|
Borot texnologi
|
bet | 8/11 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #121403 |
Bog'liq nusxaThreshold – Chegara. Boshlang’ich qiymatni o’zgartirmaslik tavsiya etiladi. Group mode – Guruh rejimi. Guruh uchun uchta rejimdan birini
tanlashingiz mumkin.
· Guruhlar mavjud emas -bunda talabalar guruhlarga bo’linmaydilar. Bunda ularning har biri bir butun guruhni tashkil qilinadi.
· Alohida guruhlar -talabalarning har biriga ularning guruhi yagona deb tasavvur qiladi. Boshqa guruhlarning faoliyati ularga ko’rinmaydi.
· Ruxsat etilgan guruhlar -talabalar o’z guruhi doirasida faoliyat ko’rsatadi. Ammo ularga boshqa guruhdagi talabalarning faoliyati ham nomoyish qilinadi.
Force – Majburiy. Guruh rejimida ishlovchi har bir kurs elementi uchun uning shaxsiy rejimini belgilash mumkin.
Availability –Ruxsat etilish darajasi. Bu sozlov talabadan kursni to’liq yashirish imkonini beradi. Kurs hechbir ro’yxatda ko’rinmaydi. U faqat administrator va o’qituvchigagina ma’lum bo’ladi. Hatto talabalar to’g’rida-to’g’ri URL manzil orqali murojaat qilganda ham, ular rad javobini eshitadilar.
Enrolment key – Kalit so’z. Kursga begona kishilarning kirishini oldini oladi.
· Bo’sh qiymat ixtiyoriy sayt foydalanuvchisining kursga yozilishi mumkinligini bildiradi.
· Agar bu maydonga so’z yoki gap kiritilsa, har bir talaba kursga a’zo bo’lish uchun bu so’zni yozishi kerak bo’ladi.
Kalit so’z talabalarga e-mail manzili orqali yoki to’g’ridan to’gri suhbatda, leksiyalarda aytilishi mumkin.
Agar keraksiz foydalanuvchilar kalit so’zni bilb, kursga kirishgan bo’lsa, qatnashchilar ro’yxatidan foydalanib ularni kursdan chiqarib yuborish mumkin. So’ng kalit so’z o’zgartiriladi. Ro’yxatdan o’tgan boshqa talabalarga bu hechqanday ta’sir o’tkazmaydi.
Guest access – Muehmonlarga ruxsat. Mehmonga ruxsat bermaslik maslahat beriladi. Chunki bunda interning ixtiyoriy “Mehmon bo’lib kirish” tugmasidan foydalanuvchisi bu kursga kirishi mumkin.
Dasturda ishlash va dastur funksiyalari bilan tanishib olganimizdan keyin Kurs yaratishni boshlaymiz.Buning uchun biz moodle dasturiga kiramiz va dastur tilini sozlaymiz va “menining kurslarim” tugmasini bosamiz.Sayt boshqaruvidan “kurslarni qo’shish”ni tanlaymiz.Keyin kurs qo’shish tugmasini bosamiz va quyida keltirilgan oynada hosil bo’lgan jadvalni to’ldirib chiqamiz.
|
| |