|
Bosh sahifa
|
bet | 1/10 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #106494 |
Bog'liq Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi «web-ilovalarni yarati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
5330500-Kompyuter injiniring fakulteti
“Axborat ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
«WEB-ILOVALARNI YARATISH» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Guruh talabalari web saytini yasash.
Tayyorladi: Muhitdinov A.
Ilmiy rahbar: Mamanazarov B
Himoyaga ruxsat etildi Kurs ishi himoya bali:
«___» _________2019 yil. «_____» ball
S A M A R Q A N D – 2019
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………….3
I BOB. PHP WEB-DASTURLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI ……..…..6
1.1 HTTP protokoli………………………….…..……………..….………....6
1.2. HTML formati tushunchasi ……………....……………………….……….7
1.3. Web hujjatlar …….……….......……………………………..…..……..8
1.4. Server texnologiyalar …….……..................……....…………….….......8
1.5. Web dasturlar arxitektura shablonlar …….................................……….9
1.6. PHP tili sintaksisi …………...……………………..……………………10
II BOB. PHP VA MYSQL da Guruh talabalari……..……………………....11
2.1. PHP va MySQL bog’liqligi ....................……………….…….….……..11
2.2. MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ………………….......12
2.3 PHP yordamida MySQL ma’lumotlar bazasiga bog’lanish .………….13
2.4 Yaratilgan ilovani ishlatish ……………………………………………..17
XULOSA…………………………………..…………………………….22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .………………….23
ILOVALAR………………..………………...…………………………..24
KIRISH
Hozirgi kunda har qanday rivojlangan davlatda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatda egallagan o’rni tobora yuksalib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham axborotlashtirish sohasida keskin o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo”, “Elektron hujjat aylanishi” to’g’risidagi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.
HTML da yozilgan Web sahifa odatda brauzer deb nomlanuvchi maxsus dastur yordamida quriladi. Bu so’zning o’zbekchaga to’g’ridan – to’g’ri tarjimasi «sharxlovchi dastur» manosini beradi. Brauzerning asosiy vazifasi foydalanuvchi talabiga muvofiq manzilni internetdan topish va qiyinchiliksiz uni tasvirlashdir. Oldiniga brauzer HTML tilida yozilgan «instruksiyani» tahlil qiladi va bu instruksiya yordamida Web sahifada mavjud bo’lgan axborotni tasvirlaydi.
Axborot sohasini rivojlantirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish borasida mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilib, mamlakatimizda har kimning fikrlash va so‘z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalari bilan mustahkamlanib, ushbu konstitutsiyaviy normalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashda ularning faolligini oshirish, media makonga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bevosita joriy etishga qaratilgan:
• «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»;
• «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»;
• «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»;
• «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida», «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»;
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa jami 20 dan ortiq axborot sohasida qonunlar, 50dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 300 dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida yaratilgan bunday huquqiy maydon ommaviy axborot vositalariga o‘z vazifalarini samarali bajarish hamda o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlarga, kommunikatsiya vositalarining rivojlanish darajasiga yetishish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida axborotlashtirish — bu yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyat — bu globallashgan ijimoiy jarayon bo‘lib, uning o‘ziga hos asosiy xususiyati shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasida faoliyatning ustuvor turi sifatida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari hamda axborot almashuvining xilma-xil vositalari asosida amalga oshirilayotgan axborotni izlash, yig‘ish, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishdir.
HTMLda kiritilgan matnning web-brauzerdagi ko’rinishi doim ham biz kutgan natijani beravermaydi. Uni biz istagan ko’rinishga keltirish uchun bir necha bor tahrirlashga to’g’ri keladi. Buning uchun Bloknot matn muharririni ishga tushirish, kerakli HTML-hujjatni diskdan izlab topish va xotiraga yuklash, uni tahrirlash va qayta saqlash, web- brauzerni ishga tushirish, tahrirlangan HTML-hujjatni yana diskdan topib web-brauzerda ko’rish kerak bo’ladi. Odatda, web-sahifa biz o’ylagan ko’rinishga kelishi uchun yuqorida sanab o’tilgan ishlarni bir necha bor bajarishga to’g’ri keladi. Bu ishlarni ancha qulay usullar bilan ham bajarish mumkin:
1- usul. Internet Explorerda ochilgan web-sahifani tahrir qilish lozim bo’lsa, sichqonchani shu web-sahifa ustiga olib kelib, o’ng tugmasi bosiladi. Ochilgan kontekst-menyudan «HTML-kodini ko’rish» (просмотр исходный код страницы bandi tanlansa, web-sahifaning HTML-hujjati yuklangan Bloknot matn muharriri ekranga chiqadi. HTML-hujjatni tahrir qilib, saqlab qo‘yiladi. Internet Explorer uskunalar panelidagi «Yangilash» ( ) tugmasi bosilsa, ma’lumotlar maydonidagi web-sahifa yangilanadi (tahrir qilingan web-sahifaga almashadi).
2- usul. Ko‘rinish menyusidan «HTML-kodini ko’rish» bandi tanlanadi va 1-usuldagi kabi tahrirlanadi. Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog’liq ekan, «Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Adobe Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, javascript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturlaming barchasi HTML (Hypertext Markup Language — Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli.
Hozirgi kunda eng ko’p ishlatiladigan 2 ta Web brauzer mavjud bo’lib Web sahifa tayorlovchilar bu brauzerlarning xususiyatlarini e’tiborga olishlari kerak. Bular “Netscape Navigator” va “Microsoft Internet Explorer” (IE) brauzerlaridir. Aslida brauzerlar juda ko’p, lekin ular dunyoda ishlatilayotgan brauzerlarning bor - yo’g’i 1% ni tashkil qiladi. Qolgan 75% ni IE, 24% ni esa ”Netscape Navigator ” egallaydi. Demak shunday ekan ko’pchilik hollarda shu 2 ta brauzer haqida so’z yuritiladi.
Keling endi brauzerlar tarixiga nazar tashlaylik. 1989-yilda Shveysariyada CERN (The European Labaratoru for Practikle physics) olimlari tomonidan WWW tizimiga asos solingandan keyin uning axborot manbalarini ochib ko’rish muammosi paydo bo’ldi.
Bu muammoni hal qiluvchi dastlabki dasturlardan biri bu Lynx tipidagi satrli brauzerdir. Shunday qilib dastlabki satrli brauzerlar paydo bo’ldi. Vaqt o’tishi bilan brauzerlardan faqat matnlarni emas, balki ovoz, grafika va tasvirlarni tasvirlash ham talab qilindi. Grafik ma’lumotlarni matnli ma’lumotlar kabi ko’rish masalasi birinchi bo’lib Mosaic brauzeri tomonidan amalga oshirilgan .
|
| |