• Kalit so’zlar
  • Boshlang’ich sinflarda tarbiya fanlarini o’qitishda o’qituvchining kreativligi




    Download 30,03 Kb.
    bet1/2
    Sana16.05.2024
    Hajmi30,03 Kb.
    #238180
      1   2
    Bog'liq
    Jahonbekova Surayyo Avazbekovna


    BOSHLANG’ICH SINFLARDA TARBIYA FANLARINI O’QITISHDA O’QITUVCHINING KREATIVLIGI
    Kimyo Xalqaro Universiteti magistranti 2-bosqich talabasi
    Jahonbekova Surayyo Avazbekovna
    Annotatsiya: Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish yoshlarga bilim berish. Ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda tarbiya fanlarini o’qitishda o’qituvchining kreativligi haqida yoritilgan.
    Kalit so’zlar: Kreativlik, fikrlash, ijod, dars, interfaol, rivojlanish.
    Bugungi jadal rivojlanayotgan zamonaviy globallashuv va axborotlashuv davrida ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni dars jarayonida innovatsiyalarning turli shakllaridan tatbiq etmasdan turib amaiga oshirish mumkin emas. Innovatsion ta’lim ta’limda birinchi navbatda, ijodiy qobilyatlar, o’z-o’zini rivojlantirish va kreativ fikrlash ehg muhim motivatsiyalardan hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ijodiy imkoniyatlarini aniqlashda, ularning kreativ fikrlash motivatsiyalarini rivojlantirishda ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan to’g’ri va o’rinli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Kreativlik—lotincha so’z bo’lib, “ijod” yoki “yo’q narsadan yaratish” kabi ma’nolarni anglatadi. Kreativlik –shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni, yangi g’oyalarni aks ettirishi kerak. Kreativlik tushunchasi o’zida xilma-xillik, qiziquvchanlikni, tafakkur va noan’anaviylikni aks ettiradi. Bugungi kun boshlang’ich sinf o’qituvchisida ijodkorlik va kreativlik bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu jixati uning ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda ham ushbu sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativlik fikrlash qobilyati va ijodkorlik xususiyati uning ta’lim jarayonidagi muloqotida,tafakkurida, his-tuyg’ularida va muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlashdir. Darhaqiqat, har tomonlama fikrlash o’quvchilardan berilgan turli topshiriq, masala va vazifalarni bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Ya’ni topshiriqni bajarish , masalani yechishda o’quvchi yechimning bir necha variantlarini izlaydi, so’ngra ular orasidan eng maqbul birgina to’g’ri yechimga to’xtaladi. Oqituvchining ham dars jarayoniga kreativ yondashuvi o’quvchilarning darsda berilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlari, qo’llay olishlari uchun muhim omil sanaladi. O’qituvchining kreativligi darsda ikki holatni kafolatlaydi:
    -Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarni, darsda “bir xillik” dan zerikkan o’quvchilar e’tiborini dars jarayoniga jab etish va qiziqtirish
    -O’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyatni aniqlash va rivojlantirish, rag’batlantirish uchun imkoniyat yaratadi.
    Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchini nafaqat dars jarayonida balki, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida ham tarbiyalab boradi. Shu bois tarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etishga harakat qilish, ular mazmunini turli-tuman didaktik vositalar bilan boyitib borish bugungi kun sinf rahbarlari oldida turgan dolzarb muammolaridan biridirKasblarning eng ulug‘i - bu o‘qituvchilik kasbidir. Bu borada boshlang‘ich sinf o‘qituvchini alohida tilga olmoq darkorki, u ilk bor o‘quvchi savodini chiqarib, unga “Ona”, “Vatan”, “Oila” so‘zlarini yozish va o‘qishni o‘rgatadi, ularning mazmunini anglatadi.
    Darsda berilgan tabiatga oid matnlar har doim topshiriq ustida ishlash jarayonida tarbiyaviy jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozim.Ona Vatanni sevish, tabiatni asrash va uning ne‘matlarini qadridga yetish tushunchalari shakllantirib har doim bola ongiga hayotiy tajribalar asosida singdirib borish kerakligini har bir pedagog unutmasligi kerak.
    Fikrimcha dars davomda o’tkaziladigan metodlar quyidagilarga to’laqonli javob beraolishi kerak:
    1. Ushbu metod albatta darsning tashkiliy qismi, mazmun-mohiyatini o’zida mujassam eta olgan bo’lishi;
    2. Tanlangan metod bir faoliyat jarayonini yaxlit qamrab olishi ya’ni butun sinf uchun birdek mos bo’lishi va qo’llanilishi;
    3. O’quvchilarning yosh xususiyatlariga, qiziqish va imkoniyatlariga mos
    kelishi;
    4. Mavzuning asl mohiyatini yoritshga xizmat qilishi;
    5. Ta’lim va tarbiyaning yaxlit, uzviylashtirilgan maqsad va vazifalarini amalga oshirilishiga yo’naltirvchi;
    6. O’quvchilarda kreativlik, izlanuvchanlik kabi sifatlarni yanada
    rivojlantiruvchi xarakterga ega bo’lishi;
    7. Dars samaradorligiga sezilarli ta’sir eta olish xuxusiyatini o’zida mujassam eta olgan;
    8. Olingan bilimlarni to’laqonli qanoatlantira oluvchi;
    9. O’quvchilar jamoasini baravriga baholay olishga yo’naltiruvchi kabilar shular jumlasidandir.
    Boshlang’ich sinf darslarini multimedia vositalaridan foydalangan holda tashkil etish orqali o’quvchilarda ushbu fan bo’yicha beriladigan turli yo’nalishdagi ma’lumotlarga, vazifa va topshiriqlarga bo’lgan qiziqishni yanada orttirish, topshiriq sifatida berilgan amaliy ishlarni video va animatsion usul orqali tasavvur qilgan holatda mustaqil bajarishlari uchun qulaylik yaratuvchi manba sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
    Kreativ yondashuv bevosita innovatsiyalar bilan bog’liq jarayondir. Negaki o’qituvchining ijodiy faoliyat yuritishi uchun, u albatta o’zining sohasidagi eng so’nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va hodisalardan xabardor bo’lishi, innovatsion yangiliklarni o’z faoliyatida o’rinli foydalana olishi lozim. Demak, o’qituvchi har qanday vaziyat, har qanday jarayon va har qanday paytda eng samarali yo’lni izlab topishi va uni amaliyotga joriy qilish orqali mashg’ulot jarayonini samarali tashkil etishi, o’quvchilar ongiga tez, tushunarli, qulay, oson va samarali tarzda yetkazib berishi ham kreativlikning bir ko’rinishi deyish mumkin.
    Yuqoridagi pedagog olimlar, ayniqsa olima R.A.Mavlonova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishar ekanmiz, ularning barchasini umumlashtirgan holda quyidagi fikrlarni e’tirof etish mumkin:

