Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni




Download 311 Kb.
bet18/19
Sana03.04.2021
Hajmi311 Kb.
#14068
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Boshlang’ich sinf matematikadan dars turlari. Darsda individual va guruhda ishlar olib borish

1. Mustaqil ish darslari.

Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o’qituvchining mustaqil ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmogi kerak. O’quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o’qituvchiga yangi mavzuni o’quvchilar qanday o’zlashtirganligi, o’quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to’g’risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda o’quvchilar o’zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.

Uyga vazifa. Uy vavzifasining mazmuni bir tomondan darsda o’rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmogi kerak.

Darslar sistemasida mustahkamlash darsning har xil bosqichlarida va har xil darajalarida o’tkaziladi. Agar darsning oldiga ko’nikma ishlab chiqish va birinchi malakalarni hosil qilishdek didaktik maqsad qo’yilgan bo’lsa, uning natijasida avtomatlashtirilgan malakalar ishlab chiqiladi.

Bu esa darsning strukturasida, mazmunida va uning ustida ishlash metodlarida aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash va olingan bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning strukturasi har xil bo’lishi mumkin. Bunday darsning struturasiga quyidagilar kiradi: uy vazifasini tekshirish, mavzuni va darsning maqsadini e’lon qilish, og’zaki hisoblash, ifodalarning qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish mashqlari natijasini mustaqil tekshirish va materialni mustaqil umumlashtirish, o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzish, o’lchash va grafik ishlarini bajarish va h.k.

2. O’tilgan materialni takrorlash darsi.

Boshlang’ich sinflarda matematikadan har qanday darsda qandaydir darajada o’tilgan materiallar takrorlanadi va mustahkamlanadi. Takrorlash vazifasi faqatgina bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash bilangina chegaralanmay, balki bu bilim, ko’nikma va malakalarni to’ldirish, chuqurlashtirish va sistemalashtirishni ham o’z ichiga olishi kerak.

Takrorlash o’qitishning har xil bosqichlarida olib boriladi: o’quv yili boshidagi takrorlash darsi, kundalik takrorlash, mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsi va yakuniy takrorlash darslarini bir- biridan farq qilish kerak.

Barcha sinflarda taxminan birinchi ikki hafta davomida o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma va malakalarni tiklash maqsadida takrorlash o’tkaziladi.

Mavzu bo’yicha umumlashtiruvchi va yakunlovchi takrorlash darslari o’quvchilar olgan bilimlarni mustahkamlash va sistemalashtirish maqsadini amalga oshiradi. Umumlashtiruvchi va sistemalashtiruvchi takrorlash darsining strukturasiga har xil mashqlar, savol-javoblar, suhbatlar kiradi, ular bilimlarni sistemaga solish va umumlashtirish maqsadini amalga oshiradi.

Umumlashtiruvchi va takrorlash darsining tuzilishi quyidagicha bo’lishi mumkin:

1. Uy vazifasini tekshirish.

2. Doskada yozilgan takrorlash rejasi bilan o’quvchilarni tanishtirish.

3. O’tilgan materialni og’zaki hisoblash yordamida takrorlash.

4. Har xil vazifalarni bajarish yordamida takrorlash: misol va masalalarni yechish, oldin yechilgan misol va masalalarni qarash va oldingi va keyinga misol va masalalarni yechish usullarini taqqoslash, darslikdan matn o’qish, o’lchash, grafik va sxemalar chizish, qoida va xulosalarni qayta esga olish va ularga taalluqli misol va masalalar tuzish va h.k. Darsda takrorlangan mavzu materiali bo’yicha umumlashtirish beriladi.

5. Uyga vazifa berish.

3. Keyingi ishlardagi xatolarning oldini olish maqsadida bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi.

O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirish uchun alohida dars bag’ishlanadi. Bunday darsga mavzu va bo’limni tugatgandan keyin o’tkaziladigan yozma nazorat ishi darsi misol bo’ladi. Masalan, 1) darsning maqsadini e’lon qilish nazorat ishning mazmuni bilan tanishtirish, uni bajarish tartibi haqida qisqacha tushuncha berish;

2) nazorat ishini o’quvchilarning har biri mustaqil bajarishi;

3) o’quvchilar ishini yig’ish.

O’qituvchi dars tugashiga 3-5 minut qolganda o’quvchilarni ishni tugatish zarurligi haqida ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma ishni tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Berilgan aniq vaqtda barcha o’quvchilar ishni topshirishlari zarur.

O’quvchilar ishini tekshirib bo’lgandan keyin, ikkinchi kun o’qituvchi nazorat ishining tahlilini o’tkazadi, u ishning natijasi haqida so’zlab beradi, yaxshi ishlarni ajratadi, qo’pol xatolarni aytib o’tadi.

Yuqorida ko’rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog’liq bo’lgan ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni matematika darsi o’quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o’lchashga doir, geometrik figura chizish, predmetlarni tortish, o’qituvchi tomonidan ko’rsatmalar(instrukturlashni) kiritish, o’quvchilarni zvenolar bo’yicha ishlarini tashkil qilish, bajarilgan ishlarni o’qituvchi qabul qilishi va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.

Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o’quvchilar faqatgina darslik va daftar ustida ishlash bilan shug’ullanmay, balki o’lchash, chizish va boshqa o’quv qurollari bilan ishlashga o’rganadilar.

Bunday amaliy ishga bog’liq bo’lgan darslar quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi mumkin:

- o’lchash vaqtida qo’llaniladigan o’quv qurollarni ko’rsatish, uning tuzilishini qisqacha bayon qilish;

- uni qo’llash qoidasini aytib berish;

- kesma, og’irlik va boshqalarni o’lchash usullarini tasavvur qilish asosida o’quvchilarga alohida o’lchatish;

- laboratoriya xarakteridagi mustaqil ishlar, bu ishni tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, xulosa.

Amaliy ish darslarida taalluqli ishni har bir o’quvchi bajarishinii nazorat qilib borish kerak. Ba’zan ishni bajarishda o’quvchilar guruhlarga bo’linadi. Bunday holda zvenoning oldiga vazifani shunday qo’yish kerakki, ishda barcha o’quvchilar faol qatnashsin.



4. O’quvchilarning alohida va guruhli ishlari.

Guruhli mashg’ulotlar butun guruh bilimidagi kamchiliklar bir xil bo’lgandagina o’tkaziladi.

Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o’quvchilarnig o’zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli mashg’ulotlari butun sinf o’quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo’lgandagina o’tkaziladi. Ba’zan bunday mashg’ulotlar individual xarakterda bo’lishi mumkin. Bunday mashg’ulotlarda muvaffaqiyatga erishmoq uchun u yoki bu o’quvchining o’zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo’l qo’yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak... bu o’quvchi qaysi bosqichda qoqilishini, nimani yetarlicha o’zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi.



Download 311 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 311 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich ta’lim matematika fanidan o’quv dasturi, darslik va metodik qo’llanmalar mazmuni

Download 311 Kb.