• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi




    Download 20.88 Kb.
    bet3/3
    Sana30.01.2022
    Hajmi20.88 Kb.
    #16784
    1   2   3
    Bog'liq
    Texnologiya fani.maqola
    Umbarova Mutaxassislik (texnologiya) mustaqil ish., the-black-obelisk-a-novel, 2-amaliy, Makroiqtisodiyot fanidan yakuniy test savollari, SATTOROVA ANORA XURSANTOVNA, fizika 9-sinf formulalar, Programming with JavaScript, file, Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org, Transformatorlar, rasmmm, G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar, 1-topshiriq 2 (3), 1-topshiriq 2 (4)
    Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi:
    1. Amaliy ishlarni bajariladigan topshiriqning murakkabligi oshib borishini nazarda tutgan holda joylashtirish lozim.
    2. Bajarilayotgan amaliy ish mazmuni to‘liq tarzda oldingi amaliy ishlarga asoslanishi lozim.
    3. Amaliy ish jarayonida mustaqil ishlash darajasi ortib borishi kerak.[1:11]
    Amaliy mashg’ulot jarayonida har bir topshiriq oddiydan murakkabga qarab yo’naltiriladi.O’quvchilar avvaliga oson topshiriqlarni bajaradilar.So’ngra esa mashg’ulotlar murakkablashib ,ketma-ket bir-birini to’ldirib boradi.Oldingi darslarda o’rganilgan topshiriqlar keying mashg’ulotning mantiqiy davomi bo’lishi kerak. Dastlab mashg’ulot jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ish olib boradi.Keyinchalik o’quvchilarning mustaqil ishlash darajasi ortib borishi bilan ular o’z ustida tinimsiz mehnat qila boshlaydilar. Mehnatga o‘rgatishda bolaning imkoniyatlarini nazarda tutib, hissiy bilish jarayonini takomillashtirish zarur. Bundan tashqari bolaning xotirasini o‘stirish ham alohida ahamiyatga ega. Boshqa fanlarda bo’lgani kabi texnologiya fanida ham xotira muhim ahamiyat kasb etadi.
    O‘qituvchi texnologiya darslarida faqat tushuntiribgina qolmay, balki asosan materiallar va buyumlar namunasini, asboblarni materialga ishlov berish usullarini, ish bosqichlarini izchilligini ko‘rsatadi. Shuning uchun mehnat ta’limida eshitish, ko‘rish xotirasi va harakatlanuvchi xotira muhim rol o‘ynaydi.
    Insonning o’z hayoti davomida bo’layotgan jarayonlarni esda olib qolishi va keyinchalik ularni esga tushirishi xotira deb ataladi. Texnologiya darsining har bir mavzusida yangidan-yangi bilim va ko‘nikmalar mujassamlashib boradi, o’quvchilar esa ularni anglashi va xotirasida saqlab qolish kerak. Olimlarning ta’kidlashicha inson eshitganda 20% ,ko’rganda 30% ma’lumotni esda saqlab qolarkan.Amaliy mashg’ulot davomida o’quvchilar mavzu bo’yicha yangi bilimlarga ega bo’ladilar,o’qituvchi ko’rgazmali qurollar yordamida yangi mavzuni yanada kengroq ochib beradi.Bu esa o’quvchilarda mavzuni yaxshi o’zlashtirishga olib keladi.
    Harakat xotirasi – turli xil xarakatlarni va ularning tizmlarini esga solish,esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat.[2:127]Harakat xotirasi har xil amaliy mehnat malakalarini tarkib toptirishning asosini tashkil qiladi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari qog’ozdan yoki boshqa materiallardan narsalar yasashda harakat xotirasi yetakchi o’rin tutadi.O’quvchilar yasagan narsa va buyumlarni qayta yasash jarayonida ya’ni mustahkamlashda bajargan harakatlarini har bir bosqichini qayta esga tushiradi.Agarda o’quvchilarda harakat xotirasi yaxshi rivojlangan bo’lsa bu ishlar ularda hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
    Xulosa qilsak, Texnologiya ta’limini to‘g‘ri tashkil etish bolalarni hayotdagi mashaqqatlarni , qiyinchiliklarni yengishga o’rgatadi . Amaliy mashg’ulotlar texnologiya ta’limining asosini tashkil qiladi .Texnologiya ta’limi orqali o’quvchilarda kreativ fikrlash ko’nikmasi shakllanadi. Kreativ fikrlagan o’quvchida yangi g’oyalar , maqsadlar paydo bo’ladi . Bu o‘rinda ijobiy natijalar: mehnatdan quvonish, va o’z ishidan zavqlanish kabi hissiyotlar namoyon bo‘ladi. Texnologiya ta’limi o’quvchilarni birgalikda jamoa bo’lib ishlashga chorlaydi . Amaliy mashg’ulot davomida o’quvchilar bilim,ko’nikma va hayotiy tajribaga ham ega bo’ladilar.

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1.X.R.Sanaqulov, D.Xodiyeva, M.Satbayeva “Mehnat va uni o’qitish metodikasi”Toshkent-2015
    2. P.I.Ivanov, M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” “Toshkent-2008
    3. X.R. Sanaqulov, D.P. Xodiyeva, A.R. Sanaqulova 3-sinf texnologiya darslik Toshkent-2019



    Download 20.88 Kb.
    1   2   3




    Download 20.88 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy ishlar tizimi quyidagi asosiy talablarni o‘z ichiga oladi

    Download 20.88 Kb.