«AVO bank» AJ
STIR 207257279 • Reg. raqami 16/1
73
"AVO bank" AJda jismoniy shaxslarga
kompleks bank xizmati ko'rsatish
Bosh shartnomasiga 05-ilova
2024 yil 9 fevraldan
Kreditlashning umumiy shartlari
1.
ATAMALAR VA TA'RIFLAR
Foizsiz davr
- agar operatsiyalar xarajatlarning imtiyozli davrida amalga oshirilgan bo'lsa, lekin imtiyozli
xarajatlar davridan keyin birinchi to'lov davrida to'langan bo'lsa, shartnomada nazarda tutilgan kreditdan
foydalanganlik uchun to'lov hisoblanmaydigan va undirilmaydigan vaqt davri. Foizsiz davr imtiyozli davr va
undan keyingi to'lov davridan iborat bo'lib, uning davomida imtiyozli
xarajatlar uchun kreditdan
foydalanganlik uchun to'lov olinmasligi uchun ko'chirma berish paytida qayd etilgan qarzni to'liq to'lash
kerak.
Qayta tiklanadigan kredit liniyasi
- bu qarz oluvchiga oldindan belgilangan limit doirasida vaqti-vaqti bilan
zarur bo'lganda pul mablag'larini olish, qarzning to'liq miqdorini yoki uning faqat bir qismini to'lash, kredit
liniyasining amal qilish muddati davomida qayta qarz olish imkonini beradigan kredit sxemasi.
Ko'chirma
- o'tgan xarajatlar davri uchun amalga oshirilgan operatsiyalar, hisoblangan komissiyalar, foizlar,
qarz miqdori, minimal to'lovning
miqdori va muddati, foizsiz davr uchun majburiy to'lov va/yoki to'liq
to'lov va shartnoma bo'yicha boshqa ma'lumotlar (bankning xohishiga ko'ra),
bank tomonidan Mijozga
taqdim etiladi.