|
MyISAM. Eng ommabop tiplardan biri, jadvallarga ma’lumotlar qo‘shish(insert
|
bet | 6/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #106494 |
Bog'liq Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi «web-ilovalarni yarati1. MyISAM. Eng ommabop tiplardan biri, jadvallarga ma’lumotlar qo‘shish(insert) yoki tanlash operatori(select) ishlatilganda katta tezlik bera oladi, ya’ni kiritish va o‘qish texnologichsi uchun mo‘ljallangan tip.
Shu bilan birga, jadvaldagi axborotlarni o‘chirish(delete), o‘zshartirish(update) operatorlari ishlatilganda, juda sekin buyruqlarni bajaradi. Bundan kelib chiqadiki, bu tip tranzaksiyalar uchun mo‘ljallanmagan ekan. Asosan doimiy saqlash uchun yig‘iladigan axborotlar uchun bu tip foydalaniladi. Delete, Update operatorlarni bajarilishi ketma-ketlikda amalga oshiriladi, biri bajarilayotganda, ikkinchisi kutib turadi, agar katta hajmdagi ma’lumotlar bo‘lsa, ancha muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipda, jadvallar quyidagi 3 ta faylda saqlanadi(jadval nomi bilan fayl nomi bir xil).
*.frm — jadval formati.
*.myd — axborotlarni saqlash uchun.
*.myi — indekslarni saqlash uchun.
Axborotlar formati platformaga bog‘liq bo‘lmagan holda saqlanadi, bu degani istalgan operatsion tizimda foydalanish mumkin. Bulardan tashqari axborotlarni jadval miqyosida bloklaydi, «count» buyrug‘ bilan ham tez ishlaydi, «faqat o‘qish» rejimida ham ishlashi mumkin, eng yomoni nosozliklar (sboy) ga chidamsiz.
2. INNODB. Navbatdagi ommabop tiplardan biri, asosan tranzaksiyali jadvallar uchun mo‘ljallangan. Delete, Update buruylari berilganda katta tezlikka erishish mukin va ko‘p oqimllilik xususiyatiga ham ega. Odatda axborotlar bitta innodb faylda saqlanadi, lekin foydalanuvchi istagi bilan buni o‘zgartirish mumkin. Asosan katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan.
INNODBda MyISAM tipida mavjud bo‘lmagan yana bir narsa tashqi kalit (foreign keys)lar bilan ishlay oladi va bloklash qator miqyosida(MyISAM da jadval miqyosida) amalga oshiriladi. Yana bir yaxshi tomoni, buzilishlarga chidamli va qayta tiklash xususiyatiga ega.
3. MEMORY(HEAP). Eng tezkoklikka erishiladigan tip. Bu tipda jadvallar tezkor xotirada saqlanadi va so‘rovlar juda tez amalga oshiriladi. Bu tipning asosiy, eng katta kamchiligi server ishdan chiqib qolsa, axborotlar butunlay yo‘qotiladi.
Bu tipda asosan, vaqtinchalik ochilgan jadvallar saqlanadi, qaysiki unchalik ahamiyatga ega emas yoki kichik(tez qayta tiklash mumkin bo‘lgan). Memory tipida yaratilgan jadval uchun operatsion tizimda bitta «*.frm» kengaytmasida fayl yaratiladi, bu fayl o‘zida jadval strukturasini saqlaydi. Server o‘chib yoqilganda, axborotlar o‘chib ketadi, lekin jadval strukturasi saqlanib qoladi, keyinchalik qayta jadval yaratish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.
|
| |