Boshlang’ich sinf texnologiya ta’limida amaliy darslarni tashkil etish




Download 20.88 Kb.
bet2/3
Sana30.01.2022
Hajmi20.88 Kb.
#16784
1   2   3
Bog'liq
Texnologiya fani.maqola
Umbarova Mutaxassislik (texnologiya) mustaqil ish., the-black-obelisk-a-novel, 2-amaliy, Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari, SATTOROVA ANORA XURSANTOVNA, fizika 9-sinf formulalar, Programming with JavaScript, file, Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org, Transformatorlar, rasmmm, G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar, 1-topshiriq 2 (3), 1-topshiriq 2 (4)
Tayanch so’zlar: Amaliy mashg’ulot, texnologiya, bilim,ko’nikma .malaka, kompetensiya,xotira.
Ключевые слова: практические занятия, технология, знания, навыки, компетенции, память.
Keywords: practical training, technology, knowledge, skills, qualifications, competence, memory.
Bugungi kunda texnologiya sohasida ham ko’plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Texnologiya fani o’quv dasturida xam bir muncha o’zgartirishlar kiritildi. Texnologiya ta’limi o‘quvchilarni mehnatni sevishga, uni qadrlashga o’rgatadi.Mehnat odamlar yashashi,hayot kechirishi uchun asosiy omil hisoblanadi.Texnologiya darslarida o’quvchilar faqat amaliy bilim olmasdan,balki har bir dars jarayonida o’quvchilara ham nazariy,ham amaliy bilimlarga ega bo’lib boradilar.Ushbu darslar orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarga oddiy detallardan ham inson qo’l mehnati yordamida san’at asarlari yaratish mumkin ekanligi, mehnat inson hayotining ajralmas qismi usiz hayotni ,yashashni tasavvur qilib bo’lmasligi o’rgatiladi.Bunday darslar o’quvchi yoshlarni faol foydali mehnat qilishga yo’naltiradi.
Boshlang’ich sinfga ilk qadam qo’ygan 1-sinf o’quvchisi uchun texnologiya ta’limi ilk darslarda biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin chunki hali o’quvchi qaychini ushlashni, yelimni ishlatishni, qog’ozdan foydalanishni, ish joyini to’g’ri tashkil etish qoidalarini bilmaydi.Bu jarayon o’quvchilarda har bir darsda qayta- qayta bajartirilib takomillashtirib boriladi.Bunday ishlar natijasida o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalar shakllanib boradi.Bizga ma’lumki, o’quvchilarni tarbiyalash va ularni kundalik hayotga tayyorlashda mehnat malakalari va ko’nikmalari katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga texnologiya ta’limini berish vazifalaridan biri ham ularda bir qator mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.
Bilim –o’rganilgan ma’lumotlarni qabul qilish,tushunish, ma’lumotni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.Qisqacha qilib aytganda bilim mavzu bo’yicha yangi tushunchaga ega bo’lish. O’qituvchi mavzu bo’yicha ilmiy faktlarga asoslanib yangi bilimlarni o’quvchilarga taqdim etadi.
Ko’nikma – bu o’rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo’llash ,ya’ni kishilar bilimi va tajribasi asosida egallagan ma’lum harakatni ongli bajarishga bo’lgan qobiliyatidir.Masalan:Kartonni kesa bilish ko’nikmasi, qaychi bilan ishlash,igna bilan ishlash ko’nikmasi va boshqalar.
Malaka - o’rganilgan bilim ,ko’nikmalarni notanish vaziyatlarda qo’llash. O’quvchilarda bilim va ko’nikmalar takomillashib malakani tashkil qiladi. Kompetensiya –o’rganilgan bilim,ko’nikma, va malakalarni kundalik hayotda qo’llash.O’quvchilar o’rgangan bilimlaridan hayotda to’g’ri foydalana olishlari lozim.Masalan:3-sinf texnologiya darsligida “Igna uchun yostiqcha tikish” mavzusi keltirilgan.Ushbu mavzuda o’quvchilar tikish usullarining eng osoni bilan tanishadilar va bu jarayon sekin asta murakkablashadi..Avval o’quvchilar ukalari,singillari uchun yostiqcha tikadi,natijada kundalik hayotda tajribasi oshib boradi.
