• *.rfm
  • 6. ARCHIVE.
  • *.frm
  • Bosh sahifa




    Download 1,25 Mb.
    bet7/10
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #106494
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi «web-ilovalarni yarati

    4. MERGE. bu tip bio necha MyISAM tipidagi jadvallarni birlashtirish uchun ishlatiladi. YUqorida aytib o‘tkanimdek, MyISAM tipida barcha axborotlar faylda saqlanadi, axborotlar ko‘paygan sari, fayl ham kattalashadi. Operatsion yoki fayl tizimlari ma’lum bir kattalikdagi fayllarni yarata olmaydi, shunda bir necha jadvallar bu tip orqali birlashtiriladi. Axborotlar birlashadi, lekin fayllar o‘z holicha qoladi. So‘rov berganda bir necha fayllardan axborotni olib, chiqaradi. Merge tipida jadval yaratilganda, barcha birlashadigan jadval strukturalari, ustunlari, indekslar bir xil bo‘lishi kerak. Bu tipda jadval yaratilsa, operatsion tizimda «*.rfm» kengaytmasidagi jadval strukturasini o‘zida saqlaydigan fayl, «*.mrg» kengaytmasidagi indekslar ro‘yxati saqlanadigan fayl hosil bo‘ladi.
    5. NDB Cluster. Bu tip MySQLda klasterli jadvallar yaratishda ishlatiladi, undan tashqari jadvallar bir necha kompyuter bo‘ylab(tarmoqdagi kompyuterlar) tarqalgan bo‘lsa, birlashtirib ishlashda foydalaniladi.
    6. ARCHIVE. Katta hajmdagi axborotlarni, siqilgan holda saqlash uchun ishlatiladi. Bu tipdagi jadval yaratilganda, tizimda «*.frm» kengaytmali, jadval strukturasi saqlanadigan fayl va «*.arz«, «*.arm» kengaytmali axborot va meta ma’lumotlarni saqlash uchun fayllar yaratiladi. Agar bu tip optimizatsiya qilinsa, «*.arn» kengaytmali fayl ham yaratilishi mumkin.
    7. CSV. Bu format axborotlarni matn ko‘rinishida saqlaydi(oddiy matnli faylda). Axborotlar qator ko‘rinishida, nuqta vergul bilan ajratilgan holda saqlanadi. Bu tipda jadval yaratilganda, «*.frm» struktura saqlanadigan fayl va axborotlarni saqlovachi CSV fayl yaratiladi. Bu faylni EXCELda ham o‘qish mumkin bo‘ladi.
    8. FEDERATED. Bu tipda jadval tarmoqdagi boshqa kompyuterda saqlanadi. O‘z kompyuteringizda faqat strukturani saqlovchi «*.frm» fayl hosid bo‘ladi. Bu tipni yaratish uchun, dastlab boshqa kompyuterda jadval ochiladi, so‘ng o‘z kompyuteringizda u jadvalni ko‘rsatib qo‘yasiz.
    MySQLda bundan boshqa tiplar ham bor, bu eng qiziq va ko‘p ishlatiladiganlari. Bularni keyingi maqolalarda misollar bilan ko‘rsatishga harakat qilaman.
    Ma’lumotlar bazasi asosi — jadvallarga ham yetib keldik. Maqolada, jadval yaratish sintaksisini ko‘rib chiqamiz. Yaratilayotgan jadvalning parametrlarini bo‘lib-bo‘lib ko‘rsataman(boshqa saytlar kabi hammasini bitta misolda emas). Demak, MySQLni ishga tushiramiz va ulanamiz, kerakli bazani tanlaymiz va boshlaymiz.
    Dastlab, oddiy 2 ta ustundan iborat bo‘lgan jadval yaratamiz(hech qanday parametrlarsiz).

    1

    mysql> create table test(id int, name varchar(10));


    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,25 Mb.