Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari




Download 474.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana26.04.2022
Hajmi474.28 Kb.
#20332
1   2
Bog'liq
innovatsiya 3
davomat jadvali, KOMPYUTER DARSI, 8 sinf 1-darss, Zulmat-ostonasidagi-muhabbat-4-fasl, Документ Microsoft Word (4), UzAuto
«Bir 
xato yuz bergach tez uni 
tuzat, bolmasa o’zgasi yuz 
berar 
albat!» 
Abulbarakot Qodiriy 


savodxonligiga asoslangan boshlang‘ich ta’lim ham qo‘shildi. Yurtimiz xalqlari 
boshlang‘ich ta’limida Quyosh, Oy, tuproq, havo, olov muqaddasligi asos qilinib 
olinadi va insonlarning bir-birlari bilan bo‘ladigan muloqoti hayotiy ehtiyoj 
ekanligi haqidagi tasavvurlar hosil qilinadi. Bu davrdagi ikkala yo‘nalishdagi 
boshlang‘ich ta’limda ham jamiyatning ehtiyoj va talablari haqida ta’lim 
oluvchilarda 
tasavvur 
shakllantirilgan. 
Shuningdek, 
o‘simliklardan 
va 
hayvonlardan olinadigan xomashyolar to‘g‘risidagi tasavvurlarni ta’lim oluvchilar 
ongiga singdirish ham ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablardan biri bo‘lgan. O‘sha 
davr boshlang‘ich ta’limining asosiy maqsadi insonning moddiy va ma’naviy 
ehtiyoji hamda jamiyat talablarini qondirishga oid bo‘lgan bilimlarni 
shakllantirishdan iborat bo‘lgan. Ayniqsa, tabiatga bo‘lgan munosabat, Ona diyorni 
muqaddas deb bilish mazkur maqsadning asosini tashkil etadi. Havo, suv, olov, 
quyosh oliy qadriyat hisoblangan. 
Demak, o‘sha davrdagi moddiy va ma’naviy qadriyatlar o‘z davri 
boshlang‘ich ta’limining asosiy mazmun-mohiyatini tashkil etgan ekan. 
3.Eramiz boshidagi I-VIII asrlarda ta’lim mazmuniga yana o‘zgarishlar kirdi, 
ya’ni 
oldingi 
davrda 
yunon 
mutafakkirlarining 
asarlarini 
o‘rganish 
savodxonlikning asosini tashkil etgan bo‘lsa, bu davrga kelib, arab alifbosini va 
raqamlarini o‘rganish hamda ular yordamida amallarni bajarish boshlang‘ich ta’lim 
mazmunini tashkil etgan. Unda o‘qish, yozish, hisoblash, kuzatish va mehnat 
malakalarini hosil qilish ham asosiy e’tiborda bo‘lgan. Bu davr boshlang‘ich 
ta’limining diqqatga sazovor joyi shundaki, unda bilimni o‘zlashtirish ehtiyojini 
qondirish asosiy e’tiborda bo‘lgan va ular asosida umumbashariy qadriyatlarga 
asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini, atrof-muhitga 
ongli munosabatda bo‘lishliklarni ta’lim oluvchilar ongiga singdirilgan. 
4.«Ilk Uyg‘onish davri»dagi boshlang‘ich ta’lim. Bu davr V-VI asrlarni o‘z 
ichiga oladi va bu vaqtga kelib tushunchalar ta’rifsiz boshlang‘ich tushuncha 
sifatida ta’lim mazmuniga kiritilgan. Bu davrdagi boshlang‘ich ta’lim mazmuniga 
kiritilgan ijobiy o‘zgarishlar quyidagilardan iborat: boshlang‘ich ta’limda har xil 
ob’ektlar va ular orasidagi farq hamda umumiylik o‘rganiladi; son tushunchasiga 
har xil yondashuvlar va ular orasidagi amallar hamda mantiqiy fikrlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar o‘rganila boshlangan; munosabat tushunchasi va algoritmlar, matnli 
masalalarni turli usullar bilan echish asoslari egallangan. 
