«tinglovchi-o`qituvchi-tinglovchi» muloqotining tashkil etilishi juda muhimhisoblanadi. Buning uchun
tinglovchilar faoliyatini hamkorlikda o`qish yokiloyihalar metodlari, bahslar asosida tashkil qilish lozim.
Masofaviy o`qitishning kontseptual asoslari
Masofaviy o`qitish tizimi uzluksiz ta`lim tizimida kunduzgi, sirtqi, eksternato`qitish tizimlari qatorida ko`rilishi kerak. Pedagogikaning asosiy tamoyillarinio`zida aks ettiradigan shaxsiy yo`naltirilgan yondoshuv dunyo pedagogik jamoalaritomonidan zamonaviy ta`lim tizimlarining barcha shakllari uchun tan olingan. O`qitish markazida o`qitish jarayoni emas, talabaning shaxsiy imkoniyatlari vaqobiliyatidan kelib chiqadigan bilish faoliyati, o`rganish turadi. O`qituvchiningfaoliyati talabalarning mahsuliy faoliyatining tashkil etilishiga yo`naltirilganbo`lishi kerak. Binobarin, ta`lim tizimining asosiy maqsadi shaxsning intellectual va ma`naviy rivojlanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, axborotlarbilan ishlashni o`rgatishdir.Masofaviy o`qitishdagi shaxsiy yo`naltirilgan yondoshuv Internet taqdim etayotganajoyib imkoniyatlarga suyangan holda o`quv jarayonining ta`lim darajasini sezilarlioshiradi.
Masofaviy o`qitish jarayonini shunday pedagogik texnologiyalar asosida tashkiletish lozimki, talabalarning quyidagi imkoniyatlari shakllansin:
aniq ilmiy yoki amaliy muammolarni echishga tadbiq eta oladigan zaruriyfundamental bilimlarni olish;
bilish faoliyati jarayonida kelib chiqqan muammolarni do`stlar bilan hal
etish;
qo`yilgan masalalarni echish uchun zarur bo`lgan qo`shimcha axborot
manbalari bilan ishlash;
barcha mavjud muammolarni bartaraf etish, egallangan bilimlarni
amaliyotda qo`llash;
Internet texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil kuzatishlar olib
borish;
o`z bilim darajalarni, erishilgan yutuqlarini baholash imkoniga ega bo`lish, o`z faoliyatini to`g`rilay olish.
Bir tomondan, barcha aytilganlar tanqidiy fikrlashni shakllantirishni keltirib
chiqaradi. Boshqa tomondan, shunday pedagogik texnologiyalarni va tashkiliy shakllarni tanlash talab etiladiki, yuqorida keltirilgan o`qitish shartlarining tadbiqi tanqidiy fikrlashning shakllanishiga xizmat qilsin. Tanqidiy fikrlash tushunchasiga to`xtalamiz. Uni qisqacha qilib shunday ta`riflash mumkin: «ketma-ketargumentlashtirilgan, maqsadga yo`nalgan o`ylash». Tanqidiy fikrlash bir nechtaomillar bilan xarakterlanadi:
aqliy va ixtiyoriy boshqa faoliyatni rejalashtirishga intilish; dogmatizmning qarama-qarshisi bo`lgan egiluvchanlik; chidamlilik, maqsadga erishishdagi ketma-ketlik;
o`z-o`zini to`g`rilashga tayyorgarlik.
Zamonaviy kompyuter didaktik dasturlari (elektron darsliklar, kompyuter topshiriqnomalari, o`quv qo`llanmalari, gipermatnli axborot-ma`lumot tizimlari, arxivlar, kataloglar, ma`lumotnomalar, entsiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor dasturlar) bilimlarning ko`p sohalari kesishuvidan kelibchiqqan mul`timediya -texnologiyalari asosida yaratiladi.
Rangli kompyuter animatsiyalaridan, yuqori ishlanadi. Sifatli grafika, videokator,sxemali, formulali, ma`lumotnoma (yordamchi prezentatsiyalari)dan foydalanish -o`rganilayotgan kursni dinamik tasvirlarning ketma-ket yoki tarmoqlangan zanjiritarzida namoyish etish imkonini beradi. Mul`timediya -tizimlar didaktik materialniuzatishni yuqori darajada qulay va ko`rgazmali bo`lishini ta`minlaydi, buo`rganishga qiziqishni orttirish va bilimlardagi bo`shliqlarni to`ldirishga xizmatqiladi.
Mul`timedia kurslari uchun umumiy bo`lgan quyidagi talablarni olish
mumkin:
1) fanga kirish (tarixi, predmeti, dolzarbligi, mutaxassislik bo`yicha dasturningboshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va o`rni);
2) fan (kurs) bo`yicha o`quv dasturi;
3) fanni o`rganishning maqsad va vazifalari;
4) kursni mustaqil o`rganish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar; 5) mundarija;
6) bo`limlar bo`yicha tuzilgan asosiy mundarija;
7) bo`limlar bo`yicha nazariy va amaliy ma`lumotlar, testlar, savollar, treninguchun javoblari bilan mashqlar;
8) yakuniy test;
9) mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar;
10) katta bo`lmagan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mavzular (mini-ITI); 11) terminlarning izohli lug`ati;
12) qisqartma va atamalar ro`yhati; 13) xulosa;
14) adabiyotlar ro`yxati(asosiy, qo`shimcha, fakul`tativ);
15) kursning mavzulari bo`yicha darsliklardan, jurnallardan olingan va ilmiymaqolalar lavhalarini o`z ichiga olgan xrestomatiya (dayjest);
16) qo`llanmaning muallifi haqida qisqacha ma`lumot.
|
| |