• Annotatsiya
  • Microsoft Word RefideSamarali boshqaruv




    Download 149.72 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana11.04.2024
    Hajmi149.72 Kb.
    #193434
      1   2   3
    Bog'liq
    5796-Текст статьи-14707-1-10-20220527
    IQTISODIY O’SISH MODELLAR1, ABDIKAMAL-LATIN T2ILI, ABDIKAMAL-LATIN TILI, @uqituvchiga hujjat Pedkengash bayoni 3-sonli (3), rektifikatsion-jarayonlarining-kolonnalarda-moddiy-va-issiqlik-balanslarini-tadqiq-qilish, 1mustaqil ish, 1-Тема, elektron biznes, 3-Tajriba ishi (2) Sardor, 9-Ámeliy sabaq (2), 05 - ANFIS, Olimpiada Beydjik (3) (5), dasturlash tillaridan test, Dasturlash tillari fanidan test savollari, Ta\'limda ilg‘or xorijiy tajribalar


    49 
    SAMARALI RAHBARLIKKA XOS XISLATLARNI BO’LAJAK 
    RAHBAR KADRLARGA O’RGATISH VA SHAKLLANTIRISH 
    Toshboyeva Hulkar Mirzaboy qizi
    Jizzax davlat pedagogika instituti, 
    Maktab menejmenti yo’nalishi 2 kurs 
    talabasi 
    Ablyakimova Refide, Jizzax davlat 
    pedagogika 
    instituti 
    Maktab
    menejmenti kafedrasi o’qituvchisi
    Annotatsiya: Maqolada asosan samarali rahbarlikka hos fazilatlar va rahbar ish 
    faoliyatida hodimlar bilan qay tartibda ish olib borishi shuningdek rahbar qanday 
    imidjga ega bo'lishi to’g’risida fikr muloxazalar keltirilgan. 
    Kalit so'zlar: Rahbar, samara, shaxsiylik, psixologik, fazilatlar, nutq , notiqlik 
    san'ati, imidj, samimiy nigoh, xodimlar. 
    Ushbu maqola nafaqat umumiy rahbarlik haqida balki samarali rahbar qanday 
    bo'lishi kerakligi haqida fikrlar o’rin olgan.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Tanqidiy taxlil 
    qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik 
    qoidasi bo'lishi kerak" nomli kitobida rahbar kadr qanday bo'lishi kerakligi haqida 
    bilib olishimiz mumkin
    1
    . Rahbar tashqi tomondan tayinlanadi tegishli vakolatlarga 
    ega bo'ladi, sanksiyalarni qo'llash huquqiga ega.Guruhlardagi ijtimoiy ta’sir 
    munosabatlarining m’alum bir bo'ysuninsh paytiga xos bo'lgan rasmiy xodisalar 
    1
    https://daryo.uz/2017/01/31/shavkat-mirziyoyevning-tanqidiy-tahlil-qatiy-tartib-intizom-va-shaxsiy-javobgarlik-har-
    bir-rahbar-faoliyatining-kundalik-qoidasi-bolishi-kerak-nomli-kitob


    50 
    rahbar orqali amalga oshiriladi.Yetakchilk bu guruh a’zolari o'rtasidagi 
    munosabatlarni muvofiqlashtirib tashkil etuvchi shaxs-rahbar hisoblanadi. Rahbar 
    shaxs maqsad va vazilalarni yaxshi bilishi lozim, javobgarlikdan qochmaydigan, 
    tashkilotga yordam beradigan bo'lishi lozim ana shunday ma’suliyatlarni bo'yniga 
    olgan rahbar samarali ish tartibini yo'lga qo'ya oladi. Shu bilan birgalikda rahbarda 
    imidj birlamchi o'rinlarda bo'lishi kerak. Imidj rahbarning shaxsiy va kasbiy sifatlari 
    bilan bog'liq. Dastlab siz imidj uchun ishlaysiz, so'ng imidj siz uchun ishlaydi. 
    Mimika ( yuz mushaklarining ma'noli harakatlari).
    Imo ishora 
    Ovoz tembri( tovushlarning o'ziga xos sifatlari) va kuchi
    Kiyinish madaniyati
    Muomala tarzi
    Saramjon sarishtalilik
    O'ziga xos qadam tashlash singari qiziqishlar qadriyatlar kabi 
    komponentlarni o'z ichiga oladi 
    Bularning barchasini samarali rahbar o'zida shakllantira olishi kerak. Albatta 
    har bir rahbar xodimlarga namuna usuli orqali ta’sir o'tkaza olishi mumkin, bu 
    rahbarlarning barchasidan talab qilinadigan holat tariqasida qaraladi. Rahbar shaxs 
    libosga ham etiborli bo'lmogi lozim. Libos insonni issiq sovuqdan himoya qilibgina 
    qolmay uning madaniyatlilk belgisi hamdir.
    Shu 
    o'rinda ish kiyim me'yorlari ancha qat'iy bo'lishi lozim. Rahbarlik imidji tashqi 
    ko'rinishi qay tartibda bo'lishi haqida fikrlar yuritdik. Rahbar shaxs har bir xodimga 
    yoki yonidagi insonga nisbatan samimiy nigoh orqali tasir eta olishi ham mumkin. 
    Nigoh inson aytadigan so'zlarning ta’sirchanligini 25 foizga oshiradi. Shu 
    sababli har bir rahbar xodimlar bilan samarali muloqotni yo'lga qo'yishda nigohga 
    ham e'tiborli bo'lishi lozim.Notiqlik-rahbarning ma’ruza qilayotganda eng kuchli 
    ta’sir qurolidir. 