Bu davrning yana bir qimmatli tomoni shundaki, «Ilk Uyg‘onish davri» va 
«So‘nggi Uyg‘onish davri» Sharq ma’naviy rivojlanishining «
ol tin
davri» deb 
ataladi. Bu davrdagi ilm-fan rivoji dunyo sivilizatsiyasiga ham salmoqli hissa 
bo‘lib qo‘shilgan. Tabiiyki, bunday yutuq olimlarimiz va mutafakkirlarimiz 
faoliyatisiz amalga oshirilmaydi. Shuni hisobga olib o‘sha davrda yashab ijod 
etgan qomusiy olimlarimizdan ba’zilarining boshlang‘ich ta’limga oid fikrlarini 
keltirib o‘tamiz: 
«Abu Rayhon Beruniy o‘quvchiga bilim berish va uni xat-savodli qilish 
haqida gapirar ekan, qog‘ozning paydo bo‘lishi, yozuv va uning vujudga kelishi, 


turli yozuv belgilari, o‘quv qurollari haqida alohida to‘xtaladi. Olim ta’lim-
tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg‘ulotlar davomida 
o‘quvchilarning zerikib qolmasligi uchun ta’lim olishning turli yillari va shakl 
hamda metodlarini ko‘rsatib beradi. Xususan uning «Bizning maqsadimiz 
o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb bir narsani o‘qib berish zerikarli 
bo‘ladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi 
turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bu bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa bir 
bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi keladi. Har bir yangi narsa 
kishiga rohat bag‘ishlaydi deb behuda aytilmaydi», -deb ta’kidlashidan ta’lim 
mazmuniga va dars jadvalini tuzishga bo‘lgan talablarni ham anglash mumkin» 
Abu Ali ibn Sino ulug‘ mutafakkir va tibbiyot ilmi sultoni bo‘lishi bilan birga, u 
«Shayx ur-rais» va «Tabiblar podshosi» degan nomlarga sazovor bo‘lgan. U 
shunchalik intellektual salohiyatga ega bo‘lishi bilan birga, ta’lim-tarbiya 
masalaiariga ham katta e’tibor bergan. U jamoaviy ta’lim tarafdori bo‘lgan va unda 
bolaning aqliy, jismoniy, estetik rivojlanishini va kasb-hunar o‘rganishini doimo 
ta’kidlab kelgan. Bu fikrlarimizga dalil sifatida Allomaning quyidagi fikrini 
keltiramiz: «... birinchidan, har bir bola maktabda boshqalardan ajralib turishga, 
o‘zgalarga taqlid qilishga intiladi, buning natijasida u yaxshi xulqni egallaydi. 
Ikkinchidan, bolalar jamoasida o‘zaro muomalada bo‘lib, xulq odobi bilan bir-
biriga ta’sir ko‘rsatadi. Bolaning bir o‘zi boshqalardan ajralgan holda ijobiy 
fazilatlarga ega bo‘la olmaydi». Bolaning maktabda qanday fanlarni o‘qish 
zarurligini ham Ibn Sino ko‘rsatib bergan. «Eng avvalo», - deb yozadi alloma 
muallim o‘z shogirdlariga yaxshi fazilatlarni o‘rgatish, keyin ona tili va adabiyotni 
mutolaa qildirishi lozim», - deb hisoblagan Umuman olganda, yozuvning paydo 
bo‘lishi kishilik jamiyatining aqliy rivojlanishida, axborot va ma’lumotlarni kerakli 
joylarga uzatishda muhim didaktik asoslaridan biri bo‘lgan. Bu haqda Mahmud 
Sa’diyning yozuv tarixiga oid tadqiqotlari natijalari ahamiyatlidir. Jumladan, uning 
«Yozuv madaniyati beshigi» nomli maqolasida qimmatli manba bor. U 
