Kitobxonlik faolyatini shakilantirish




Download 113,33 Kb.
bet14/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari
05-02 qisqa guruh tarbiyachi daftari, Venn-diagrammasi-, Matematik-damino-oyini, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, 85-96 betlar, Презентация Microsoft PowerPoint, 2021- догерек Айсара (3), Bekchanova-zilola kurs-ishi m. . m pdf, маънавият маъруза -4, 1-Mustaqil ish topshiriqlari (2), ABBAZ, 1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar -fayllar.org, Ilmiy bashorat-fayllar.org, IMSlar, E va S1 Mustaqil ish namuna variant ro\'yxat
Kitobxonlik faolyatini shakilantirish.

Inson tafakkurining o’sishi, bilim doirasining kengayishi, olam va voqealar haqidagi tasavvurlarining oshishi, insonning tinmay mutolaa qilishiga, o’z ustida tinmay izlanishiga bog’liq.
Kitobxonlik madaniyatini yoshlikdan shakllantirib boorish lozim. Kitobning inson hayotidagi o’rni beqiyosdir. Yoshlikdan bolada kitobga mehr tuyg’usini uyg’otish, bolaning ma’naviy oziqlanishiga, kamol topishiga yordam beradi. Ma’naviy barkamol, sog’lom fikrli Bolani kamol toptirishda boshlang’ich ta’limning o’rni kattadir.
Bolada kitobga mehr uyg’otish, avvalo, oiladan boshlanadi. Ota-ona kitob mutolaa qilsa, farzandda ham asta-sekin kitob mutolaa qilish ko’nikmalari shaklllanadi. Bolaga yoshlikdan qiziqarli ertaklar, hikoyalarni mutolaa qilib berish kerak. Maktabga endigina qadam qo’ygan bola kitobning qanchalik qimmatbaho boylik ekanligini anglab yetishi zarur.
Boshlang’ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda o’qish darslari alohida o’rin tutadi. Bizning rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ham kitobxonlikka katta e’tibor qaratilgan. Kitob, avvalo, hayotiy makyab, ma’naviyat manbaidir. U yoshlarni hayot bilan tanishtiradi, hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi.Kitob o’qish orqali bolalarning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg’usi tarbiyalanadi.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, samarali ishlar yoʼlga qoʼyildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan oʼzgarishlar, avvalo, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilashga, maʼnaviy-maʼrifiy tafakkurini yuksaltirishga, barchaga birdek goʼzal va farovon hayotiy muhit yaratishga erishishga qaratildi.
Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʼusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʼlgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy ahamiyat berildi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Аyni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni oʼzlashtirish bilan 75 birga, yoshlarning kitob oʼqishga boʼlgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan doʼst boʼlishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim boʼladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targʼib qilishga alohida eʼtibor berishimiz muhim ahamiyat kasb yetadi”.
Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼibot qilish boʼyicha komissiya tuzish toʼgʼrisida”gi F-4789-sonli Farmoyishi bu borada keng koʼlamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. 2017-yil 13-sentyabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisidagi” PQ-3271-sonli qarorning qabul qilinishi va uning doirasida belgilangan vazifalar ham yurtimizda kitob mahsulotlarini chop etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida katta oʼzgarishlarga zamin yaratdi.
Mamlakatimiz boʼylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila” tanlovlarining tashkil qilinishi va gʼolib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanishi, yirik nashriyotlar tomonidan oʼzbek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-maʼnaviy koʼmakka muhtoj fuqaro va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi boʼlishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, maʼnaviy-maʼrifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi vazifalarning asosiy qismi o’qish darsida amalga oshiriladi. Bolalar o’qish darslarida to’g’ri, tez, ongli o’qishga o’rgatiladi.


  1. Download 113,33 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kitobxonlik faolyatini shakilantirish

Download 113,33 Kb.