Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni




Download 311 Kb.
bet15/19
Sana03.04.2021
Hajmi311 Kb.
#14068
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Boshlang’ich sinfda matematika darsi va o’qitishning turli formalari.

Maktabda matematika o’qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko’p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan formasi darsdir.

O’quvchilarning matematik bilimlarni o’zlashtirishi faqat o’quv ishida to’g’ri metod tanlashga bog’liq bo’lmasdan, balki o’quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog’liqdir. «Dars» deb dastur bo’yicha belgilangan, aniq jadval asosida, aniq vaqt mobaynida o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning o’zgarmas soni bilan tashkil etilgan o’quv ishiga aytiladi.

Dars vaqtida o’quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o’lchashlarni bajarishga o’rganadilar, ya’ni darsda hamma o’quv ishlari bajariladi.

Matematika darsining o’ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o’quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik materialni o’rganish bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham kiritiladi.

Matematika boshlang’ich kursining boshqa o’ziga xos tomoni nazariy - amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy uquv va malakalar singdiriladi.

Odatda darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni o’tish; o’tilgan mavzuni mustahkamlash; bilimlarni mustahkamlash; bilimlarni umumlashtirish, bir tizimga keltirish; mustahkam uquv va malakalar hosil qilish va hokazo.

Matematika darslarining o’ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o’quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko’rgazmali vositalar, o’qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o’quvchilarning faolligi, sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajasi kabilarga ham bog’liq.

Matematika darsida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. O’quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas’uliyatni va sof vijdonlilikni, to’g’ri va aniq so’zlashni, hisoblash, o’lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbiyalaydi.

O’quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi formalari mavjud:

1. Mustaqil uy ishlari.

2. O’quvchi yoki bir necha o’quvchilar guruhi bilan individual va guruh mashg’ulotlari.

3. Matematikaga qobiliyatli o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar.

4. Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar.

5. O’quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiya.

Bu yerda sanab o’tilgan ish formalari va dars bir-birini to’ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita o’qituvchi rahbarlik qiladi. Qo’shimcha mashg’ulotlarda esa ish o’qituvchining o’zi tomonidan yoki o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladi.



Boshlang’ich sinflarda matematikadan o’tkaziladigandarslar tizimi.

O’quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli bosqichlarida o’zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish, boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O’qitish jarayonida har bir o’quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o’quv materiali boshqa materiallarni tushunish uchun fundament bo’ladi. Boshqa tushunchaning o’zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o’zaro bog’liqli o’qitilishi natijasida hosil bo’ladi. Shunday qilib, matematika tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o’zida emas, balki, o’zaro aloqada bo’lgan bir qancha darslarni o’tish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar sistemasi deb ataymiz.

Shuning uchun o’qituvchi dars rejasini tuzishda mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak.

Bir tizimga keltirilgan darslarning tuzilishidagi eng katta talab – darsning o’quv-tarbiyaviy maqsadini e’tiborga olish, o’qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo’yicha yaxshi o’ylangan darslar sistemasining o’quv vaqtini mavzuchalarga to’g’ri taqsimlashga bog’liq.

Unda o’quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar sistemasida hosil qilinib, mustahkamlangandan keyin taalluqli hisoblash, misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak.

Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlash, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlash, ya’ni bilimlarni o’zlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar orqali amalga oshiriladi.

1. Yangi materialni o’qitishga tayyorlash.

2. Yangi o’quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.

3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalar hosil qilish.

4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va sistemalashtirish.

5. Bilim va malakalarni tekshirish.



Download 311 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 311 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni

Download 311 Kb.