Ertakni izohli o’qitish darsining qurilishi




Download 113,33 Kb.
bet9/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari
05-02 qisqa guruh tarbiyachi daftari, Venn-diagrammasi-, Matematik-damino-oyini, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, 85-96 betlar, Презентация Microsoft PowerPoint, 2021- догерек Айсара (3), Bekchanova-zilola kurs-ishi m. . m pdf, маънавият маъруза -4, 1-Mustaqil ish topshiriqlari (2), ABBAZ, 1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar -fayllar.org, Ilmiy bashorat-fayllar.org, IMSlar, E va S1 Mustaqil ish namuna variant ro\'yxat
Ertakni izohli o’qitish darsining qurilishi

MAVZU: RANGIN QORLAR. OLLOYOR
Maqsad: DTS talablari asosida bilim berish. Ongli ifodali sidirg‘a o’qishni o’rgatish.
Ta’limiy: Yil fasllari ularning o’rni haqida, qish faslining ahamiyati haqida bilim berish.
TK5 jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof muhitni kuzatishga, tabiatni asrab – avaylashga o’rgatish.
TK3 yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarga rioya qilish;
Rivojlantiruvchi: Darsda o’quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash.
FK2 xalq og‘zaki ijodi namunalari va boshqa asarlarni bir-biridan farqlay oladi.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi, o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Dars metodi: Ifodali o’qish, mantiqiy savol - javob.
Jihozi: Mavzuga doir ko’rgazma,tarqatmali savollar.
Darsning borishi:
Bo’limlar Vaqti
Tashkiliy qism 3 daqiqa
O`tgan mavzuni mustahkamlash 5 daqiqa
3 Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa
Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash. 10 daqiqa
Uyga vazifa 2 daqiqa
Jami 45 daqiqa
I TASHKILIY QISM:
a.Salomlashish
b.Davomotni aniqlash
c.Tozalikni tekshirish.
d.Manaviyat daqiqasini o’tkazish kun yangiligi.
e.Ingliz tili daqiqasi ; snow - qor, colours - ranglar.
II O’TGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
1. She’rda qorning yog’ishi tomlarning qor bilan qoplanishi nimaga o’xshatilgan?
2. Misollar bilan tushuntiring. ?
III. YANGI MAVZU BAYONI:
Olloyor Begaliev 1961 yilda tugʼilgan. Toshkent Madaniyat institutini bitirgan(1988). Uzoq yillar markaziy nashrlar (“Gulxan” jurnali, “Choʼlpon” nashriyoti) va “Oʼzteleradio”da muharrirlik qilgan. Ilk sheʼrlari bilan oʼrta maktabda oʼqib yurgan paytlaridan matbuotda qatnashib, keyinchalik badiiy ijodning hikoyanavislik, adabiy ertaklar, hajviyot, adabiy tanqid va tarjimachilik sohalarida ham samarali qalam tebratgan. Bolalar uchun “Sehrli uyqu”(1990), “Yolgʼonga ishongan daraht”(1992), “Rangin qorlar”(2003) adabiy ertaklar toʼplamlari, “Bir buloq bor”(1994), “Jin chalgan juvon”(2005), “Joʼnatilmagan maktub”(2007), “Bekobodlik samuray” (2009) kabi sheʼriy va nasriy toʼplamlari nashr etilgan. 1991 yilda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. “Sehrli uyqu” ertaklar toʼplami uchun 1993 yilda Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqini Usmon Nosir nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan. 1999 yilda “Shuhrat” medali bilan nishonlangan. Hozirda erkin ijod bilan mashgʼul. Oilali. Uch oʼgʼli bor. Bekobod shahrida istiqomat qiladi.
RANGIN QORLAR