Boshlang’ich sinf texnologiya darslarining asosiy shakli bu – amaliy mashg’ulot hisoblanadi. Amaliy mashg’ulot deganda o’quvchilarning o’quv materialini faol ongli va mustahkam o’zlashtirish maqsadida mehnat o’qituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham jamoa, ham yakka tartibdagi ish turlarini o’z ichiga oladigan o’quv mehnat faoliyatini aniq tashkil etishni tushinish kerak. Texnologiya ta’limida amaliy mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar har bir topshiriqni amalda bajaradilar, o’qituvchi ularga zarur vaqtda ko’rsatma beradi va nazorat qilib baholab boradi va jarayonda ishtirok etadi.Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi darslaridagi ta’lim-tarbiyaviy vazifalar umumta’lim maktablaridagi mehnat ta’limining umumiy vazifalaridan kelib chiqib, quyidagi mashg‘ulot turlari jarayonida amalga oshiriladi:
1. Qog‘oz va karton bilan ishlash.
2. Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash.
3. Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash
a) plastilin va loy ishi;
b) urug‘lar bilan ishlash;
d) applikatsiya va mozaika ishlari;
4. Loyihalash va modellashtirish;
a) badiiy qurish-yasash.
5. Qishloq xo‘jalik mehnati.
Texnologiya ta’limidagi ish turlari o’quvchilarni mustaqil fikrlashga,har bir ishga ijodiy yondashishga o’rgatadi. Amaliy darslarda texnologiya fanida ishlatiladigan asboblar bilan tanishtiriladi.Qog’oz va karton bilan ishlash jarayonida birinchi bo’lib qog’oz va karton turlari haqida ma’lumot beriladi .Qog’ozni kesish uni buklash usullarini o’rgatiladi..O’quvchilar qog’ozdan mushukcha,kuchukcha va hokozolarni yasashni o’rganadilar.Gazlama va tolali materiallar bilan ishlashda ularga chok turlarini ,qanday gazlamadan foydalanish kerakligi yoki gazlamadan gul va hayvonlar yasash va hokozolar o’rgatilib boriladi.Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash davomida o’quvchilar turli va tabiiy materiallarga nimalar kirishi,plastilindan foydalanish,loy bilan ishlaganda loyni kundalik hayotimizda ishlatadigan loydan farqlay olish,gerbariylar tayyorlash kabilar bilan tanishadilar.Loyihalsh va modellashtirish mashg’ulotlarida turli va tabiiy materiallar,qog’oz va kartondan foydalanib o’yinchoqlar ,parrandalar,hayvonlar hamda uchuvchi raketalar,yuk mashinasi yoki tuxum po’chog’idan mozaika usulida badiiy qurush va yasash ishlarini olib boradilar.Biz bilamizki, Qishloq xo’jaligi mehnati insonni har taraflama chiniqtiradi.Amaliy mashg’ulot jarayonida o’quvchilar daraxtlar ,o’simliklar bilan tanishib ularni parvarishlash, ishlov berish yo’llarini o’rganadilar.Har bir amaliy mashg’ulotimizning izchilligi va ketma-ketligiga a’lohida e’tibor qaratishimiz lozim.O’quvchilarning texnologiya darslarida olgan bilimlari kelajakda ulardan yetuk mutaxassislar,ixtirochilar bo’lib yetishishida as qotadi.Amaliy darslarda berilayotgan manbalar o’quvchilarning yosh-psixologik xususiyatlariga mos kelishi kerak.Aks holda o’quvchilarni haddan ortiq ma’lumotlar bilan charchatib qo’yishimiz mumkin, buning natijasida o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqish yo’qolib,dars samaradorligi pasayadi.Texnologiya darslarida amaliy mashg’ulotlar turli usullarda amalga oshiriladi.Amaliy darslar faqatgina sinfxonada emas balki,maktab bog’ida ,ishlab chiqarish korxonalarida,tabiat qo’yniga ekskursiyalar uyushtirish kabi ishlarda nomoyon bo’ladi.

Download 20.88 Kb.
1   2   3




Download 20.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf texnologiya ta’limida amaliy darslarni tashkil etish

Download 20.88 Kb.