|
Borot texnologi
|
bet | 2/11 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #121403 |
Bog'liq nusxaI BOB Kompyuterli o’qitish tizimi
1.1 Masofaviy o’qitishda qo’llaniladigan texnik vosita va texnologiyalar. Ta`limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi - axborotni uzatish va
qaytaishlashning elektron vositalariga asoslangan yangi ta`lim texnologiyalarining va o`qitish shakllarining paydo bo`lishiga olib keldi. Masofaviy o`qitishda quyidagi texnik vosita va texnologiyalar qo`llaniladi: o`rgatuvchi, sinovchi va aloqa vositalari. O`rgatuvchi vositalarga izohli lug`atlar, qidiruv vositalari, elektron o`quv qo`llanmalar, ma`ruzalarning videokursi va boshqalar kiradi.
Sinovchi vositalarga test savollari, o`z-o`zini tekshirish vositalari mansub. Aloqa vositalari bo`lib forumlar, pochta, audio va video kassetalar xizmat qiladi. Odatdagi ma`ruza kursi an`anaviy o`qitishda quyidagini nazarda tutadi: ma`ruza, izohlar (o`quv materialini ma`ruzachi tomonidan izohlash), og`zaki, yakuniy imtihonda baholash. Masofaviy ta`limda o`qituvchi funktsiyasini o`rgatuvchi va sinovchi vositalar (to`la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, o`qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi.
Elektron darslikning imkoniyatlarini mul`tiplikatsiya va videotexnikaningzamonaviy vositalarini qo`llagan holda kengaytirish mumkin. Bular o`quv kursi bo`yicha videoma`ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Elektron darslikni yaratishda ma`lumotlar omborini yaratish va unga ma`lumotlar kiritish lozim bo`ladi. Bunday vaziyatda ma`lumotlar omboriga murojaat va unda joylashgan materiallar ustida amallar bajarishning ayrim usullari mavjud bo`ladi. Zamonaviy komp`yuterga mo`ljallangan didaktik dasturlar (elektron darsliklar, komp`yuter topshiriqnomalari, Mul`timediali elektron darsliklar, gipermatnli axborot-ma`lumot tizimlari, elektron arxivlar, elektron kataloglar, ma`lumotnomalar, entsiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor
dasturlar) o`qitishning mul`timediya vositalari sarasiga kiradi.
Yangi metodlar va texnologiyalar bilan birga olib boriladigan masofaviy o’qitish metodi nazariy pedagogika va ta'lim amaliyotiga yangi tushunchalar va atamalarni kiritadi, ularga:
· virtual klass (guruh);
· O’qitishni quvvatlash (o’quvchilarni quvvatlash); · O’quv telekommunikatsion loyihalar;
· Teskari aloqa;
· Dialogli texnologiya; · Kompyuterli aloqa;
· Telekonferensiya;
· Kordinator,moderator,telekommunikatsion loyihaningfasilitatori (telekonferensiya) va boshqalar.
Telekommunikatsiyaviy o’quv loyihasi- Masofaviy ta`lim(MT) transformatsion modelning birdan-bir kelajakli shakli bo’lib, qandaydir modelli maqsadga yetish uchun yo’naltirilgan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan. U o’quvchilar oldiga qo’yiladigan qandaydir ilmiy yoki ishlab chiqarishni modellashtirish maqsadidagi loyihadan iborat. Bunday modeldan maqsad o’quvchilarning loyihalari faoliyatida u to’plovchi bo’lib, ularda jamoat bo’lib ishlashdagi bilim va ko’nikmalarni faollashtiradi.
O’quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari quyidagilardan iborat: · uning vaqtli aniqligi va chegaralanganligi (ikki haftadan uch oygacha)
· loyihaning barcha qatnashchilari orasida axborot almashtirish uchun kompyuterli telekommunikatsion tarmoqlar va dasturli vositalardan foydalanish, ular ko’pincha virtual yoki kvazivirtual guruhni tashkil etadi.
· loyiha koordinatori tomonidan o’rnatiladigan o’quvchilar orasidagi aniq faoliyatning zarurligi.
Masofaviy o’qitishdagi teskari aloqa—mos kibernetik tushunchaning umumlashuvi-masofadagi o’quvchiga uni baholash bosqichida, pedagog tomonidan yuboriladigan axborotlar oqimi, uning harakati, o’quvchining
muvaffaqiyatiga pedagog reaksiyasi va uni faoliyatining bahosi (ma'qullash yoki ma'qullamaslik) va boshqalardan iborat.
Rejali va ratsional o’rnatilgan teskari aloqa ahamiyatining juda kattaligi aniqlangan, chunki u o’quv faoliyatining aniq va musbat shakllanishini kuchaytiradi. An'anaviy o’qitish jarayonida teskari aloqa mimik harakatlar, tovush intonatsiyasi va boshqalar bilan aniqlanadi. MTda esa u pedagog va o’quvchining ko’pchilik aloqa kanallari bilan ulangani sababli teskari aloqa pedagogik texnologiyaning aniqlangan va rejalashtirilgan elementi hisoblanadi.