quyidagicha: «Yozuv kishilikning buyuk ixtirolaridan biri hisoblanadi. U 
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy-madaniy hayotida katta o‘rin tutadi. O‘rta Osiyo, 
xususan, O‘zbekiston tuprog‘i esa yozuv madaniyatining eng qadimgi 
o‘choqlaridandir. Bu erda yashab o‘tgan qadim ajdodlarimiz mukammal yozuvlar 
yaratib, kishilik sivilizatsiyasi, madaniy-marifiy yuksalishi, yozuv madaniyati 
tarixiga munosib ulush qo‘shgan. Sharq xalqlari orasida doimo oldingi saflarda 
kelgan. Olimlarning ilmiy xulosalariga qaraganda, zaminimizda yashab o‘tgan 
xalqlarning yozuv madaniyati tarixi ikki ming etti yuz - ikki ming sakkiz yuz 
yillarni bo‘ylaydi. Biz hozir yozuv madaniyatining uchinchi ming yilligida 
turibmiz. Bu xalqimiz, davlatchiligimiz va ma’naviyatimiz tarixida ulkan 
hodisadir» Ushbu fikrning tasdig‘ini professor Mirsodiq Is’hoqovning tadqiqot 
ishlarida ham topish mumkin. Uning ta’kidlashicha O‘rta Osiyo xalqlari tomonidan 
bundan 2800 yillar muqaddam alifbolar yaratila boshlangan. «Bu yuksak madaniy 
hodisa shundan dalolat beradiki, qadim ajdodlarimiz inson nutqining tabiatini 


yaxshi bilgan. Yozuvni yaratish yo‘li bilan jamiyatning ma’naviy zaxiralarini 
matnda aks ettirish, siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish, 
bir so‘z bilan aytganda, davlatchilik boshqaruviga kirib kelish, axborotni makon va 
zamon orqali uzatish imkoniyati yuzaga kelgan»,- deb uqtirish bilan birga bu 
olimimiz «O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqining yozuv madaniyati ilk 
qadamlaridanoq tovush va harf belgisining muvofiqligi asosida shakllangan», 
degan xulosaviy fikrni bayon etadi [76. 62 b.]. 
Ushbu davrda ta’lim mazmuni ilk matematik tafakkurlarni shakllantirilishi 
bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning 
bu sohadagi xizmati nafaqat diyorimizda, balki butun dunyoda ham mashhur edi, 
ya’ni u ixtirochiligi, kashfiyotchiligi va ta’limotchiligi bilan matematika fanida 
buyuk inqilob qildi. Uning 1,2,3,4,5,6,7,8,9 arab raqamlari qatoriga nol («0» -yo‘q) 
sonini kashf qilib, qo‘shishi bir buyuk ixtiro bo‘lsa, uning yordamida o‘nlik sanoq 
sistemasi (pozitsion sanoq sistemasi)ning yaratilishi sonlar nazariyasida yana bir 
buyuk kashiiyot edi. Shuningdek, uning sonlar nazariyasi sohasidagi qo‘lga 
kiritgan natijalari va ayniqsa, ikkinchi darajali tenglamalarini echish usullarining 
topilishi esa uning matematika sohasidagi istiqbolli ta’limotlaridan biri edi. 
Hozirda fanda foydalanilayotgan Algoritm nomli termin ham ulug‘ olim 
nomidan olingan va fanlar strukturasidagi Algebra fani nomi ham uning «Aljabr 
val-muqobola» asarining Aljabr qismidan olingan. Natijada matematika fani o`sha 
davrdayoq kishilik jamiyatiga va davlat boshqaruviga keng kirib bordi. Bu bilan 
ilmiy qadriyatlar tezlik bilan ma’naviy qadriyatlarga va ta’limda esa ta’limiy 
qadriyatlarga aylanishga mustahkam poydevor yaratildi. 
