• 1.2 HTML formati tushunchasi
  • Bosh sahifa




    Download 1,25 Mb.
    bet2/10
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #106494
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi «web-ilovalarni yarati

    I BOB. PHP WEB-DASTURLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

    1.1 HTTP protokoli


    Web-dasturlar o’zining rivojini Web-yo’llar va Web – sistemalarining rivoji bilan birgalikda bordi. Birinchi Web – yo’llar Tim Berners-Li Yevropa GERN fizika laboratoriyasi xodimlari uchun o’zining kompyuteridan turib, boshqa xodimning kompyuteridagi ma’lumotlarga murojaat qilish uchun bo’lingan gipermediali sistemalar yaratadi. Ma’lumotloarga ruxsat va murojaat mijoz kompyuterida o’rnatilgan maxsus dastur - brouzerlar yordamida amalga oshiriladi.
    HTTP (Hyrertext Transfer Protocol): «gipermatnlarni uzatish protokoli» tarmoq protokollari ichida eng sodda va qulay protokollardan hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi «giperbog’lanish»dan hosil bo’lgan URL adresli elektron hujjatlarni o’qishga oid so’rov (zapros) ni serverga jo’natish (xuddi shu vaqtda so’ralayotgan hujjat joylashgan server bilan aloqa o’rnatiladi) va so’ralayotgan hujjat olib bo’lingandan so’ng server bilan aloqani o’zishdan iborat. Internetda elektron hujjatlar gipermatn yordamida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperbog’lanishlar yordamida ifodalashdir. Giperbog’lanishlar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Agar giperbog’lanish boshqa bir serverda mavjud bo’lgan alohida o’zining URL adresiga ega bo’lgan elektron hujjatga nisbatan ishlaydigan bo’lsa, u holda bunday giperbog’lanish tashqi deb ataladi. Ba’zi hollarda Web hujjat avtorlari qulaylik nuqtai nazaridan bir serverning o’zida joylashgan elektron hujjatning o’zini ham bir necha bo’laklarga bo’lib, giperbog’lanishlar yordamida ifodalaydilar, bunday giperbog’lanishlar ichki deb ataladi.

    1.2 HTML formati tushunchasi


    HTML formati tushunchasi: Shaxsiy kompyuterda formatlashtirilgan elektron hujjat WYSIWYG (What You See Is What You Get) "Nimani ko’rayotgan bo’lsang, o’shani olasan" prinsipida ishlaydigan matn tahrirlagichlar yordamida yaratiladi. Masalan, MS Word, Lexicon, AmiRro kabilar yordamida. Bunday programmalar yordamida biz elektron hujjatni xohlagan shriftda, o’lchamda, chap yoki o’ng tomondan tekislangan holda, (ya’ni o’zimizga ma’qul bo’lgan "format"da) yaratishimiz mumkin. Ammo biz ushbu elektron hujjatni internet yordamida e’lon qila olmaymiz. Sababi, uni o’qimoqchi bo’lgan boshqa bir internet mijozining shaxsiy kompyuterida biz foydalangan matn tahrirlagich programmasi yoki shriftlar o’rnatilmagan bo’lishi mumkin. Buni oldindan aytib bo’lmaydi. Undan tashqari ushbu matnni ochishga mo’ljallangan "darcha"ning o’lchamlari, haqida hyech qanday ma’lumotlarga ega emasmiz. Shuning uchun ham, shaxsiy kompyuterda foydalaniladigan matn tahrirlagichlar va ularning "format"lash usullaridan internetda foydalanib bo’lmaydi. Bunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida yangi HTML (Hyper text Markup Language) "gipermatnlarni belgilash tili" protokoli, standarti yaratildi. Bu standart bir qancha maxsus operatorlar majmuasidan iborat bo’lgan HTML programmalashtirish tili bo’lib, uning yordamida elektron hujjatlarni internetda bevosita e’lon qilish mumkin.

    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,25 Mb.