• Kompetensiya turlari.
  • Ona tili metodikasining o’ziga xos qoidalari




    Download 113,33 Kb.
    bet24/29
    Sana29.01.2024
    Hajmi113,33 Kb.
    #147819
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

    Ona tili metodikasining o’ziga xos qoidalari.


    Bulardan tashqari faqat ona tilining o’ziga xos qonuniyatlari ham mavjud:
    Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat bo’lib, ona tilini o’rganish shartlari hisoblanadi.

    1. Darslarda o’rganiladigan manbalar o’quvchilarga tushunarli bo’lishiga, nutq a`zolarini mashqlantirib turish va shu asosda nutq malakalarini o’stirishga e`tibor berish kerak.

    2. Tilga oid barcha (fonetika, grammatika, orfografika, leksika) bilimlarni bir-biriga bog’liq holda o’rganib borish. Buning natijasida so’z, so’z birikmasi va gap borliqdagi mavjud narsalar, voqea-hodisalar ifodasi ekanligini tushunish.

    3. Ona tilining o’zig hos xususiyatlarini, ayniqsa so’z yasalishini va o’zgarib boishini sezgirlik bilan o’zlashtirib borish.

    4. Nutq mazmuni ohangdorlik va ifodalilikka e`tibor berish.

    5. Og’zaki nutqni yozma nutq bilan bog’liq holda o’zlashtirish.



    1. Kompetensiya turlari.

    Kompetensiya – o‘quvchilarning ma’lum sohada samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun ta’lim tayyorgarligiga oldindan qo‘yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko‘p qirrali bo‘lib, uning bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlilik o‘quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega bo‘lishni anglatadi. Kompetentlilik o‘quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo‘yicha to‘plagan minimal darajadagi bilim, ko‘nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o‘z ichiga oladi. Xususiy kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o‘zaro farqlanadi. Tayanch kompetensiyalar o‘quvchining istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi. O‘quvchilar muayyan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribaga ega bo‘lgach, o‘zlari egallagan kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar. Tayanch kompetensiyalar ko‘proq o‘quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o‘quv fani doirasida o‘zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o‘quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi, madaniy, ma’naviy hayoti, an’analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar kreativ, ya’ni ijodiy yaratuvchilik xarakteriga ega bo‘lib, ularni muntazam faollikka undaydi. Bunday kompetensiyalar sirasiga kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kabilarni kiritish mumkin. O‘quvchilarda kompetensiyalardan foydalanish tajribasini hosil qilishga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, o‘qituvchilar tomonidan tanlanadigan ikkilamchi loyihalar tarkibiga kompetensiyalarni hosil qilishga xizmat qiladigan o‘quv materiallari, ta’limiy topshiriqlarni kiritish, raqamli didaktik vositalarni ishlab chiqishga xuddi shu nuqtai nazardan yondashish alohida dolzarblik kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid kompetensiyalar belgilab berildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishda umumiy va xususiy yondashuvlarni aniq hisobga olish va mavjud metodologik yondashuvlarga tayangan holda mazkur hodisaning nazariy-didaktik asoslarini ishlab chiqish pedagogika fani oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. So‘nggi yillarda kompetentli yondashuv tushunchasi pedagogikada keng qo‘llanilmoqda. Ta’lim amaliyotida tez-tez qo‘llanilayotgan ushbu atama ta’lim mazmunida ustuvor o‘rin egallamoqda. Kompetentli yondashuv tayanch tushuncha sifatida zamonaviy pedagogikaning ilmiy tushunchalari tarkibiga singish bosqichlarini o‘tamoqda. Mazkur tushunchaning o‘ziga xos jihati uning pedagogika fanida eskirib qolgan tushunchalar bilan o‘zaro qiyoslashni taqozo qilishidadir. Biz o‘z tadqiqotimiz davomida kompetensiyaviy yondashuv doirasiga kiradigan va u bilan o‘zaro aloqador bo‘lgan tushunchalarni izohlashga harakat qilamiz. Ular: kompetensiya, kompetentlilik, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik kabilar. Shu bilan bir qatorda biz tadqiqotimiz davomida kompetentlilik va tayyorlik, kompetensiya hamda bilim, ko‘nikma, malakalarning har biri ustida fikr yuritishga harakat qildik.


    1. Download 113,33 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 113,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili metodikasining o’ziga xos qoidalari

    Download 113,33 Kb.