|
Bosh menyu
|
bet | 6/27 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 1,08 Mb. | | #256320 |
Bog'liq Nosirjonov S Delphi dasturlash tili Chiziqli algoritmlar
Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, tarmoqlash va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
chiziqli algoritmlar;
tarmoqlanuvchi algoritmlar;
takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;
ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar;
rekurrent algoritmlar;
takrorlanishlar soni oldindan no‘ma’lum algoritmlar;
ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga- chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
1.2.2-chizma. Chiziqli algoritmlar blok - sxemasining umumiy strukturasi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar
Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga qarab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
1.2.3-chizma. Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi.
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, P-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha A amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha B amal bajariladi.
|
| |