Qadim-qadim zamonda qish paytlari rang-barang qorlar yog‘ar ekan. Ular ba’zan alohida-alohida, ya’ni bir ko‘chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, yana bir boshqasiga pushti ranglarda yog‘sa, ba’zan bir joyning o‘ziga yetti-sakkiz xili yog‘ib, juda g‘aroyib rang bo‘lar ekan. Ayoz esa deraza oynalariga rangin naqshlar chizarkan. Shunday qilib, o‘sha davrlar ham suvday oqib o‘tib ketibdi. Keyin-keyin faqat oq qorlar yog‘adigan bo‘libdi. Odamlar ham oq qorlarga o‘rganib ketishibdi. Ularga qorning oqligi yillar osha tabiiy tuyula boshlabdi. Endi ular biror narsaning oqligini ta’riflaydigan bo‘lishsa, «qorday oppoq» deb gapirishar ekan.
Nega qorlar faqat oq rangda yog‘adigan bo‘lib qoldi?
Buning boisini bilish uchun o‘sha qadim zamonlar haqidagi ertakka quloq solish kerak. Bu ertakda bir necha ming yilda bir marta bo‘ladigan bo‘yoq bozori to‘g‘risida so‘z boradi.
Buyuk bo‘yoqchi qirqta qirq quloqli qozonda bo‘yoq pishirib xaridor kutib, yo‘l kuzatayotgan mahali olisdan bir qora ko‘rinibdi. Agar qo‘lni peshanaga soyabon qilib, yo‘l qaralsa, ushbu yo‘lovchi Bahor ekanligini bilish mumkin ekan. U tobora shitob bilan yaqinlashib, uning libosi-yu qiyofasi tiniq ko‘rina boshlabdi. U juda chiroyli qiz ekan: sochlarida kurtak va g‘unchalar bo‘rtib turganmish; ko‘ylagining etaklariga binafshalar qadalgan; moychechaklar chambari kiydirilgan boshi uzra qaldirg‘ochlar charx urib, yelkasiga qo‘ngan sa’vayu qumrilar chax-chaxlab kelayotir. Bahor bozorga yetib kelgach, Buyuk bo‘yoqchiga ta’zim bajo qilibdi. Buyuk bo‘yoqchi xaridorlarining birinchisini bug‘lanib turgan qirq quloqli qozonlar sari boshlabdi. – Bahorjon, mana, bu bo‘yoqlardan keragicha ol! – debdi u. Bahor esa eng avval yashil bo‘yoq qaynayotgan qozon yoniga boribdi. Bahor uchun yashil bo‘yoq juda zarur ekan. Bahor bo‘yoq bozoridan ko‘ngli to‘lib chiqib ketibdi. Yoz har mahalgidek mudrab qolgan ekan. Bahor o‘z aravasida xarid qilgan bo‘yoqlarini ortib, momaqaldiroqlarni gumburlatib, chaqinlar chaqnatib o‘tgan mahali Yoz uyqudan uyg‘onib ketibdi-da, erta-indin dalalarda arpa-bug‘doylar bo‘y berib, bog‘larda olma-o‘riklar ta’m yig‘ib olishini, ular o‘zining bo‘yoqlar keltirishini kutib, unga muntazir bo‘lib turishini o‘ylab, bozorga otlanibdi. Buyuk bo‘yoqchi uni ham rozi qilib jo‘natibdi. Bo‘yoq bozoriga Kuz kelgan payt ko‘plab qozonlar bo‘shab qolgan ekan. Qozonlardan faqat ikkitasi – za’far va zarg‘aldoq bo‘yoq qaynayotgan qozonlarda hali ancha bo‘yoq bor ekan. Qolganlarida bo‘yoqlarning yuqigina bor ekan, xolos. Kuz o‘z tegishi – za’far rang li bo‘yoqning hammasini olibdi. Qolgan bo‘yoqlarning yuqini ham qozonlardan qirib olgach, oq bo‘yoqdan ham oz-moz idishga solib olibdi. Uning ham tashvishi o‘ziga yarasha ekan. Bog‘-rog‘lar, o‘rmon va yaylovlar dagi bahor ning yashil bo‘yoqlarini o‘chirib chiqib, ularni za’far, pushti, zarg‘aldoq ranglarga bo‘yab chiqishi ke rak ekan…
Ertakni davomini o’quvchilar mustaqil o’qiydilar va so’zlab beradilar. O’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish.
IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.
1. Ertak mazmunini qisqartirib hikoya qiling.
2. Bahor yashil rang tanlashining sababini izohlang.
3. Qishda tabiatda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
4. Qish oylarini sanab bering?
5.Qishda hayvonlar nimalar bilan oziqlanadi?
V. O‘QUVCHILARNI BAHOLASH:
O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
VI. UYGA VAZIFA: O‘qib keling


  1. Download 113,33 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ertakni izohli o’qitish darsining qurilishi

Download 113,33 Kb.