PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari tavsifi




Download 113,33 Kb.
bet11/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari tavsifi

PIRLS (inglizcha: Progress in International Reading Literacy Study') — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda o'tkazilgan. PIRLS o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda foydalanadilar:
global miqyosida ta'lim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini kuzatib borish;
yangi yoki qayta ko'rib chiqilgan ta'lim siyosatining ta'sirini kuzatib borish;
ta'limning zaif nuqtalarini belgilash va o'quv islohotini amalga oshirish;
PIRLS ma'lumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali o'qitish va o'qishni takomillashtirish;
adolatlilikni kuzatish yoki qo'shimcha sinflarda o'quvchilarni baholash kabi tegishli ishlarni olib borish;o'qishni va o'qitishni o'rganish.
Tarixi
PIRLS loyihasi Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Ozbekistonda ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Wayback Machine saytida 2022-06-30 sanasida arxivlangan) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tadqiqot uslubi
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan.
O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi:
O'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish;
Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va informatsion matnlarni o'qiyotganda o'qish qobiliyatining to'rtta guruhi baholanadi:
aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
xulosalarni shakllantirish;
ma'lumotlarni talqin va sintez qilish;
mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha, o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga unchalik tanish bo'lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi
Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.
O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.


  1. Download 113,33 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari tavsifi

Download 113,33 Kb.