|
Guruh talabasi Yursunboyev Abdurahmon Amaliy mashg`ulot №1 Mavzu: Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlari. Darsning maqsadi
|
bet | 1/2 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 33,31 Kb. | | #241577 |
Bog'liq 1-deadline kompyuterni tashkil etish.
681.22-guruh talabasi
Yursunboyev Abdurahmon
Amaliy mashg`ulot №1
Mavzu: Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlari.
Darsning maqsadi: Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilish.
Nazariy ma’lumotlar
Kompyuter – inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u
hozirda hisoblovchi bo’lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli m’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Kompyuterlarning amalda turli
xillari mavjud: Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo’lish mumkin:
- super Kompyuterlar (Super Computer)
- blok Kompyuterlar (Manframe Computer)
- mini Kompyuterlar (MiniComputer)
- shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)
- bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning tashkiliy komponentlari
Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga ishlov berish asosiy vazifa hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash, ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov berish tezligi va ishlov berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq.
Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetik-mantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida barcha elementlarning o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan, xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili yotadi. Kompyuterlar va kompyuter tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning arxitekturalarini qurish o’zaro bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga (hardware), dasturiy ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy dasturlariga, qabul qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish vositalariga, shuningdek, ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda, komponentlar orasida vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan.
Xulosa. Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlarini o’rgandik va mavzu yuzasidan kerakli maslahatlarni oldik.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Guruh talabasi Yursunboyev Abdurahmon Amaliy mashg`ulot №1 Mavzu: Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlari. Darsning maqsadi
|