|
Otni o‘rganish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish tizimi
|
bet | 16/29 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 113,33 Kb. | | #147819 |
Bog'liq Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblariOtni o‘rganish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish tizimi.
So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish,
atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. ―Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o'rganish izchilligi belgilangan.Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
i. ,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
ii. kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob
bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil
qilish;
iii. kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish; iv. otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
v. otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini
shakllantirish;
vi. otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
vii. o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq,
o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
viii. so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida etnas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi,so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e'tibor qaratiladi. O'quvchilarning nutqi va tafakkurini o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari vafikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi. So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma'nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma'nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, (lush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog'), o'simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig'in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu,sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe'l bilan birika oladi. Otning ma'nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatishda quyidagi didaktik o’yinlardan samarali foydalanish mumkin.
|
| |