    51 
    Rahbar ifodali nutqning 10 qoidasiga amal qilishi lozim. 
    1.Mavzu mohiyatini chuqur biling
    2.Xodimlarga hurmat bilan munosabatda bo'ling 
    3.So’zga urg’uni mantiqan to’g’ri qo’yin gapirishdan avval bir to’xtamga 
    keling va imo-ishora mahoratiga ega bo’ling 
    4. Nuqtda oddiy va ravon so’zlardan foydalaning. 
    5. Tushinarli aniq va hamma eshitadigan ovozda gapiring . 
    6. Bir qolipdan siyqasi chiqqan va tilga o’rganib qolgan keraksiz so’zlarni 
    ishlatmang . 
    7. Shaxsiy jozibadorlikdan foydalanmang. 
    8. Shevada gapirish va tillarni almashtirib ishlatishdan qoching. 
    9. Xodimlarni aldamang haqiqatni noto’g’ri talqin qilmang. 
    10. Nutqingizdagi ohangdorligi xodimlarning emotsional holatiga ta’sir 
    qilishini unitmang.
    Darhaqiqat rahbar samarali faoliyatni yo'lga qo'yishi uchun quyidagi
    fazilatlarga ega bo'lishi lozim.
    Ishbilarmonlik fazilatlari yuqori ilmiy texnik va iqtisodiy tayyorgarlik 
    rahbarining va davlat qonunchiligi pedagogika tashkiliy ko'nikmalar sohasidagi 
    bilimlar bilan tavsiflanadi. 
    Siyosiy fazilatlar uning ijtimoiy va siyosiy faoliyatida xodimlarni
    boshqarish va xodimlarning mafkuraviy tarbiyasiga bo'lgan e’tiborda namoyon bo'ladi. 
    Axloqiy fazilatlar rahbarni axloq insoniylik odob axloq nuqtai nazaridan 
    tavsiflanadi. Rahbarning shaxsiy fazilatlariga qay'iy talablar qo'yilgan. Lavozimiga 
    qo'yiladigan talablar insonning shaxsiy munosabati va qobiliyatiga mos kelishi 
    mumkin keyin bu faoliyat unga boshqaradigan xodimlarga tegishli. Ammo rahbar 
    yetakchilikka intilsa va mavqe intilishga mos kelmasa bu xodimlarning o'z ishlaridan 
    noroziligini namoyon qiladi va uning oqibatlari tanglikni keltirob chiqaradi.


    52 
    Shunday qilib rahbar ma’muriy faoliyat yuqori darajadagi tuzilmalarga 
    nisbatan bo'ysunishni va yetakchilik qilish ish jarayonini integratsiya qilish qaror 
    qabul qilish qobiliyatini taminlaydigan shaxsiy xususiyatlarini universal to'plamiga 
    asoslanadi.Samarali rahbar faoliyatining baholash mezonlarini tanlash oson emas eng 
    umumiy shaklda samaradorlikning barcha mumkin bo'lgan mezonlari ikki sinfga 
    bo'linadi. Psixologiya va psixologiya bo'lmagan. Agar u rahbarlik qilayotgan guruh 
    guruhning samaradorligini sinab o'tirgan psixologik va psixologik bo'lmagan 
    mezonlar bo'yicha yuqori ko'satkichlarga ega bo'lsa yetarli samarali hisoblanadi.
    Rahbarlikda texnik mahoratlarga ega bo'lish qiyin emas. Qiyini- xodimlar bilan
    to'g'ri ishlash. Shu sababli rahbar har bir hodim bilan ishlayotganda to'g'ri qaror qabul 
    qila olishi xodimla bilan nafaqat rahbar asosida balkim ular bilan yetakchi lider va 
    inson sifatida ham aloqa o'rnata olishi lozim hisoblanadi. Rahbar bo'lib kursida 
    o'tirish oson ammo o'sha kursiga munosib lider rahbar bo'lish qiyin. Xodimlar bilan 
    faqat rahbar asosida muloqot qilgan qahbarlik tashkilotida o'sish bo'lmaydi chunki 
    insonlar texnik robot emas sh sababli ham xodimlar bilan ishlayotgan rahbar 
    psixologiya tarafdan ham malumotlarga ega bo'lishi eng muhimlardan sanaladi
    2
    .
    Umuman olganda yuqorida keltirilgan fikrlarni hozirgi maktab menejmenti 
    yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga o’rgatish va ularda ushbu qobiliyatlatni 
    shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun albatta har bir insonda harakat 
    va ma’suliyat bo’lishi kerak hech kim rahbar bo’lib tug’ulmaydi, qachonki biz o’z 
    ustimizda ishlasak va nazariy o’qiganlarimizni amaliyotda qo’llasak bizda ham rahbar 
    shakllanishi mumkin.“Kim aqlli? Hammadan va har kimdan o’rganadigan odam. 
    Kim kuchli? O’z ehtiroslarini jilovlagan kishi
    Kim badavlat? O’z taqdiridan mamnun bo’lgan kishi. 
    Bu kimga berilgan? Hech kimga” 
    2
    Ikramov M.A., Ikramov I.Z., Xudoyberganov Q.T., Qo‘chqorov A., ―Zamonaviy tashkilotlarda xodimlarni 
    boshqarishǁ., o‘quv qo‘llanma (ikkinchi qism).- Toshkent, 2004, 167 b. 


    53 
    Benjamin Franklin
    3

    Shuning uchun ham hech bir inson mukammal emas, mukammal bo’lishi uchun 
    esa yuqoridagi fikr-mulohazalarni o’rganish zarur. 

    Download 149.72 Kb.
      1   2   3




    Download 149.72 Kb.
    Pdf ko'rish