DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI Dasturni qayta ishlash bosqichlari




Download 1,08 Mb.
bet3/27
Sana29.05.2024
Hajmi1,08 Mb.
#256320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Nosirjonov S Delphi dasturlash tili

DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI

    1. Dasturni qayta ishlash bosqichlari


Dasturlash – bu dastur yaratish bo‘lib, uni yaratishda quyidagi bosqichlar bosib o‘tiladi:

  • Qo‘yilgan masalani dasturlash mumkinligini tekshirish;

  • Qo‘yilgan masalaning algoritmini tanlash yoki qayta ishlash;

  • Bo‘yruqlarni yozish;

  • Dastur xatoliklarini tekshirish;

  • Testdan o‘tkazish.

Qo‘yilgan masalani dasturlash mumkinligini tekshirish bu bosqich kerakli bosqichlardan biri bo‘lib, masalaning qo‘yilishi sinchikovlik bilan tekshiriladi va natija olish uchun ma’lum bir formaga tushiriladi.
Masalan, masala qo‘yilishi bo‘yicha kvadrat tenglamani umumiy ko‘rinishini ifodalasin ax2+bx+c=0 va uni quyidagi formalarga ega bo‘lsin:

  • (a,b,c) noma’lumlik darajasining koeffitsiyentlari dasturlashda boshlang‘ich shart hisoblanadi;

  • Noma’lumlar albatta dialog rejimida, klaviaturadan dastur ishlayotgan vaqtda kiritilishi shart;

  • Chiqariladigan natijalar ma’noga ega bo‘lishi kerak;

  • Agarda natija ma’noga ega bo‘lmasa, ogohlantiruvchi so‘z chiqishi kerak.

Tuzilgan dastur Windowsda ishlash uchun mo‘ljallanadi, tuzilayotgan dasturga ixtiyoriy ravishda dialog oynalarini qo‘shish mumkin.
Qo‘yilgan masalaning algoritmini tanlash yoki qayta ishlash- bu bosqichida natija olish uchun kerak bo‘ladigan muhit tekshiriladi. Agarda masala turli usullar bilan yechiladigan bo‘lsa, dasturchi eng qulay ya’ni tez va aniq ishlaydigan usulni tanlaydi.
Buyruqlarni yozish – dasturga qo‘yilgan talablar tekshirilganidan va algoritmi tuzilganidan so‘ng, u tanlangan dasturlash tillaridan birida yoziladi.
Dastur xatoliklarini tekshirish – bu bosqichida yaratilgan dastur ichidagi xatoliklar izlanadi. Dasturdagi xatoliklar ikki qismga bo‘linadi: sintaktik (matn ichidagi xatoliklar) va algoritmik. Sintaktik xatoliklarni (belgilarning almashganlik, tushirib qoldirilganligi va hokazolar) oson topiladi. Algoritmik xatoliklarini topish mushkulroq kechadi. Ma’lumotlarni kiritish bir-ikki bor takrorlanganda dastur to‘g‘ri ishlasa, xatoliklarini tekshirish bo‘limi yakunlangan hisoblanadi.

Download 1,08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DASTURLASH TEXNOLOGIYALARI Dasturni qayta ishlash bosqichlari

Download 1,08 Mb.