Pedagogik faoliyatning mazmun –mohiyati, shakllari




Download 40.73 Kb.
bet2/3
Sana28.04.2022
Hajmi40.73 Kb.
#20447
1   2   3
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK JARAYONI TASHKIL ETISH MAHORATI
1, Harorat datchiklari, Tenzodatchiklar, 1667043854, Doniyorjon, 1-мавзу, ИЧТЭваР. МНА кирил 2021 , Jismoniy sifatni rivojlantiruvchi harakatli o’yinlarni o’tkazish, Оilа tаrbiyasi mаzmuni vа mоhiyati nabiyeva Kamolaxon Xoshimova -azkurs.org, Shaxs, @kompyuterscience 5-sinf Informatika IV chorak test, 292 01.06.2022, 4- маъруза, Buxgalteriya hisobi-1

Pedagogik faoliyatning mazmun –mohiyati, shakllari.


O’qituvchi faoliyatining axloqiy xarakteri.
O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni, pedagogik faoliyat uchun muhim bo’lgan axloqiy fazilatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar barcha kishilar hamma kasb egalari, jumladan o’qituvchi tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir. Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar shaklida ifodalanadi. Axloq normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilik fikri ta’sirida yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqeylik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo’yadi; bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Jamiyat o’z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloqiy normalari, talablarini belgilaydi.
O’qituvchi umuminsoniy va milliy – axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi, tajribada qo’llash, o’zining dunyoqarashi, mafkurasi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etsh turmushda sinab ko’rish natijasida umuminsoniy va milliyaxloqiy sifatlar qoidalar normalar o’qituvchining o’z axloqiy fazilatiga e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi fikr va mulohazalari bilan qo’shilib bozor iqtisodiyotida asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning rolini belgilaydi.
O’qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga axloqiy fazilati va e’tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e’tiqod va sifatlar o’qituvchuning dars berish jarayonida
tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar, ota-onalar va boshqalar bilan muomala munosabatlarida kundalik turmushdan o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta’sir o’tkazsa ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari joylarga axloqiy ta’sirini samaradorligida tarbiya sohasida erishgan yutuqlaridan nomoyon bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisini odobining asosiy hislatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalarga, mos keladi va ularni pedagogik salohiyat bilan bog’liq tarzda bir qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi.
Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur, adolat, shaxsiylik, yaxshilik qilish o’qituvchilik burchi, o’qituvchilik sh’nani qadir qimmati, vijdon, halollik, fidoyilik, oklik talabchanlik kabi ahloqiy fazilatlar. O’qituvchi odobida pedagogik faolliyati bilan bog’liq ravishda tahili qilinadi. Bolalarga yaxshilik qilish o’qituvchilik burchi qadr-qimmati, o’qituvchilik ma’sulyati o’qituvchilik vijdoni talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma’naviy qiyofasi halolligi, pokligi, rostgo’yligi kabilar o’qituvchi axloqning muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o’zlashtirish bo’lajak o’qituvchi uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. O’qituvchilik faoliyati o’z mohiyatiga ko’ra axloqiy xarakterga ega pedagogik saviyaning bunday hususyati barcha fan o’qituvchilari boshlang’ich sinf o’qituvchilari tarbiyachilar sinf va maktab rahbarligiga birdek ta’luqlidir barcha pedagogik xodimlarning har bir so’zi amaliy va xatti-harkatlari o’quvchilarga tarbiyalanuvchilarga umuminsoniy, milliy axloqni singdirish maqsadiga xizmat qilish
lozim.Bu ish o’z navbatida muallim va o’quvchilardan axloq nazaryasi, axloqi tassaruf va tushunchalar o’qituvchi odobiga doir bo’limlarini muntazam ravishda oshirib borishni, muhokama mulohaza qilib uning mohiyatini tushunish mag’zini chaqishni talab etadi.
Murakkab axloqiy hodisalarning mohiyatini o’quvchilarga tushuntirish ma’sulyati ish bo’lib buning uchun muallim o’quvchilarning yoshi,saviyasiga mos ular tushunadigan misollarni izlab topishi tanlab oishi kerak. Pedagogik faoliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisidan axloqiy ma’rifatli yaxshi xulq egasi bo’lishni, axloqiy tajribaga ega bo’lishni, o’z-o’zini muntazam ravishda axloqdan saboq berib, ularni axloqiy, bilimli qilish, bolalarga yaxshi xulqiy odatlarni amalga bajartirib, mashq qildirib, axloqiy tajriba ortirishga ko’maklashish, o’quvchilarni ham o’z-o’zini tarbiyalab borishlariga erishish zarur.

Download 40.73 Kb.
1   2   3




Download 40.73 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik faoliyatning mazmun –mohiyati, shakllari

Download 40.73 Kb.