Ona tilini o‘rganishning lingvistik asoslari




Download 113,33 Kb.
bet25/29
Sana29.01.2024
Hajmi113,33 Kb.
#147819
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun Mutaxassislikka kirish fanidan yakuniy nazorat savollari javoblari

Ona tilini o‘rganishning lingvistik asoslari.

Maktabda o`quv predmeti sifatida tilni o`rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya’ni fonetikasi, leksikasi, so`z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o`zaro ichki bog`lanishlariga asoslanadi. Boshlang`ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o`rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog`liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo`lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang`ich sinf o`quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog`liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o`zgarishlar yuzasidan o`qituvchi va o`quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi. Tildan bilim berishda o`quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O`qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo`lgan daliliy materiallarni yig`ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o`rganish natijasida o`quvchilar nutq faoliyatining sifati o`zgaradi, ongliligi ortadi. Tilning barcha tomonlari o`zaro bog`lanishining ko`p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo`ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o`zaro bog`lanishda bajaradi. Har bir so`zga xos bo`lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so`zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to`g`ri kelmaganidek, o`zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig`indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig`indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig`indisi so`zdir. Tilning lug`at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o`ziga xos qurilish materialidir. Tilning lug`ati qanchalik boy bo`lsa ham grammatikasiz u o`lik hisoblanadi. Tilnnng lug`at boyligi o`z-o`zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug`at boyligidagi so`zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o`zaro bog`lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o`ziga xosligida namoyon bo`ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo`llanishi nuqtai nazardan so`z; grammatika uchun so`z shakllari, shuningdek, so`z birikmasi va gap; so`z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so`z hisoblanadi. So`z, so`z birikmasi va gap grammatik tomondan ko`pgina xususiyatlarga ega. So`zning o`z morfemik qurilishi, o`zining so`z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So`z birikmasi ham so`z kabi so`z o`zgarishi (ko`proq ergash so`z o`zgaradi) shakllariga ega. Gap o`z qurilishiga ko`ra so`zdan sifat jihatdan farqlanadi: so`z o`zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so`z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so`zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir. Shunday qilib, tilning har bir jihatining o`ziga xos xususiyatini ko`rib chiqishning o`zi ularning o`zaro munosabatini, bir-biriga o`tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo`limlari o`rtasidagi munosabatlar ham shunga o`xshash murakkabdir. Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog`lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo`g`inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so`z tarkibida yashaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga predmetlararo ichki bog`lanishni hisobga olgan holda ona tilini o`rgatish metodikasini quyidagicha tavsiflash mumkin. 1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so`z yasash, grammatik) tomonlari o`zaro bog`liqligini va ularning har biri o`ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o`quvchilar tilni ongli o`zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o`rtasidagi bog`lanishni o`zlashtirishlari zarur. 1-4-sinflarda ona tilini o`rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so`z yasalishi va grammatikaning o`zaro bog`lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o`rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo`limlari o`rtasidagi uzviy bog`lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo`ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so`zni to`g`ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so`zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo`lishi, gapda grammatik jihatdan to`g`ri tuzilishi kerak. Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o`quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so`z yasalishi va grammatik tomonlarining o`zaro bog`lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o`rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o`rganishda so`zning ma’no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so`z ma’nosini farqlashdagi o`rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.“So`z” mavzusi o`tilayotganda o`quvchilar tomonidan so`zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o`qituvchi so`zning nom bo`lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o`quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.“Gap” mavzusini o`rganish vaqtida esa ishning asosiy yo`nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o`quvchilarda og`zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko`nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog`liq holda o`rganish ona tilini o`rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o`suvchan, bir-biriga o`zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo`lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.


  1. Download 113,33 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Download 113,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tilini o‘rganishning lingvistik asoslari

Download 113,33 Kb.