5. XIV-XVI asrlardagi dastlabki ta’lim. 
Bu davr diyorimizda Sharq Uyg‘onish davrining alohida ahamiyatga ega 
bo‘lgan bosqichi edi, chunki bu davrga kelib yurtimizning aqliy salohiyat egalari 
dunyoga mashhur bo‘lgan edi. Bunga muqaddas kitobimiz bo`lmish «Avesto»dagi 
ta’limot («Ezgu o‘y→Ezgu so‘z→Ezgu amal» tizimining «Yovuz o‘y→Yovuz 
so‘z→Yovuz amal» tizimi ustidan g‘alabasi (tantanasi)ning naqadar bunyodkor 
ekanligi, matematika ilmining asoslari (Al-Xorazmiy, Ma’mun Akademiyasi va 
h.k.), Ershunoslik va minerologiya ilmining asoslari (Abu Rayhon-Beruniy, 
Ma’mun Akademiyasi va h.k.), tibbiyot ilmining asoslari (Abu Ali ibn Sino, 
Ma’mun Akademiyasi va h.k.) va shu kabilarning diyorimizda yaratilganligini dalil 
sifatida qayd etish mumkin. 
Demak, bularning hammasini ham dastlabki ta’limsiz amalga oshirib 
bo‘lmaydi. Shu sababli bu davr madaniyati va ma’rifatining asosini boshlang‘ich 
ta’lim tashkil etganligi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir, ya’ni aksiomadir. Bu 
davrga kelib, alohida xattotlar tayyorlandi va ommaviy ta’limga e’tibor 
kuchaytirildi. Madrasalar tashkil etildi. Ilmga va ma’rifatga e’tibor har 
qachongidan ham kuchaydi. Bu davrni tarixda Amir Temur va Temuriylar davri 
deb ataldi. Ilm ma’rifatga qanday e’tibor berilganligini quyidagi ma’lumotdan ham 
bilsa bo‘ladi: «Sohibqiron inson tarbiyasi - odob-axloqi, uni adolatni sevishga, 


vatanparvarlik va insonparvarlikka o‘rgatishga katta ahamiyat bilan qaragan. U 
yoshlarning ilmli bo‘lishini istardi. Shu boisdan har bir shaharda masjidu 
madrasalar qurish, ulamo-yu domlalarni moddiy rag‘batlantirish siyosatini amalga 
oshirdi. 
6. VII-VIII asrlardagi dastlabki ta’lim. Bu davrga kelib boshlang‘ich ta’lim 
ko‘pincha oilalarda, mahallalarda ta’lim-tarbiya o‘choqlari tashkil etila boshlandi. 
Ba’zan otinoyilar tayyorlanib, ular tomonidan qizlar ham savodxon qilinar edi. Bu 
boradagi pedagogik faoliyatga yurtimizning ma’rifatparvar ziyolilari, olimlar, 
shoirlar ham bosh qo‘shdi. Ulardan biri Jahon otin Uvaysiydir. U ‘VIII asrning 80-
yillarida dunyoga kelgan va 65 yil umr ko‘rgan. U o‘z davrining peshqadam va 
ma’rifatparvar shoirasi bo‘lgan va o‘zining tashabbusi bilan qizlar maktabini 
tashkil etgan. U maktabdagi tolibalarga boshlang‘ich ta’lim berib, arab grafikasida 
yozish va o‘qishni o‘rgatibgina qolmay, balki qizlarga musiqa va she’r san’atidan 
dars berib, tez fikrlash, chiroyli so‘zlash, radifgo‘ylik va chiston-topishmoq 
yaratish uslublarini ham o‘rgatgan. Bu ta’lim usullari shogird qizlarning kuchli 
fikrlash mushohadasini o‘stirishga, tevarak-atrofdagi narsalarga e’tibor bilan 
qarashga, zehnli, nafis tabli san’atkor sifatida shakllanishiga yordam berishda 
Jahon otin Uvaysiyning o‘ziga xos o‘qitish uslubi bo‘lganligidan dalolatdir
Demak, bu davrdagi boshlang‘ich ta’limda savodxonlik asoslarini egallash va 
ular asosida asarlarni o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda inson, insoniyat, jamoa, 
jamiyat va davlatlarni qadriyat sifatida o‘quvchilar ongiga singdirilgan. Ushbu 
jarayondagi ta’limiy ma’lumotlar o‘quvchilarga ko‘proq og‘zaki tarzda etkazilgan, 
ya’ni axborotlarni yodlashga katta e’tibor qaratilgan. Keyinchalik boshlang‘ich 
ta’limga tegishli darsliklar ham paydo boia boshladi. Ularda jamiyatning ehtiyoj va 
talablari haqidagi tasavvurlar shakllantirildi hamda insonlarning bir-birlari bilan 
bo‘lgan muloqoti hayotiy ehtiyoj ekanligini bilishga e’tibor berildi hamda 
insonning pulga bo‘lgan ehtiyojini anglash, narx va uning o‘zgarishini bilish, o‘z 
tug‘ilgan joyi va o‘lkasi haqida tushunchaga ega bo‘lish va shu kabilarga e’tibor 
berilgan. Bu davrga kelib boshlang‘ich ta’limda oila nima va u qanday tashkil 
topishini bilish, oiladagi farzandning burchi kabilar ham boshlang‘ich sinf 
o‘quvchisining egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar bo‘lgan. 
