Boshlang‘ich sinflarda imloga o‘rgatish. Imloga oid mashqlar




Download 113,33 Kb.
bet7/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari
05-02 qisqa guruh tarbiyachi daftari, Venn-diagrammasi-, Matematik-damino-oyini, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, 85-96 betlar, Презентация Microsoft PowerPoint, 2021- догерек Айсара (3), Bekchanova-zilola kurs-ishi m. . m pdf, маънавият маъруза -4, 1-Mustaqil ish topshiriqlari (2), ABBAZ, 1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar -fayllar.org, Ilmiy bashorat-fayllar.org, IMSlar, E va S1 Mustaqil ish namuna variant ro\'yxat
Boshlang‘ich sinflarda imloga o‘rgatish. Imloga oid mashqlar.

Imloga oid mashqlar. Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga oid mashqlar imloviy ziyraklik ko'nikmasini shakllantirishga, tegishli o'rinda qoidani tatbiq qilishga, mashqlarning qismlari o'rtasidagi bog'lanishni belgilash, ularni umumiv va yagona faoliyat tizimiga kiritishga, o'quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni chuqurroq o'zlashtiriladi. Metodikada imloga oid mashqlar-ga: 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog'lanishi, ko'chirib yozuv va diktantda o'quvchilar faoliyatini belgi-laydigan omillar, xususan, ko'chirib yozuvda ko'ruv va qo'l harakati uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.
Ko'chirib yozuv ko'rib idrok qilingan so'z, gap va matnni yozma shaklda ifodalashdir. Boshlang'ich sinflarda husnixat va imlo qoidalari-ga rioya qilib, tuzatishlarga yo'l qo'ymay va tartibli, harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay, tinish belgilarini to'g'ri qo'llab ko'chirib yozuv ko'nikmasi shakllantirilishi kerak. O'quvchilarda bu ko'nikmani hosil qilish maqsadida o'qituvchi alifbe davridan boshlab ularga ko'chirib yozuvni izchillik bilan o'rgatib boradi.
O'quvchilarda ko'chirib yozuv ko'nikmasini shakllantirishga oid asosiy qoidalarga quyidagilar kiradi:
1. Ko'chirib yozishdan oldin ko'chirib yozadiganingni yaxlit
o'qib chiq.
2. Har bir gapdagi so'zlarni bo'g'inlarga ajrat va ichda bo'g'inlab
aytib, yoz.
3. Ko'chirib yozganingni asliga solishtir va xatolaringni
to'g'rila.
Ko'chirib yozuv uchun so'z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.
O'qituvchining qo'ygan maqsadiga bog'liq holda ko'chirib yozish­dan oldin unga tayyorgarlik ko'riladi; bunda imlosi qiyin so'zlarni
izohlab o'qish, so'zning nima uchun shunday yozilishini asoslash, o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni aniqlash kabi mashqlar-dan foydalaniladi. Bu ko'nikma qay darajada shakllanganligini aniqlash maqsadida kontrol (tekshiruv) ko'chirib yozuv o'tkaziladi.
Ko'chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so'z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo'ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtirishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o'stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.

Download 113,33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang‘ich sinflarda imloga o‘rgatish. Imloga oid mashqlar

Download 113,33 Kb.