Telekonferensiya - tarafdor odamlar jamiyati orasida matnli xabarlar almashish usulidir.
Kompyuterlialoqa bu - aloqani tashkilqilish uchun kompyuterlar va telekommunikatsion tarmoqlaridan foydalanuvchi usullar majmui. Kompyuterli aloqa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Tarmoqdan foydalanuvchi pochtali, qutili xabarlarni jo’natish imkonini beruvchi elektron pochta;
2. Xabarlarni barcha qatnashchilarga bir vaqtda uzatish imkonini beruvchi telekonferensiyalar;
3. Uzoqdagi axborot manbalariga kira olish, masalan, kutubxona zaxiralariga, ma'lumotlar bazalariga, serverlarga;
MTni rivojlantirish tendensiyasining tayanch holatlari quyidagilardan iborat: texnologiyalarni bir vaqtda kengaytirish va yaqinlashtirish; o’qituvchilar va o`quvchilar orasidagi munosabatlarni o’zgartirish; o’quv muassasalari orasidagi munosabatlarni o’zgartirish;
turg’un an'analarning paydo bo’lishi.
Hozirgi kundagi MT doirasiga kirgan eng asosiy atamalar: tirik interaktiv muhitlar, qisqa to’lqinli televidenie, audio grafika, zichlashtirilgan video, telekonferensiyalar, audio konferensiyalar va boshqalar. Hozirgi interaktiv muhitlar o’quv auditoriyalarining kengayishiga imkon bermoqda.
Yaqin kunlarda MT fazosida yangi texnologiyalarning paydo bo’lishini tasavvur
qilish qiyin emas. Ularning deyarli barchasi raqamlidir. Ularning tarkibiga gepermedia dasturlari kiradi, bu esa o’quvchining axborot manbaidan foydalanishi va shuningdek, INTERNET orqali mumkin bo’lgan ma'lumotlar bazasini va hattoki, ma'lumotlar kompleksini, o’zi nazorat qilish imkonini yaratadi, bu esa kelajakda o’quvchiga video kurslar, audiomateriallar, ma'lumotlar bazasi va boshqa dasturli ta'minot bilan o’z uyi yoki ish joyidan ulanishga imkon yaratadi.
Telekommunikatsiyaning eng sodda ko’rinishi elektron pochtadan iborat bo’lib, undan katta muvaffaqiyat bilan ta'lim jarayonida foydalanishi mumkin, chunki u:
1. Turli fanlaro’qituvchilarining tajriba almashinishini osonlashtiradi va rag’batlantiradi;
2. Undan foydalanayotgan o’quvchilarning o’quv kursiga bo’lgan qiziqishini oshiradi;
3. O’quvchilarning kommunikativ amaliyotini kengaytiradi, yozma nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Elektron pochta odatdagilardan o’zining xususiyati bilan farqlanadi:
a) kompyuter yordamida xatni tayyorlash jarayonini tezlashtiradi va ijodiylashtiradi.
b) xatni jo’natish va olish ish joyida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. c) xatning manzilga yetkazilishi juda tez (Yer sharining qarama — qarshi
nuqtasiga 4 — 5 soatda yetkaziladi).
Masofaviy ta'limda elektron pochtadan foydalanish, odatda,
telekommunikatsion loyiha shaklida ham olib boriladi. O’quv telekommunikatsiyaviy loyiha ma'lum mavzuga bag’ishlanadi. Uning tarkibiga tayyorlash va uzatish bo’yicha o’quvchilarning turliko’rinishdagifaoliyatlariva kompyuterli telekommunikatsiyalar bo’yicha o’quv axborotining olinishi va tahlili kiradi.
MT o’quvchilarning o’ziga xos bilimlari bilan bog’liq bo’lgan ko’p psixologik chegaralarni olib tashlaydi va ularga samimiy bo’lish imkonini yaratadi.
O’z fikrlari ustida ishlash mumkinligi o’quvchilarga og’zaki muloqotdagi kamchiliklarni bartaraf qilishga imkon yaratadi. MT shaklining ochiqligi o’quvchilar dunyoqarashining planetalar darajasigacha ko’tarilishiga olib keladi. Elektron pochta yoki INTERNET ning Web—tizimi bilan ishlayotgan har bir insonda barcha qit'alar va kontinentlarning yaqinlik to’g’risidagi sezgisi paydo bo’ladi. MT- bu yetarlicha arzon. Bunda oliy o’quv yurtlaridagi kommunal harajatlar uchun va o’qituvchilarning soatlari uchun to’lamasdan hamda boshqa qiyinchiliklardan holi bo’lgan holda o’z uyi yoki ish joyida o’tirib bilim olishning mumkinligi. Demak, MT zaruriy va nozik ish. Yaqin kelajakda ko’pchilik tarmoqlar orqali o’qish imkoniga ega bo’ladi. Bizningcha, MT va kunduzgi o’quv markazlaridagi ta'limlar bir- birini to’ldirish imkonining yaratilishi hozirgi zamon fan- texnikasining eng buyuk yutug’idir.
|
| |