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida har xil ob’ektlar to‘g‘risida 
tasavvurlar hosil qilinishi orqali shakllanadigan munosabatlar bilan o‘quvchilarni 
tanishtirish va ulardan amaliy faoliyatda foydalanishga erishiladi. o‘quvchilardagi 
oila va oila a’zolari to‘g‘risidagi munosabatlar hamda ta’lim berib tarbiyalash 
o‘sha davr ma’rifatparvar ziyolilari ijodida ham uchraydi. Jumladan, o‘sha 
davrning iste’dodli shoiri va ustoz-murabbiysi Muhammad Rizo Ogahiy ham 
ta’lim va tarbiya birligiga (uyg‘unligiga) katta e’tibor bergan. Dars jarayonida 
ustoz-murabbiylarning bolani zeriktirmaslik uchun qunt va ixlos bilan «Ustodi 
hunar shior komibga qat’iy amal qilgan holda, o‘z bilimi va pedagogik mahoratini 
muttasil oshirib borish lozimligini alohida ta’kidlagan. 


Yuqorida ta’kidlanganlaridan ko‘rinib turibdiki, bu davrga kelib «Ustoz-
shogird» tizimi ham to‘liq amaliyotga joriy etilgan. Bu davrning Muhammad Rizo 
Ogahiy kabi ma’rifat fidoyilari ijod qilgan. Bunday holatlarni ilm-ma’rifatning 
jonkuyarlaridan bo‘lmish Roqim va Munis Xorazmiy asarlarida uchratish mumkin. 
Jumladan, ma’rifatparvar murabbiy Roqim (1742-1814) o‘zi yashayotgan davrning 
etuk murabbiysini har bir mushkulni hal eta oladigan qobiliyatga ega bo‘lishini va 
buning uchun u doimo ilmu hikmat o‘rganishi, ustodu donishmandlar suhbatidan 
bahramand bo‘lishini, muttasil dars tayyorlab borishi shart ekanligini ta’kidlasa, 
Munis Xorazmiy (1778-1829) «Savodi ta’lim» asarida ilmning qudratli kuch 
ekanligini ta’kidlaydi. U maktab va madrasalarda o‘qitiladigan fanlarning mohiyati 
to‘g‘risida to‘xtalib, har bir talabaning ilmga bo‘lgan e’tiqodi uning husnixatida 
aks etishini ta’kidlaydi. 
Demak, Ona diyorimizdagi ma’rifatparvar pedagoglar va mutafakkir 
donishmandlar tomonidan yaratilgan pedagogik asarlar va yaratilgan (ixtiro 
qilingan) alifbelar, o‘qish kitoblari hamda darsliklaridan maktab va madrasalarda 
foydalanib kelingan. Savol-javob usuli asosida ta’lim v oluvchilarda aqliy faollik, 
ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari shakllantirilgan hamda go‘zal nutq tarkib 
toptirilgan. 
7.XIX-XX asrlarda boshlang‘ich ta’lim. Bu davrda o‘lkamizda boshlang‘ich 
ta’lim mazmuni yangilangan ko‘rinishni oldi. Bunga sabab o‘lkamizda Evropa va 
boshqa Sharq mamlakatlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy 
o‘zgarishlar turli yo‘llar bilan asta-sekin kirib kela boshladi va bu ayrim 
yo‘nalishlarda yaqqol ko‘zga tashlandi. 
