• O’quvchilarni ijodiy faollikka chorlash
  • Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish 3. Qay tarzda o’quv axborotini tugatish lozim
  • O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari




    Download 242.25 Kb.
    bet5/18
    Sana24.09.2023
    Hajmi242.25 Kb.
    #83935
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faol~
    Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi amaliy Jismoniy tarbiya darslarida o‘tkazish uslubi., Ozbekistonning eng yangi tarixi test javoblari, Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Maktabgacha ta\'limga oid internet yangiliklari, Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarning jismoniy tarbiyasi, Kоnchilik kоrхоnаlаridаgi elеktr istе’mоlchilаrning turlаri хususiyatlаri vа ko’rsаtkichlаri, Bayon turlari-fayllar.org, O’ZBEK FILOLOGIYASI, Dastur bilan boshqariladigan stanoklar, Grammatika, МАЪЛУМОТНОМА, MIRZO ULUG, titul Muahayyo, Объективка Образец - копия
    O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari

    O’qish darslarida o’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishga mo’ljallangan turli ijodiy topshiriqlardan foydalanish asosida o’quvchilarda mustaqil va ijodiy fikr yuritishga zamin hozirlash mumkin. Quyida shunday topshiriqlarni tashkil qilish shakllaridan namunalar keltiramiz:



    1. O’quvchilarni ijodiy faollikka chorlash

    O’quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o’kituvchi eng avvalambor o’quvchilarda taqdim qilinayotgan o’quv materialiga qizxiqtirish uyg’otish zarur. Buning uchun u:
    Asosiy mavzuni bayon etishda o’quvchilarni qanday yo’l bilan qiziqtirishi mumkin?



    • Oddiy bo’lmagan ma’lumotlarni so’zlab berish;

    • Barcha o’quvchilarga to’g’ridan-to’g’ri taaluqli bo’lganlarni gapirib berish;

    • So’zlash jarayonida xolisona va aniqlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim qilish;

    • Obrazli solishtirishlardan unumli foydalanish




    1. Keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ular me’yoriga amal qilish

    3. Qay tarzda o’quv axborotini tugatish lozim?
    O’qituvchi nutqining so’ngida qo’yidagilarga amal qiladi:

    Shunday qilib yana bir marta asosiy tavsiflarni sanab o’tamiz

    Ma’ruza davomida qarab chiqilgan asosiy fikrlarni qisqachi bayon etish





    Xulosada qo’yidagi jumlaga e’tibor bering

    Ma’ruza mavzusi bo’yicha birorta jumlani ta’kidlash







    Shunday qilib, ijodiy tafakkur orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin va h.k.

    Qo’yilgan muammo haqida o’kuvchilarni ijodiy o’ylashga undash




    Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida


    o’qituvchi:

    1. O’quvchilarni obrazli fikrlashga undashi;

    2. Aniq muammoni burro ifodalashi;

    3. Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda etishi;

    4. Xushmuomalali va ziyrak bo’lishi;

    5. Qo’yidagi so’z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar.

    6. Ko’rish kontakti (bog’lanishi)ni saqlashga harakat qilishi-tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);

    7. Har bir javob va taklifni doimo rag’batlanirishi maqsadga muvofiq.

    Boshlang’ich ta’limda mehnat darslari ham o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga mo’ljallangan. Bunda tajriba – amaliy o’lchashlar, qog’oz qirqimlaridan yasaladigan turli figuralarni yasash har doim ijobiy natija beradi. Boshlang’ich ta’limda o’quv dasturi asosida rejalashtirilgan ( 3-sinf, 3-chorak) «Kartondan guldon tikish», «Rasm uchun ramka tayyorlash», «Qush inida - qush bolasi»-applikatsiya tayyorlash», «Hajmdor gul ko’rinishini yasash», «Harakatli o’yinchoq» yasash, «Bahor» applikatsiyasini tayyorlash – bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilariga ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib beriladi. Demak, boshlang’ich ta’lim DTS va o’quv rejalarini tahlil qilish natijasidan ko’rinadiki 3-sinfda mehnat darslarida jami o’qitiladigan 34-soatdan 7 –soati ijodiy ish sifatida uyga vazifa qilib belgilanadi; 4-sinflarda belgilangan 38 soatdan - 9 soati ijodiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan. Jumladan, «Urug’lardan mozaika tuzish», «Rangli qog’ozlardan gullar yasash», «Tabiiy xomashyolardan applikatsiya yasash», «Milliy naqsh tikish» va h.k.

    Download 242.25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 242.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirish yo`llari

    Download 242.25 Kb.