    1. Kreativlik shaxsni innovatorlikka (yangilik yaratish) undovchi pedagogik kategoriya hisoblanadi.

    2. Kreativ salohiyat o’qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarining integratsiyasidir. Chunki, o’qituvchi tabiatan qiziquvchan, intiluvchan bo’lmas ekan, u hech qachon ijodkorlikni namoyon eta olmaydi.

    3. Kreativlik o’qituvchilarda o’z-o’zidan paydo bo’ladigan sifat emas, u o’qituvchining yangiliklarga intilishi, yangiliklarni o’zlashtirish va o’zining pedagogik faoliyatida qo’llay olish jarayonlarida duch keladigan qiyinchiliklarni yenga olishi, innovatsion yangiliklarni o’z faoliyatida faol, ijodkorona foydalana olish va o’z mualliflik g’oyalariga egaligi, optimal yechimlarni topa olishi bilan bog’liqdir.

    Mualliflik yondashuvi asosida kreativ salohiyat tushunchasining mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: Kreativ salohiyat – bu shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib, shaxsni o’z-o’zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo’lgan bilimlarning ko’p qirrali ekanligida emas, balki yangi g’oyalarga intilishida va o’rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o’zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo’ladi.
    Kreativlik salohiyati bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas aloqador. O’qituvchilar tomonidan kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish jarayonida ijodkorlik salohiyati an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi:

    • Tafakkurning tezkorligi;

    • Yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;

    • Tashabbuskorlik;

    • Noaniqlikka toqat qilish;

    • Zakovatli bo’lish;

    • Muammolarni hal etishga nisbatan noodatiy yondashuv.


    Download 30,03 Kb.
      1   2




    Download 30,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinflarda tarbiya fanlarini o’qitishda o’qituvchining kreativligi

    Download 30,03 Kb.