Matematika o’qitishda mustaqil ishlar.
Matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarning faolligini oshirish va matematikaga bo’lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri - o’quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.
- Otasi 46 yoshda. Bolasi 21 yoshda.O’g’li tug’ilganda otasi necha yoshda bo’lgan?
- 96 betli kitobga 3 ta ertak kiritilgan. Agar birinchi ertak 28 bet, ikkinchisi 45 bo’lsa uchunchi ertak necha bet bo’lgan?
Birinchi ertak ikkinchi ertakdan necha bet kam?
Qaysi ertak ko’proq berilgan?
- Shaxmat doskasi 64 katakdan iborat.O’yin boshlanganda 16 ta shaxmat toshi bor edi. Nechta katak band bo’lgan va nechta katak bo’sh bo’lgan?
- Yig’indisi 100 bo’lgan sonlar juftini toping
- Uchta sonning yig’indisi 100 bo’lgan sonlarni toping
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o’rganishga tayyorgarlik ko’rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek, bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko’rinishda tashkil qilish mumkin:
1. Dars jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar. Unga:1) darsda yechilgan misol va masalaga o’xshash, shartlari ham bir xil, lekin shartidagi sonlar yoki harflar bilangina farq qiladigan topshiriqlar mustaqil bajarish uchun beriladi. 2) test yoki yozma ishlar o’tkazish. 3) o’tilgan mavzular yuzasidan kartochkalarga yozilgan topshiriqlarni bajartirish. 4) doskada topshiriqlar bajarish va h.k.
2. Darsdan tashqari bajaradigan mustaqil ishlar, ya’ni uy ishlari.
Uy ishlari - o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil, individual ishlarni tashkil qilish formalaridan iboratdir.
Uy ishlarini berishda quyidagilarni hisobga olish lozim.
1) uyga berilgan vazifalar o’quvchilarning kuchlari va bilimlariga mos bo’lishi kerak. U darsda bajarilgan ishlarning boshqacharoq varianti bo’lib, uni aksariyat o’quvchilar bajara oladigan bo’lsin. Uy ishlari uchun o’qituvchi doskada ko’rgazma berishi lozim.
2) uy vazifalarini sistemali ravishda berish kerak.
3) uy vazifalarining hajmi matematika darsida bajarilgan ishning 30- 40 % idan oshmasligi lozim.
4) har qanday uy ishi o’qituvchi tomonidan tekshirilgan bo’lishi kerak.
5) uy vazifasining bajarilish talablari turli-tuman bo’lishi lozim.
6) uy ishini individual bajartirishga erishish lozim.
O’qitish shakli – bu o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o’tkazilishiga muvofiq ravishda o’qituvchi tomonidan tarbiyaviy o’qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o’quvchilarning yakka tartibda, guruh va jamoa bo’lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O’quv dasturi DTS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat hujjati bo’lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang’ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standarti talablarining o’quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko’nikmalarni egallashlariga, bilim olishga ijobiy munosabatda bo’lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a) o’quvchilarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o’quvchini shakllantirish;
b) faoliyatning har xil turlarini: o’quv, mehnat, muloqotni egallash;
v) o’z-o’zini nazorat qilish hamda baholashga o’rgatish;
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standartining o’quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o’quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi—mehnat, o’quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy — tuzilishiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi.
Daftar, o’lchov asboblari va o’lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va daftarda chizmalar chiza olish, tez yozish va o’qish uquvi, bir-birini va o’zini o’zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo.
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o’quvchilarda o’zaro nazorat qilish va o’zaro yordam berish sifatlarini shakillantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Darsda tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida uning ayrim tarbiyaviy jihatlarga emas, balki butun o’quv jarayoni: ta’lim mazmuni, o’quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etishga yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo’yicha ajratish asos qilib olinadi:
1. Yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi, bunda o’quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar:
2. O’quv va malakalarni o’zlashtirish darsi:
3. Bilimlarni kompleks qo’llash darsi:
4. O’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi:
5. Bilim, o’quv va malakalarni tekshirish, baholash va to’g’rilash darsi:
6. Aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo’lib, ularning hammasi ham muhimdir.
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.
Yangi bilimlar berish. Darsning bu bosqichi maktab o’quvchilarida bilim va o’quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi:
a) yangi materialni o’rganishga tayyorgarlik:
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish):
v) yangi materialni o’rganish:
g) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash).
Keyingi bosqich – darsni yakunlash. O’qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan shug’ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” deb o’quvchilar bilan birgalikda yangi qoidani takrorlaydi.
O’quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo’yish, o’quvchining o’ziga beradigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo’yilgan baho o’quvchining o’ziga bergan bahosi bilan bir xil bo’lganda eng yuqori samaraga erishiladi.
Bilimlarni bunday baholash usuli dars bo’yicha ball nomi bilan ataladi. Dars bo’yicha ball yordamida o’quvchini odillik bilan baholash uchun javoblarni jadval yordamida hisobga olib borish foydalidir;
Dars bo’yicha ball o’quvchilarning bilim, ko’nikmalari va malakalarini har tomonlama tekshirishga imkon beradi, bolalarning butun dars davomida faol ishlashlariga sabab bo’ladi, biroq, bunda boshqacha tekshirish usullari ham inkor etilmaydi.
|