Bu ayniqsa, Turkiston madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etdi, ya’ni 
o‘zbek xalqi va ular ichidan yetishib chiqqan o‘zbek ziyoli -ma’rifatparvarlari o‘z 
xalqining milliy-madaniy ongini oshirishda ota-bobolari kabi jasorat, qahramonlik 
va fidoyiliklar ko‘rsatdi. Ular keng xalq ommasini savodli qilishga, ularni jaholat 
uyqusidan uyg‘onishga intilib maktablar ochdi. 
«XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida 
jadidchilik harakati keng yoyildi. XX asr boshlarida musulmon maktablarining 
bosh islohotchisi Ismoil Gaspiralining nomi butun Sharqqa tanildi va bu o‘z 
navbatida Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakati namoyandalarining mazkur 
yo‘nalishdagi faoliyatlarining jonlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Ona 
diyorimizda ham jadidchilik harakatlari namoyandalari paydo bo‘ldi. Ular: 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Tolagan Xo‘jamyorov-
Tavallo, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulhamid 
Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo‘jayev, Polvonniyoz Hojiyusupov, 
Ashurali Zohidiy, Abduhamid Burxonov-Munzim, Muhammadsharif So‘fizoda, 
Muso Saidjonov, Bobooxun Salimov, Ibrat, Abduqodir Shokuriy, Saidahmadxo‘ja 
Siddiqiy-Ajziy, Obidxon Mahmudov, Fayzulla Xo‘jayev, Saidnosir Mirjalolov, 
Hoji Muin, Saltarxon Abdulg‘offorov va boshqalar 


Ular o‘z davrining muhim masalalarini bosh muammo darajasigacha ko‘tarib 
chiqa oldilar va xalqni ilm-fan hamda ma’rifatni egallashga undadilar. 
Turkistonning o‘z rivojlanish yo‘lini targ‘ib etishda fidoyilik ko‘rsatdi. Bu borada 
ularning milliy maktablar ochib, aholini jaholat uyqusidan uyg‘otishga bo‘lgan 
intilishlari o‘zbek xalqi ma’naviy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi. 
8.Mustaqillik davrida boshlang‘ich ta’lim. Bu davrga kelib yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga munosabat butunlay o‘zgardi. Mamlakatimizda mustaqillik qo‘lga 
kiritilgan kundanoq barkamol avlodni shakllantirish masalasini hal qilish davlat 
siyosati darajasigacha ko‘tarildi. 
1992-yildayoq O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni 
qabul qilindi. Bu qonun bo‘yicha ham anchagina ijobiy ishlar amalga oshirildi. 
Ammo, mazkur qonunni to‘liq hayotda o‘z aksini topish uchun uning har bir 
talabini amalga oshirishga qonuniy me’yoriy hujjat kerakligi aniq bo‘lib qoldi. 
Shularni e’tiborga olgan holda 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va uni uzluksiz ta’lim tizimida 
joriy etish uchun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturb qabul qilindi. Shundan keyin 
boshlang`ich ta’lim bo`yicha konsepsiyalar, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi 
tahrirdagi Davlat ta’lim standard va uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard 
hamda ularga mos o‘quv dasturlari qabul qilindi. 
Yuqorida qayd etilgan qonunlar va boshqa davlat me’yoriy hujjatlari 
zamonaviy boshlang‘ich ta’limni tashkil etish va uning mazmunini zamonaviy 
taraqqiyot 
talablari 
asosida 
shakllantirish 
dolzarb 
muammo 
ekanligini 
ta’kidlamoqda. Bunda zamonaviy boshlang‘ich ta’lim uchun ilmiy-metodologik 
jihatdan istiqbolli yo‘nalish - bu yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar 
ruhida tarbiyalashdir, chunki barkamol avlodni shakllantirishning istiqbolli 
metodologiyasini tadqiq etish ham uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb 
muammolaridan biridir. 

Download 474.28 Kb.
1   2




Download 474.28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari

Download 474.28 Kb.
Pdf ko'rish